Qo‘llarimda jilmayib kuldi sochar Navro‘z guli
Dillarimga bir mayin inju sochar Navro‘z guli
Ko‘zlarimga surtmoq istayman uni, kaftim yonar,
Ilk bahorning elchisi ul, nur sochar Navro‘z guli.
Sahnaga bir to‘p bolalar chiqadilar, qo‘llarida boychechaklar “Boychechak” qo‘shig‘ini aytadilar.
O‘quvchi:
Boychechagim, boychechagim, boychechak
Quvonchlarga, sevinchlarga boy chechak
Qattiq yerdan qatlab chiqib elimga
Navro‘z isin olib kelgan oy chechak
O‘quvchi:
Navro‘z keldi, yoz keldi
Tana keldi, g‘oz keldi
Yam – yashil chorbog‘lardan
Bulbulday ovoz keldi
Navro‘z keldi bu kecha
Pishiring Navro‘z go‘ja
Go‘jasi shirin momolarga
Do'stlaringiz bilan baham: |