Farg‘ona Texnika 2006 aripov n. M., Mamadalieva L. K



Download 1,31 Mb.
bet1/6
Sana08.11.2019
Hajmi1,31 Mb.
#25368
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farg憃na Texnika 2006 aripov n. M., Mamadalieva L. K

Г
Farg‘ona

Texnika

2006


ARIPOV N.M.,

MAMADALIEVA L.K.

.\юж






YO‘NALISHGA

K I R I SH


Oliy o’quv yurtlarining studentlari uchun darslik


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

O L I Y V A O‘ R T A M A X S U S

T A’ L I M V A Z I R L I G I

FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


ARIPOV N.M.

MAMADALIEVA L.K.

YO‘NALISHGA

K I R I Sh
Farg‘ona politexnika instituti ilmiy kengashi “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi”, “Elektr energetikasi” va “Kasbiy ta’lim (elektr energetikasi)” ta’lim yo‘nalishlari talabalariga darslik sifatida tavsiya etadgan

Farg‘ona - Texnika - 2006
Aripov N.M. Mamadalieva L.K.
Yo‘nalishga kirish. “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi”, “Elektr energetikasi” va “Kasbiy ta’lim (elektr energetikasi)” ta’lim yo‘nalishlari studentlariga darslik. – F.: Texnika. – 2006. 80b


KIRISH
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi qurilmalari sanoat korxonalaridagi asosiy elektr jihozlari va qurilmalari hisoblanib, ular elektr energiyasini uzatish, parametrlarini ozgartirish uchun xizmat qiladi, hamda asosiy istemolchilardir. Elektr energiyasi elektr stansiyalaridagi sinxron generatorlarda ishlab chiqaradi, podstantsiyalar va uzatish liniyalari vositasida sanoat korxonalariga keltiriladi. Podstansiyalar va liniyalarda elektr texnika jihozlari qollanilsa, korxonalarning sexlarida asinxron va sinxron motorlari ozgarmas tok motorlari, elektrotexnologik qurilmalar, elektr energiyasini texnologiya maqsadlarida ishlatishadi. Darslikda Ozbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalar haqida malumotlar, sanoatning asosiy tarmoqlarida mavjud bolgan elektr mexanikasi va elektrotexnologik qurilmalar tоgrisida materiallar keltirilgan. Elektr yuklamalarning hisobi sanoat podstansiyalari, elektr taminoti sxemalari, elektr energiyasini sifat korsatkichlari va reaktiv quvvatni kompensasiya qilish tоgrisida umumiy malumotlar berilgan. Yoritish sistemasi, kran mexanizmlarining elektr qismlarini hisoblari keltirilgan.

«Yonalishga kirish» darsligi «Elektr texnikasi, elektrmexanikasi va elektr texnologiyasi» yonalishi uchun oliy kasbiy talimning Davlat talim standarti talablari asosida tuzilgan bolib, uning mazmuni va hajmi ushbu yonalish boyicha tasdiqlangan oquv reja va fan dasturiga mos keladi.


Tayanch soz va so’z bibrkmalari:
«Talim tо‘g‘risida» gi Qonun, Qonunning maqsadi, «Talim to‘g‘risida» gi Qonun hujjatlari; talim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari; talim olish huquqi, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi; Davlat talim standartlari; talim tizimi va turlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi, oliy talim, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, dasturning maqsadi va vazifalari, dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari; birinchi bosqich: muddatlari va vazifalari; ikkinchi bosqich: muddatlari va vazifalari; uchinchi bosqich: muddatlari va vazifalari.

Kadrlar tayyorlashning Milliy modeli; Milliy modelning asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish; uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari, uzluksiz ta’lim va tizimi va turlari, orta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yonalishlari.

Oliy ta’limni, oliy ta’limni boshqarish, oliy ta’lim haqida Nizom; Davlat standarti, yonalishning malakaviy xarakteristikasi, oliy ta’limni yonalishlarning namunaviy va ishchi oquv rejalari, fanlarning namunaviy va ishchi oquv dasturlari.

Podyomnik, nasos, kombayn, neytral rejimi, ish rejimi, muxit sharoiti, ekskovatorlar, egiluvchan kabel, issıqlık elektr stansiyalari, suv elektr stansiyalari, Ozbekiston energosistemasi, Sirdaryo GRESi, issiqlik elektr markazi.

Nyutonning birinchi qonuni, elektromagnit moment stator, yakor ong qol qoidasi, cholgam elektr yurituvchi kuchi, kollektor, mexanik togrilagich yakor toki, tokning ozgarishi. Transformator, magnit ozak, cholgamlar, Stator, yakor, asosiy qutb ozagi, yarmo, qozgotish cholgami, elektrotexnik polat, magnit oqim, kollektor, shetkalar.

Ishchi mexanizm, ijro organi, yuritma, elektr yuritma (EYu), EYu afzalliklari va oziga xos xususiyatlari, EYu tushunchasi, elektr dvigatellar, mexanik uzatish qurilmasi, ozgartiruvchi qurilma, boshqarish qurilmasi, EYu vazifalari, EYu ga qoyiladigan talablar.

Qarshilik pechlari, induksion pechlar, yuqori chastotali va past chastotali induksion pechlar, dielektrik qurilmalar, elektroliz qurilmalari, elektr payvandlash mashinalari, yoyli payvandlash, kontakli payvandlash, pech transformatori, elektr yoy pechlari, rudnotermik pechlar.

Elektr ta’minoti tizimi, liniyalar, podstansiyalar, elektr energiyasi iste’molchilari, energosistema, issiqlik elektr markazi, kapital qoyilmalar, ekspluatasion sarflar. O’ta yuklanish, qisqa tutashuv, kuchlanish, pasayishi, eruvchan saqlagich, bimetall plastinka, eruvchan quyilma toki, elektromagnit uzuvchi, issiqlik uzuvchi, yarim o’tkazgichli uzuvchi, maksimal tok himoyasi, uzish vaqtining cho’zilishi, ustavka toki (ishlab ketish toki).

Mexanizmlar, stanoklar, quvvat, tok turi, kuchlanish, fazalar soni, kategoriyalari, chastota.

BIRINCHI BO’LIM

«TA’LIM TОGRISIDA» GI ОZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI


1.1. UMUMIY QOIDALAR. TALIM TIZIMI VA TURLARI
«Talim to‘g‘risida» gi Qonun 1997 yil 29 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasida qabul qilingan. Qonun besh bobdan va 34 ta moddadan iborat. Birinchi bobda «Umumiy qoidalar» ko‘rib chiqilgan bo‘lib, u 8 moddadan tashkil topgan. 1-moddada ushbu Qonunning maqsadi ko‘rsatilgan - ushbu Qonun fuqarolarga talim - tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini taminlashga qaratilgan.

2-modda – «Talim tо‘g‘risidagi Qonun hujjatlari» da talim togrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlardan iboratligi korsatilgan. Agar Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida talim togrisidagi qonun hujjatlaridagidan ozgacha qoidalar belgilangan bolsa, xalqaro shartnoma qoidalari qollaniladi.

3-moddada «Talim soxasidagi davlat siyosatning asosiy prinsiplari» keltirilgan. Talim Ozbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti soxasida ustuvor deb elon qilingan. Talim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: talim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi; talimning uzluksizligi va izchilligi; umumiy orta, shuningdek orta maxsus, kasb-hunar talimining majburiyligi; orta maxsus, kasb-hunar talimi- ning yonalishini: akademik litseyda va kasb-hunar kollejida oqishni tanlashning ixtiyoriyligi; talim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat talim standartlari doirasida talim olishning hamma uchun ochiqligi; talim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bolishni va istedodni ragbatlantirish; talim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish.

4-moddada «Bilim olish huquqi» aniqlangan. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, etiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Ozbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qati nazar, har kimga bilim olishdan teng huquqlar kafolatlanadi.

Bilim olish huquqi quyidagilar orqali taminlanadi: davlat va nodavlat talim muassasalarini rivojlantirish; ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda talim olishni tashkil etish; talim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul oqitish, shuningdek talim muassasalarida shartnoma asosida tolov evaziga kasb-hunar orgatish; barcha turdagi talim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi oquv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bolishi; oilada yoki ozi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan otgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestasiyadan otish huquqini berish orqali taminlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Ozbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalariga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bolmagan shaxslar bilim olishda Ozbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

«Pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi» 5-moddada keltirilgan. Tegishli malumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bolgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy oquv yurtlariga ishga qabul qilish Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat bilan shugullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shugullanishga yol qoyilmaydi.

6-moddada «Ta’lim muassasasining huquqiy maqomi» aniqlangan. Ta’lim muassasasini akkreditasiyalash vakolatli organi tomonidan attestasiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bolib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditasiyasidan otgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shugullanish huquqiga ega boladi. Ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan asosida faoliyat korsatadi. Ta’lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditasiyasidan maxrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari oquv-tarbiya majmuilariga hamda oquv ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari korsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shugullanishga haqli.

7-moddada «Davlat ta’lim standartlari» ga tarif berilgan. Davlat ta’lim standartlari umumiy orta, orta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qoyiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish Ozbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. «Ta’lim berish tili» dan foydalanish tartibi 8-moddada keltirilgan. Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi «Davlat tili haqida» gi Ozbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Qonunning «Ta’lim tizimi va turlari» deb nomlangan ikkinchi bobi quyidagilardan iborat «Ta’lim tizimi» Respublikadagi 9-moddada aniqlangan. Ozbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilarni oz ichiga oladi: davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ta’lim tizimining faoliyat korsatishi va rivojlanishini taminlash uchun zarur bolgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta’lim soxasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. Ozbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.

10-modda: «Ta’lim turlari» da quyidagilar belgilangan. Ozbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim; umumiy orta ta’lim; orta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy oquv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.

11, 12, 13, 15, 16, 17 va 18 moddalarda Respublikadagi ta’lim turlariga tarif berilgan. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini soglom va yetuk, maktabda oqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini kozlaydi. Bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bogchasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.

Umumiy orta ta’lim bosqichlari quyidagicha: boshlangich ta’lim (I-IV sinflar); umumiy orta ta’lim (I-IX sinflar).

Boshlangich ta’lim umumiy orta ta’lim olish uchun zarur bolgan savodxonlik, bilim va konikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi.

Umumiy orta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba konikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yonaltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.

Orta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy orta ta’lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida oqishning yonalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.

Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar boyicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos boladigan orta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. Akademik lisey ouvchilarining intellektual qobiliyatlarini jadal ostirishni, ularni chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yonaltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik orta maxsus oquv yurtidir.

Kasb-hunar kolleji oquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, maxorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar boyicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik orta kasb-hunar oquv yurtidir. Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy oquv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) orta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot togrisidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yonalishlaridan biri boyicha puxta ta’lim beradigan, oqish muddati kamida tort yil bolgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura aniq mutaxassislik boyicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Oliy oquv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan extiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy oquv yurtidan keyingi ta’lim oliy oquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va konikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Maktabdan tashqari ta’lim - bolalar va osmirlarning yakka tartibdagi extiyojlarini qondirish, ularning bosh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy sport va boshqa yonalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, osmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-osmirlar sport maktablari, sanoat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
1.2. MILLIY DASTURNING MAQSADI, VAZIFALARI VA UNI RO‘YOBGA CHIQARISH BOSQICHLARI
Dasturning maqsad va vazifalari mazkur dasturning maqsadi - ta’lim soxasini tubida isloh qilish, uni otmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tola xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.

Ushbu maqsadni royobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: «Ta’lim togrisida» gi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muxitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona oquv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurish jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini kotarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestasiyadan otkazish va akkreditaziya qilish sifatiga baxo berishning xolis tizimini joriy qilish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat korsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustivorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integrasiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablaglar, shu jumladan chet el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar tayyorlash soxasida ozaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Dasturni royobga chiqarish bosqichlari Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich royobga chiqariladi. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy saloxiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. Ushbu bosqichda bolalarni olti-etti yeshdan maktabga qabul qilish ularning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan oquvchi orinlari zarur moddiy-texnika shart-sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta’minlangan holda izchil tayyorlanadi. Birinchi bosqich bajarilishning monitoringi asosida Milliy dasturni royobga chiqarish yonalishlariga aniqliklar kiritiladi.

Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni toliq royobga chiqarish, mexnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Majburiy umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek oquvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga otish toliq amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan toldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muxit vujudga keltiriladi. Ta’lim muassasalarini moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, oquv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli oquv adabietlari va ilgor pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi. Ta’lim xizmati korsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari toliq ishga solinadi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) - toplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustaxkamlanadi, oquv-tarbiya jarayoni yangi oquv-uslubiy majmualar, ilgor pedagogik texnologiyalar bilan toliq ta’minlanadi. Milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va ozini ozi boshqarishi shakllari mustaxkamlanadi. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jaxon axborot tarmogiga ulanadigan kompyuter axborot tarmogi bilan toliq qamrab olinadi.


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish