Farg’ona Profayling Maktabining electron kutubxonasi
https://t.me/profayling_uz
60
va kengligini, xotiraning xususiyatlarini uquv hamda malakalarning qonuniyatlarini
aniq va puxta tekshira oladigan ko’plab maxsus asboblar mavjuddir. Masalan,
elektron xronoskop orqali ayrim psixik (aks ettirish, ko’rish, eshitish, hid bilish, teri
sezgilari kabi) jarayonlarning yuzaga kelish tezligini aniq o’lchash mumkin.
Elektron taxistoskop
orqali diqqatning xususiyatlarini belgilash mumkin,
perseptometr
orqali idrok qilish xususiyatlarini o’rganish mumkin,
audiometr
orqali eshitish xususiyatlarini o’rganish mumkin va boshqalar. Umuman,
hozirgi
kunda texnikaning ildam taraqqiyoti munosabati bilan laboratoriya eksprementining
imkoniyati ortib bormoqda.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, laboratoriya eksperimenti metodi bilan turli
yoshdagi insonlarningg psixik jarayonlari o’rganiladigan bo’lsa
eksperimentni
tayyorlash va o’tkazishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Psixik jarayonlarning moddiy, ya'ni nerv-fiziologik asoslarini ham laboratoriya
eksprementi yordami bilan tekshiriladi. Psixik jarayonlarning
nerv fiziologik
asoslarini aniqlashda akademik I.P.Pavlovning shartli reflekslar metodi juda katta
ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bu metod bolalarning o’sishini tekshirishda hamda
birinchi va ikkinchi signallar tizimlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni
tekshirishda keng qo’llanilmoqda.
Laboratoriya eksperimenti metodi eng aniq metod sifatida
psixologiya fanining
taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Lekin labarotoriya eksperiment metodining
ham ma'lum kamchiligi mavjud. Bu kamchilik shundan iboratki, laboratoriya
sharoitida o’tkazilayotgan tekshirish hech vaqt ma'lum sun'iylikdan xoli bo’lmaydi.
Tekshirilayotgan odamga
hech narsa deyilmasa ham, bari bir laboratoriya
sharoitining o’zi tekshirilayotgan odamning tabiiy psixik holatiga ta'sir qiladi.
Binobarin, bu narsa o’z navbatida tekshirish natijalariga salbiy ta'sir qiladi. Ana
shuni nazarda tutib laboratoriya eksprementi yordami bilan qo’lga kiritilgan
natijalarni ba'zan boshqa metodlar yordami bilan tekshirib ko’rish lozim bo’ladi.
Labaratoriya eksperimenti metodi maxsus xona va turli asboblar bilan bog’liq
bo’lganligi sababli bu metoddan ayrim sharoitlarda
foydalanish imkoniyati
bo’lmaydi. Shuning uchun psixologiya fanida laboratoriya eksprementi bilan bir
qatorda tabiiy eksprement metodidan ham keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: