Farg’ona politexnika instituti ‘’Mexanika -mashinasozlik fakulteti’’


Payvand choklari eng past kuchlanish qiymatiga ega va deformatsiyaga moyil emas



Download 25,41 Kb.
bet3/3
Sana25.06.2022
Hajmi25,41 Kb.
#702838
1   2   3
Bog'liq
kmt1

Payvand choklari eng past kuchlanish qiymatiga ega va deformatsiyaga moyil emas. Bu ularning tez -tez ishlatilishiga olib keladi. Dumg'aza bo'g'inini bajarishda metall iste'moli minimal bo'ladi, ishga tayyorlanish ehtiyotkorlik bilan va puxta bajarilishi kerak.

O‘zbekistonda mavjud qora va rangli metall rudalari.


Rangli metallurgiya — metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy o‘g‘itlar, qurilish materiallari kabi yo‘ldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metall mahsulotlari xalq xo‘jaligining hamma sohalarida qo‘llaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish fabrikalari, metallurgiya va metalga ishlov berish zavodlari tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi. Boshqa foydali qazilmalarga qaraganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam bo‘ladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to o‘n minglab tonnagacha ruda qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan ko‘prog‘i ancha tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy elementlar — aluminiy, mis, qo‘rg‘oshin, rux, nikel, qalay, volfram, molibden bilan birga yo‘ldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, kobalt, mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va boshqa ba’zan qimmati jihatdan «asosiy» metallardan ustunroq bo‘lgan metallar xam uchraydi. Boyitish fabrikalarida jami rudalarning 90% dan ko‘prog‘i samarali flotoreagentlarni qo‘llagan holda flotatsiya usulida boyitiladi. O‘zbekistonda rangli metallar mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-asrningning 30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden, simob va b.) konlari, Qoramozor misqo‘rg‘oshinrux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qo‘ytosh, Langar rangli metallar,
Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Ko‘kpatos, Qizilolmalisoy oltin, Qo‘rg‘oshinkon, Oltintopgan qo‘rg‘oshin rux, Qalmoqqir mis konlari va boshqalar topilib, ular sanoat miqiyosida o‘zlashtirilishi bilan respublikada rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rangli  metallar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlarga chiqdi. O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 5, oltin qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda turadi. Mis, qo‘rg‘oshin — pyx ishlab chiqarish asosan, Ohangaron — Olmaliq konsanoat hududida Qo‘rg‘oshinkon Oltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllandi. Tarmoqning yetakchi korxonasi tugal metallurgiya sikliga ega bo‘lgan Olmaliq konmetallurgiya kombinatidir. Volfram va molibden metallurgiyasining yirik korxonasi Chirchiq shaxridagidagi O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati bo‘lib, kombinat Ingichka volfram (1943; Samarqand viloyati) va Qo‘ytosh volframmolibden (1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Kombinatda 1-molibden quymasi 1956 y. olingan, 1957 y. dan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi. 1996 yildan kombinatda respublika ehtiyojlarini to‘la qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. 60-yillardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun qurilgan quvvatlar Toshkent shaxrida ishlamoqda. Korxonada aluminiy parchalari qaytadan eritilib, xalq xo‘jaligiga yetkazib beriladi. 1990-yillardan O‘zbekiston metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi shakllanmoqda. Kamyober metallarining aluminiy va magniy bilan qotishmalari — yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari — o‘tga chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida keng qo‘llaniladi. Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi natijasida kukunlar metallurgiyasi ham rivojlanmokda.
Metallurgiya va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun malakali mutaxassislar Toshkent texnika universitetida, 1995 yilda tashkil etilgan Navoiy konchilik institutida hamda Toshkent kimyotexnologiya institutida tayyorlanadi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlarda rangli metallurgiya monopollashgan sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘yicha AQSh va Yaponiya oldingi o‘rinlarni egallaydi (yana q. Metallurgiya, «Olmaliq konmetallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati, Navoiy konmetallurgiya kombinati).
Download 25,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish