Farg’ona Profayling Maktabining electron kutubxonasi
https://t.me/profayling_uz
19
Psixikaning fiziologik asoslarini ochish muammolariga hayotining ko’p
yillarini bag’ishlagan rus fiziologi
P.K.Anoxin
(1898-1974) qaytarma afferentasiya
tizimlarini
aniqladi, natijada harakat akseptori deb nomlangan harakatini
rejalashtiruvchi va idora etuvchi o’ziga xos funksional organlarga ajratildi.
Fanda ilmiy soha sifatida
frenologiyaning asoschisi
F.Gall
XIX asrning
boshlarida odamning turli qobiliyatlari, hatto kalla suyagining yuza qavatdagi turli
nerv to’qimalari uchrab turadigan joyning kuchliroq rivojlanishi bilan bog’liq deb
isbot qilishga harakat qilgan. Alohida psixik funksiyalarning bosh miyasini ma'lum
bir
qismlariga tegishli ekanini, uning lokal (joylashish) jarohatlanganligida
kuzatishgan. Shu yo’l bilan chap yarim sharining uchinchi peshona burilishida nutq
artikulyatsiyasini (talaffuzini) amalga oshiradigan Broka markazi (uni
aniqlagan
fransuz anatomi P.Broka nomi bilan atalgan) so’ngra esa o’sha chap yarim sharining
yuqori chakka burmasining orqa qismida "nutqni tushunishini idora qiladigan"
Vernike markazi (uni ochgan nemis psixiatri K.Vernike nomi bilan atalgan)
ajratilgan. Mashhur neyropsixolog
A.R.Luriyaning
fikricha, aynan shuning uchun
miyaning cheklangan sohalaridagi psixik funksiyalarni "lokalizasiyalash" vazifasi
"ushbu funksional tizimni amalga oshiradigan
birgalikda ishlovchi miya
zonalarining o’sha tizimini tahlili, boshqacha aytganda qanday qilib funksional tizim
bosh miya apparatlari bo’ylab, tegishli tizimlar bo’ylab, joylashganligini tahlili"
vazifasi bilan almashtirilishi lozim.
Inson miyasining funksional tuzilishini A.R.Luriya 3 ta blokka ajratadi: 1blok
- energetik blok, u miya po’stloq qismining normal ishlash tonusini ta'minlaydi.
Miya po’stining yuqoridagi qismida joylashgan. 2-blok - axborotlarni qabul qilish,
qayta ishlash va saqlash bloki (ikkala yarim sharlarning orqa qismiga tepa chakka va
ensa qismlariga joylashgan).
3-blok - faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta'minlaydi
(peshona qismida joylashgan).
Odam va hayvonlar miyasining funksional tizimida muhim farqlar kuzatiladi.
hayvonlarning ikkala yarim sharlari bir xil qiymatga ega bo’lgan
bir vaqtda
odamning chap yarim shari odamda dominanta (hukmron) bo’lib, o’ng miya yarim
shari esa unga bo’ysungandir va bu o’ng qo’lning yetakchi roli bilan bog’langan
(chapaqaylarda bunday dominantlik yoki o’chib ketadi, yoki o’ng yarim sharga
o’tadi).
Chap miya yarim sharida odamning xatti-harakati va faoliyatining murakkab
shakllarini idora etish bilan bog’liq bo’lgan nutq markazlari joylashgan.
Bu markazlarning buzilishi mantiqiy-grammatik operasiyalarning (semantik
afaziya) va tafakkurning ijodiy shaklarini buzilishiga olib kelsa, ayni shu damdagi
o’ng miya yarim shar xuddi shunday sohalarining buzilishi esa idrokning tasavvur
komponentlarini va emosional jarayonlarini buzadi.
To’plangan ilmiy ma'lumot asosida shuni ta'kidlash
mumkinki, chap miya
yarim sharining miya o’ng yarim sharining ishiga nisbatan differensiyalashganidir.