Farg‘ona Texnika 2006 aripov n. M., Mamadalieva L. K



Download 1,31 Mb.
bet4/6
Sana08.11.2019
Hajmi1,31 Mb.
#25368
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farg憃na Texnika 2006 aripov n. M., Mamadalieva L. K


2.6. ELEKTR YURITMA ASOSLARI
2.6.1. ELEKTR YURITMA TUSHUNCHASI
Zamonaviy sanoat va qishloq xojalik ishlab chiqarish juda kop korinishdagi texnologik jarayonlar bilan xarakterlanadi. Ularni amalga oshirish uchun esa minglab har xil turdagi mashina va mexanizmlar yaratilgan. Masalan, material va maxsulotlarni qayta ishlash dastgohlar, prokat stanlari va presslarda amalga oshiriladi; qattiq jism va buyumlarni, gaz va suyuqliklarni boshqa joyga kochirishda esa konveyerlar, kotarish kranlari, eskalatorlar, nasoslar va kompressorlardan foydalaniladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagilar kabi va koplab boshqa mashina va mexanizmlar shahar kommunal xojaligi, medisina texnikasi, turmush, aloqa, qurilish va transportda ham keng ishlatiladi.

Ishlab chiqarish mashinasi (yoki ishchi mexanizmi) bir qancha ozaro boglangan qismlar va uzellardan tuzilgan bolib, shulardan biri mexanik harakatni amalga oshirish orqali berilgan texnologik jarayonni bevosita bajaradi, shuning uchun u ijro organi deb ataladi.

Kopgina hollarda ijro organining - dastgoh shpindeli, prokat stanining valiki, lift kabinasi, konveyer tasmasining harakat tezligini rostlash talab qilinadi. Ba’zida esa ijro organlari harakat yonalishini ozgartirish (reverslash) zaruriyati ham tugladi. Ijro organi ozining harakati jarayonida, ishqalanish yoki yerni tortilish kuchlari, materiallarni egiluvchan va plastik deformasiyalari orqali vujudga keladigan harakatga qarshilikni bartaraf qiladi.

Shunday qilib, ijro organi, texnologik jarayonni bajarish uchun talab qilinadigan (ba’zida rostlanadigan) tezlik bilan mexanik harakatni bajo keltirishi bunda qarshilik kuchini bartaraf qilishi kerak boladi. Buning uchun, ijro organiga, alohida qurilma orqali muayyan mexanik energiyani keltirib berish lozim, ushbu qurilma ozining vazifasiga kora yuritma nomini olgan.

Yuritma mexanik energiyani, boshqa turdagi energiyalarni ozgartirish natijasida hosil qiladi. Foydalanilayotgan energiya turiga qarab gidravlik, pnevmatik, issiqlik va elektr yuritmalar farqlanadi. Hozirda ishlab chiqarish, kommunal xojalik va boshqa tarmoqlarda elektr yuritma eng kop qollanishga egadir, u hosil qilinayotgan elektr energiyaning 60 foizdan koprogini iste’mol qiladi.

Elektr yuritmaning bunday keng qollanishi, uning boshqa korinishdagi yuritmalarga nisbatan bir qator afzalliklari va oziga xos xusiyatlari bilan belgilanadi:

1) ozga turdagi energiyalarga, shu jumladan mexanik energiyaga ham, ozgartirilishi va ozining tarqatilishi eng tejamli bolgan elektr energiyadan foydalanganligi;

2) quvvati va tezligini ozgarish doirasining kengligi: zamonaviy elektr yuritmalarining quvvat diapazoni vattning yuzdan bir ulushidan on minglab kilovatt orasida boladi, aylanish chastotasi esa valning bir minutdagi aylanish ulushlaridan bir necha yuz ming bir minutdagi aylanishgacha chegaralanadi;

3) turli tuman shart-sharoitlarda ishlashi mumkinligi: agressiv suyuqlik va gazlar muxiti, kosmik fazo sharoitlari, past va yuqori haroratlar va boshqalarda. Elektr dvigatellarini konstruktiv bajarilishining kop turliligi esa elektr yuritmani ishchi mexanizm bilan qulay biriktirish imkoniyatini beradi;

4) oddiy vositalar yordamida ijro organi harakatining har xil va murakkab turlarini hosil qilish, shuningdek harakat yonalishi va uning korsatkichlarini tezligi va tezlanishini ozgartirish mumkinligi;

5) ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni ongayligi, elektr yuritmani ishlab chiqarishning umumiy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga osonlik bilan ulash mumkinligi;

6) yuqori foydali ish koeffisienti (f.i.k.), ishlashdagi ishonchliligi, xizmat korsatuvchi hodimlar uchun qulay sharoitlari va atrof muxitni iflos qilmasligi.

Hozirgi zamon elektr yuritmalarining imkoniyatlari fan va texnikaning bir - biriga yaqin tarmoqlari-elektr mashinasozlik va elektr asbobsozlik, elektronika va hisoblash texnikasi, avtomatika va elektrotexnika yutuqlaridan foydalanish hisobiga tobora kengayib bormoqda.



«Elektr yuritma» deb, elektr dvigateli, elektr ozgartiruvchi, mexanik uzatuvchi va boshqaruvchi qurilmalardan tuzilgan elektromexanik tizimga aytiladi; u ishlab chiqarish mashinalarining ijro organlarini harakatga keltirish va bu harakatni boshqarish uchun yaratiladi. Elektr yuritmaning tuzilish sxemasi 2.6-rasmda korsatilgan.


2.6-rasm. Elektr yuritmaning tuzilish (struktura) sxemasi
Har qanday elektr yuritmaning (EYu) asosiy elementi elektr dvigateli (ED) hisoblanadi, u elektr energiyani (EE) mexanik energiyaga (ME) ozgartirishni ta’minlaydi.

ED va ijro organining (IO) harakatlarini moslashtirish uchun mexanik uzatuvchi qurilma (MUI) hizmat qiladi, u dvigatel hosil qilayotgan mexanik energiyani korinishini va korsatkichlarini ozgartiradi. ED ni harakatlanuvchi qismi (rotor), MUI va IO elektr yuritmaning mexanik qismini tashkil qiladi.

Ba’zi hllarda MUI ishlatilmaydi va bunda ED togridan - togri IO bilan biriktiriladi. Dvigatel oziga kerakli energiyani elektr energiya manbaidan (EEM) elektr ozgartiruvchi qurilma (EShI) orqali oladi. EShIning vazifasi qilib, elektr energiyani korsatkichlarini ozgartirish va rostlash belgilangan.

Energiyaning ozgarish jarayonini boshqarish boshqaruvchi qurilma (BI) yordamida amalga oshiriladi, u topshiriq signali Ut funksiyasida bolgan boshqarish signalini Ub va energiyaning ozgarish jarayoni, ED yoki IO ning mexanik harakatini haqiqiy korsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni oz ichiga olgan qoshimcha signallarni hosil qiladi.

Bu signallardan foydalanish (1.1-rasmda ular shtrix chiziqlar bilan korsatilgan) ED va IO lar harakatining kerakli harakteristikalarini olish, ishchi mexanizmlarini maqbul (optimal) ish rejimga erishish, elektr yuritmani ishlashida himoya va blokirovkalarni ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Bu signallar tegishli datchiklar tomonidan ishlab chiqariladi. Ozgartiruvchi va boshqaruvchi qurilmalar boshqarish tizimini (BT) tashkil qiladi, bu tizim oz navbatida dvigatel cholgamlari bilan birgalikda yuritmaning elektr qismini tuzadi.

Quyida ijro organlari va elektr yuritma tarkibiy qismlarining eng keng tarqalgan namunalari keltirilgan.




1.Ijro organi

tokarlik dastgoxining shpindeli; randalash dastgohining harakatlanuvchi stoli; konveyer tasmasi (zanjiri); ekskavator kovshi; kotargich kabinasi; nasos parraklari; prokat stanining valiklari; dastgoh uzatish mexanizmining harakatlanuvchi vinti, kran siljish mexanizmining aravachasi; kotarish chigirining ilmogi.

2. Elektr dvigateli

Turli qozgatishli ozgarmas tok dvigateli; faza yoki qisia tutashuv rotorli asinxron dvigatel; sinxron dvigatel; chiziqli ozgarmas yoki ozgaruvchan tok dvigatellari; ventilli dvigatel; odimlovchi dvigatel; yumalovchi va tolqin rotorli dvigatellar; reduktorli dvigatellar.

3. Mexanik uzatish qurilmasi

Silindrli va chervyakli reduktorlar; planetar uzatma, vint-gayka uzatmasi, tolqinli uzatma; krivoship-shatun uzatmasi; zanjirli va qayishli (tasmali) uzatma; reykali uzatma.

4. Ozgartiruvchi qurilma

Boshqariladigan togrilagich; ozgaruvchan tok kuchlanishi va chastotasini ozgartkichlari; kuchlanishni impuls ozgartkichi; invertorlar.

5. Boshqarish qurilmasi

Knopka, boshqarish kaliti; rostlagich(regulyator); boshqaruvchi hisoblash mashinasi; rele; kontaktorlar; kuchaytirgich; logik elementlar; faza detektori.

6. Elektr energiya manbai

Sanoat chastotasidagi bir fazali yoki uch fazali ozgaruvchan tok tarmog’i; ozgarmas tokning sex tarmogi; akkumulyator batareyasi; dizel-generator qurilmasi; quyosh batareyasi.


2.6.2. ELEKTR YURITMANING VAZIFALARI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Elektr yuritma, ishlab chiqarish mashinasining ijro organiga mexanik energiyani keltirib berib, uning harakatini hosil qiladi. Shuning uchun, EYu ga qoyiladigan talablar IO larning harakat yonalishi va uni korsatgichlarini ozgarishiga qoyiladigan talablardan kelib chiqadi.

2.1-jadvalda hozirda mavjud bolgan asosiy texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish mashinalari togisidagi ma’lumotlar berilgan. Jadvalning 3 ustunida esa yuritma tomonidan ta’minlanadigan va ijro organlari harakatiga qoyiladigan oziga hos talablar korsatilgan.

EYu ijro organlari harakatini tarmin etish bilan birgalikda texnologik jarayonlar va operasiyalarni avtomatlashtirishning turli vazifalarini ham bajaradi.

Shuning uchun jadvalning 4 ustunida, yuritma uchun tez-tez vujudga keladigan va hal qilinadigan, shu bilan birga keng tarqalgan vazifalari ham korsatilgan.


2.7. ELEKTROTEXNOLOGIK QURILMA ASOSLARI
2.7.1. Elektrotexnologik qurilmalarning rivojlanish tarixi va elektroenergetikadagi o‘rni
Elektr energiyasini iste’mol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning ozida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan qurilmalar elektrotexnologik qurilmalar deb ataladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega bolib ularning tarkibiga ishchi organ, ya’ni plazmatron, plazmali reaktor, elektron top, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta’minlovchi yoki mikroprosessorli texnika yordamida boshqariluvchan maxsus energiya manbaalari kiradi. Suv, gaz ta’minlash va vakuum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari esa elektrotexnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jixoz sifatida kiradi. Elektrotexnologik qurilma qanday texnologik jarayonni bajarish uchun belgilangan ekanligini bilmay, uni talab doirasida montaj qilish, sozlash va ishlatish mumkin emaC.

Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy rozgor extiyojlari elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora toyinib bormoqda. Bunday toyinish faqatgina mazkur qurilmalarga bolgan extiyojning osishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilg’i tan narxining ma’lum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza qilish boyicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bogliqdir. Elektrotexnologik jarayonlarni rivojlantirish mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stansiyalari va yuqori quvvatli elektr tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi.

Elektrotexnologiyaning tobora takomillashib borishi yuqori bikrlikga ega bolgan, katta miqdordagi issiqlikga bardosh beruvchi, kimyoviy reaksiyaning agressiv ta’siriga turgun bolgan va kichik issiqlik otkazuvchanlikga hamda yuqori darajadagi izolyasion xususiyatga ega bolish kabi yangi xossalarga ega bolgan yangi materiallar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Elektrotexnologik jarayonlar yordamida sifatli otkazgich va yarim otkazgichlar uchun materiallar, shuningdek eski texnologiyalar yordamida ilgari olib bolmagan va ishlab chiqish chiqindilaridan hamda ishlatib bolmaydigan xom-ashyolardan turli materiallar ishlab chiqish yolga qoyilgan. Ko’plab sanoat tarmoqlari va fanda erishilgan yutuqlar elektrotexnologik jarayonlar rivojiga kora erishilmoqda.

Elektrotexnologik jarayonlarni takomillashtirib borilishi natijalariga kora eng diqqatga sazovor bolgan yutuqlar, ayniqsa mikroelektronika soxasida kozga tashlanadi. Radiotexnik jixozlar, elektron hisoblash mashinalari hamda sanoatdagi boshqariluvchan komplekslar tarkibida yuz minglab, ayrim hollarda esa onlab million elementlarni minglab tutashma bilan birlashtiruvchi tizimlar mavjud.

Agarda mazkur tizimlar bundan 40 - 50 yil muqaddam foydalanilgan eski texnologiyalar yordamida yaratilganda edi, bunda yuqoridagi qurilmalar massalari onlab tonnani, xajmlari onlab kub metrni va iste’mol quvvatlari yuzlab kilovattni tashkil qilgan bolar edi.

Hozirgi kunda «yuzalarga plazmali ishlov» orqali yuzalarga qoplama yoki qatlam berishini joriy etilishi ionli - nurli legirlash, plazmali travlenie, lazerli payvandlash, fotolitografiya kabi ishlov berish usullaridan foydalanish, hamda elektrotexnologik qurilmalar yordamida olingan yangi materiallarni qollash oqibatida tarkib jihatidan yangi bolgan mikroelektron elementlar va jixozalar yaratilmoqda. Elektron mikrosxemalarni konstruksiyalash va tayyorlashning yangi va sifatli usullari ishlab chiqildi. Bunda birgina texnologik jarayonning ozida mikronlarda olchanuvchan hajmdagi yarim otkazuvchanlikka ega bolgan kristall yoki dielektrik yuzada barcha aktiv, passiv va tutashtiruvchi elementlar ozaro birlashtirilishi amalga oshiriladi. Mikrosxema tarkibiga kiruvchi elementlar (tranzistorlar, diodlar, kondensatorlar, rezistorlar va boshqalar) hech qanday tashqi tutashmaga ega bolmagan holda, mexanik kuchlar va tashqi muhit ta’siridan saqlovchi umumiy germetik qoplamaga ega va yuzlab mikroelementlarni shunday tartibda ozida mujasamlashtirgan, yagona korpusga ega bolgan mikrosxemalar oz navbatida koplekslar tarkibiga kiradi. Shu sababli mikrokalkulyator va mikrotelevizorlar bilan ta’minlangan mini - qol soatlari, kichik gabaritli rangli televizorlar, katta eslash qobiliyatiga ega va yuqori tezlikda matematik amallarni bajaruvchi EXM lar biz uchun oddiy bir qurilmalar va jixozlarday bolib qoldi.


2.7.2. Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari
1. Elektr tokining pirovard issiqlik ta’siriga asoslangan qurilmalar. Bu guruh qurilmalariga uy rozgor qizdirish jihozlari, bevosita va bilvosita qizdirish qarshilik pechlari, suyuqlik va gazlarni qizdirish qurilmalari - turli korinishdagi elektr qozonlari va elektrokaloriferlar, shuningdek qizdiruvchi elementlar vazifasini ishqorlar yoki oksidlar eritmalari bajaruvchi, elektrodli vannalar.

Metallarni elektroshlak usulida qayta eritish va elektroshlak usulida payvandlash qurilmalarining ishlash prinsipi, elektrodlar orasidagi muhitni (boshliqni) toldiruvchi shlaklarda elektr toki ta’sirida ajralib chiqadigan issiqlik energiyaisdan foydalanishga asoslanadi.

Kontaktli payvandlash qurilmalarida elektr energiyasi ikki detalning tutash nuqtalaridagi otish qarshiligida issiqlik energiyasiga aylanadi. Ushbu jarayon faqatgina tokning impulsli rejimida amalga oshirilib, mazkur korinishidagi payvandlash qurilmalarining sxemasi va elektr ta’minotining oziga xos xususiyatlarini belgilaydi.

Induksion qizdirish qurilmalarining ishlash prinsipi sanoat chastotasi va undan yuqori chastotadagi ozgaruvchan tok elektr energiyasini avval ozgaruvchan magnit maydon energiyasiga, bu energiyani esa yana elektr energiyasiga va songra oxirgi korinishdagi energiyani qizdiriluvchi materialda issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslanadi. Ushbu usuldan faqat tok otkazuvchan materiallarni qizdirishda foydalaniladi.

Dielektrik materiallarni qizdirishda esa moddalarni polyari-zasiyalash jarayonida yuqori chastotali elektr maydon energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslangan qurilmalardan foydalaniladi.

Ishlash prinsipi elektr yoyida ajralayotgan issiqlikdan foydalanishiga asoslangan qurilmalarga metallarni va otga chidamli materiallarni eritish, fosfor va boshqa metallarni olish uchun belgilangan elektr yoy pechlari va rudnotermik pechlar, shuningdek metallarni qayta eritish va rafinasiya qilish uchun belgilangan vakuum - yoy pechlarini misol qilish mumkin. Bunday qurilmalar sifatida metall va nometall (metall bolmagan) materiallarga plazmali va plazma yoy ususlida ishlov beruvchi qurilmalarni korsatish mumkin. Mazkur qurilmalarda metallarni qayta eritish, yuzalarga himoya qoplamalarini berish va shu kabi boshqa jarayonlarni amalga oshirish mumkin.

Elektr yoy payvandlash qurilmalarida ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasining asosiy miqdori (quvvati) yoyning tayanch nuqtalariga (katod va anod «dog» lariga) togri kelishi bilan birga elektr yoy payvandlash jarayonining borishiga elektr yoyining «ustun» qismi ham oz ta’sirini korsatadi.

Elektron - nurli va lazer qurilmalarida issiqlik enegiyasi razryad kanalidagi suyuqlikdan katta kuchdagi tokning impuls rejimida oqishi natijasida ajralib chiqadi.



2. Elektr tokining pirovard elektrokimyoviy ta’siriga asoslangan qurilmalar. Bunday qurilmalar toifasiga eritma yoki qorishma bilan toldiriladigan elekroliz vannalari, yuzalarga himoyalash yoki dekorativ qoplamalar beruvchi qurilmalar, shuningdek galvanoplastika usulida maxsulot olish qurilmalari va elektrolitlarda elektrokimyoviy - mexanik ishlov berish qurilmalari kiradi.

3. Elektromexanik qurilmalar. Bunday qurilmalarda ishlov berilayotgan materiallardan impuls rejimidagi tokning oqib otishi mexanik kuchlar hosil bolishiga olib keladi.

Mazkur qurilmalarning maxsus sinfini ultratovush ta’sirida ishlovchi qurilmalar tashkil qilib, ultratovush generatorlaridan berilayotgan yuqori chastotadagi mexanik tebranishlar ta’sirida texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.



4. Elektrokinetik qurilmalar. Ularning ishlash prinsipi elektr maydon energiyasini harakatdagi zarrachalar energiyasiga aylantirishga asoslangan. Bunday qurilmalar toifasiga elektron - ion texnologiyalarga asoslangan elektr filtrlari, poroshok materiallari va emulsiyalarni ajratish qurilmalari, elektr boyoqlash va oqava suvlarni tozalash qurilmalari kiradi.

Elektrotexnologik qurilmalarni yuqoridagi tartibda guruxlarga bolish yuqori darajada shartli ravishda amalga oshirilgan, chunki ko’plab texnologik jarayonlar bir paytning ozida bir necha energiya ozgarishi asosida amalga oshiriladi. Bu esa oz ornida elektrotexnologik jarayonlarining imkoniyatlarini yanada kopligini isbotlaydi.

Elektr payvandlash va elektrotexnologik jarayonlarining rivojlanish tarixi, rus fiziki B.B. Petrov tomonidan 1801 yilda elektr yoyini kashf etilishi bilan boshlangan deb hisoblab kelinadi. Lekin osha davrda katta quvvatdagi elektr energiya manbaalari yoki katta quvvatdagi elektr energiyasini ma’lum masofaga uzatish hali kam rivojlangani sababli, elektrotexnologik jarayonlar XIX asrning oxirlarigacha sezilarli darajada rivojlana olmagan. Birinchi elektr pechlari, lekin chet davlatlarda tayyorlangan pechlar, Rossiyaga aynan XIX asrning oxirlarida kelitirilgan. Birinchi «rus elektr pechi» 1901 yilda rus muxandis fiziki B.P. Ijevskiy loyixasi asosida yaratilgan. Elektrotexnolgik jarayonlarining keyingi rivojiga A.N. Lodigin, C.C. Shteynberg va A.F. Garmolinlar elektr metallurgiyasi sohasida, C.I. Telniy ozgaruvchan tok elektr yoyning elektr zanjiri nazariyasi boyicha, M.C. Maksimenko - metallar elektrotermiyasi sohasida, B.P. Vologdin - metallarini induksion qizdirish usullari sohasida, N.N. Benardos, N.G. Slavyanov, O.E. Patonlar elektr payvandlash sohasida, A.B. Netushil yarim otkazgich va dielektriklarni qizdirish nazariyasi soxasida va A.D. Svenchanskiy elektr qarshilik pechlari va vakuum yoy pechlari nazariyasi soxasi izlanishlar olib borgan holda ozlarining salmoqli hissalarini qoshdilar.

Hozirgi kunda esa elektrotexnologik jarayonlarni takomillashtirish boyicha olib borilayotgan izlanishlar, kelajakda imkoni boricha elektr energiyasini kam iste’mol qilgan holda yuqori ishlab chiqaruvchanlikka ega bolgan elektrotexnologik jarayonlar yaratishga yonaltirilgan.


2.7.3. Elektrotermiyaning fizik texnik asoslari
«Elektrotermiya» - tushunchasi keng ma’noga ega bolib, sanoatning turli soxalarida elektr energiyasini iste’mol qilgan holda issiqlik ishlovi beruvchi koplab texnologik jarayonlarni ozida mujassamlashtiradi.

Organik yoqilgi hisobiga issiqlik ishlovi berishga nisbatan elektr energiyasidan foydalanib issiqlik ishlovi berish jarayonlari qator afzalliklarga ega. Bular tashqi muxit ifloslanishining keskin kamayishi; haroratning aniq belgilangan qimmatlarini olish imkoniyati; aniq yonaltirilgan intensiv issiqlik oqimlarini hosil qilish imkoniyati; ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasining miqdorini qat’iy nazorat qilish va aniq boshqarish imkoniyati; turli kimyoviy tarkibdagi gaz muxitlari va vakuumda issiqlik ishlovi berish imkoniyati; issiqlik ishlovi berilayotgan materialning ozida bevosita issiqlik energiyasi ajralib chiqishini ta’minlash imkoniyati; har qanday issiqlik ishlovi berish uchun belgilangan hajmda katta miqdordagi issiqlik energiyasi ajralib chiqishini ta’minlash va h.k.

Elektrotermiyada elektr energiyasini issiqlik energiyaisga aylanishni ta’minlovchi quyidagi usullarni qayd etish mumkin.

Qarshilik usulda issiqlik ishlovi berish otkazuvchan materiallardan tok oqib otish oqibatida issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan. Ushbu usul Djoul - Lens qonuniga asoslangan bolib, bevosita va bilvosita issiqlik ishlovi berish qurilmalarida qollaniladi.

Induksion usulda issiqlik ishlovi berish qizdirilayotgan materialda uyurma toklar hosil qilish oqibatida elektromagnit maydon energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga va Djoul - Lens qonuni asosida issiqlik ajralib chiqishiga asoslanadi.

Dielektrik usulda issiqlik ishlovi berish yuqori chastotadagi elektr maydoniga kiritilgan tok otkazmaydigan yoki yarim otkazgich metallarda va polyarizasiya natijasida hosil boluvchi siljish toklari vujudga kelishiga asoslangan.

Elektr yoyi hisobiga issiqlik ishlovi berish usulida materiallarga elektrodlar orasida hosil qilingan issiqlik energiyasi hisobga tegishli issiqlik ishlovi (yoy yordamida metallarni kesish, ulash, eritish va hokazo) beriladi.

Elektron va ionli -nurli qizdirish usuli elekr maydoni ta’sirida tezlanish olgan va tez harakatlanayotgan elektronlar va ionlar ozaro toqnashishlari natijasida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan.

Plazmali qizdirish usuli yoy razryadi muhitidan yoki yuqori chastotali elektromagnit yoxud elektr maydonidan gazni otkazish oqibatida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan.

Lazer yordamida issiqlik ishlovi berish lazerlarda ya’ni optik kvant generatorlarida hosil qilingan yuqori konsentrasiyadagi yoruglik energiyasi oqimlarini qizdiruvchi yuzalar tomonidan ozlashtirilishiga asoslangan.
2.8. SANOAT KORXONALARINING ELEKTR TA’MINOTI ASOSLARI
Elektr ta’minoti sistemasi (ETS) kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bolgan elektr tarmoqlari hamda transformatorlar va ozgartirgichli podstansiyalarni oz ichiga oladi. Uning vazifasi xalq xojaligi ob’ektrlaridagi elektr ishlatuvchilarni korsatkichlariga ega bo’lgan elektr energiyasi bilan ta’minlashdan iboratdir. Elektr ishlatuvchilarga turli mashina va mexanizmlarning elektr dvigatellari, elektr pechlar, elektroliz qurilmalari, payvandlash mashinalari, yoritish tizimi va boshqalar kiradi.

Elektr ishlatuvchilar va elektr iste’molchilari (EI va I) elektr energiyasini energosistemaning rayon podstansiyalaridan oladi. Ba’zi hollarda bir yoki bir necha korxona uchun bir vaqtda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr markazlari (IEM) xam ko’rilishi mumkin.

ETS ning ish rejimi va uning parametrlari elektr energiya manbasi bolgan energosistemaning hamda ishlab chiqarish jarayoni rejimlariga bogliq. Bu parametrlarga kuchlanish, elektr yuklamalari, chastota va boshqa ozgaruvchan fizik korsatkichlarining qiymatlari kiradi. Energnosistema tomonidan ETS parametrlariga quyidagilar ta’sir korsatadi: energosistemada aktiv quvvat balansi va chastota ogishi bilan bogliq bolgan elektr manbalarining quvvatlari ozgarishi, reaktiv quvvat balansiga bogliq bolgan kuchlanish satki, qisqa tutashuvlar va muvozanatning buzilishi. Korxonalardagi texnologik jarayonlar yuklamalar rejimini aniqlaydi.

ETS ni shartli ravishda 2 qismdan iborat deb qarash mumkin:

1) Tashqi elektr ta’minoti;

2) Ichki elektr ta’minoti sistemasi.

Tashqi elektr ta’minotiga elektr manbasidan korxonaga otkazilgan ta’minlovchi havo va kabel liniyalari hamda ETS ning asosiy elementi bolgan bosh pasaytiruvchi podstansiya (BPP) ning yuqori kuchlanishli cholgami tomoni kiradi.

Ichki elektr ta’minotiga BPP ning 6-10 kVli tarqatish qurilmasi (TK) dan elektr ishlatuvchi va iste’molchilargacha bolgan elektr tarmoqlari kiradi.

«Elektr ta’minoti» fani ichki va tashqi elektr ta’minoti tizimlaridagi asosiy elementlar bolgan transformatorli va ozgartkichli podstansiyalarni, kabel va havo liniyalarini, tokoprovodlarini reaktiv quvvatinning ornini qoplovchi qurilmalarini, kuchlanishni rostlovchi qurilma va usullarini tanlash masalalari, ETS ning asosiy parametrlari hisoblangan elektr yuklamalari, kuchlanish qiymati, ichki elektr ta’minoti sxemasi, kerak bolgan ishonchligi darajasi va boshqa korsatmalarini aniqlash korib chiqiladi.

Yuqoridagi asosiy elementar va parametrlarning texnik talablariga javob beruvchi 2 va undan ortiq variantlari ichidan texnik - iqtisodiy hisoblar asosida yuqoriroq iqtisodiy korsatkichni ta’minlovchi varianti tanlab olinadi.

Motorlar uchun quyidagi himoyalar ishlatiladi:

1).O’ta yuklanishdan-issiqlik relesi va tok qiymatiga teskari boьliq xarakteristikali maksimal rele bilan;

2).Ichki qisqa tutashuvlardan-saqlagichlar yoki avtomatlarning bir lahzada ishlovchi uzuvchisi bilan;

3).Tarmoq kuchlanishining pasayishidan-magnit yurgizgichlar yoki kontaktorlarning ushlab turuvchi ьaltaklari bilan.

Sinxron motorlar uchun qo’shimcha ravishda sinxronizmdan tushishdan himoya ishlatiladi. Bu himoya tarkibiga kuchlanish 0.85 Un gacha pasayganda qo’zьatish forsirovkasini ulovchi va kuchlanish pasayganda motorni sinxronizmda ushlab turuvchi kuchlanish relesi hamda sinxronizmdan tushganda motorni o’chiruvchi maksimal tok relesidan iborat.

O’ta yuklanish (O’Yu) dan himoya issiqlik relesi bilan amalga oshirilib, uning ishlash printsipi quyidagi hodisalarga boьliq :


1). Bimetall plastinkaning deformatsiyasi;

2). Metall plastinkani chiziqli uzayishi;

3). Oson eruvchi metallning erib ketishi;
Issiqlik relesi motor bilan bir xonada joylashuvi kerak.

Hozirgi paytda issiqlik himoyasi o’ta yuklanishsiz ishlovchi motorlar uchun yoki doimo kuzatish ostidagi motorlar uchungina ishlatilmaydi. Qolgan hollarda issiqlik himoyasi majburiydir. Bu himoyani aniq to’ьrilash-moslash qiyin bo’lsa ham avariyalarni kamaytiradi. Elektr apparatlari alohida xonalarda o’rnatiladigan portlash havfi bor xonalarda issiqlik himoyasini motorga moslash qiyinlashadi.

Qisqa tutashuv toklaridan eruvchan saqlagichlar va avtomatlarning maksimal uzuvchilari himoya qiladi.


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish