Farg’ona Politexnika Instituti Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti Intelektual muhandislik tizimlari kafedrasi TJBAKT 69-20 va 70-20 talabalari Mahamadaliyev Farhod va Ro’ziboyev Navruzning Elektron hukumat fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI Mavzu: Elektron raqamli imzo. Reja: - Elektron raqamli imzo nima?
- Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha?
- Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi?
- Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin?
Elektron raqamli imzo haqida 5 ta fakt. Kundalik faoliyat raqamli platformaga ko‘char ekan, virtual tarmoqda erkin va xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni tasdiqlash va jarayonlarni amalga oshirish uchun har bir kishiga elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining bugungi qonunchilik talablariga ko‘ra, elektron raqamli imzo bo‘lmagan taqdirda, davlat organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanib, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan xizmatlardan ham foydalanib bo‘lmaydi. Xususan, biror davlat idorasiga ariza, murojaat, taklif yuborish uchun ham, sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro ishonchli hamkorlikni ta’minlaydigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lishingiz kerak bo‘ladi. Elektron raqamli imzo bu – davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron xatti-harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘ladigan, mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan, elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Sodda tilda aytsak, bu – shaxsning raqamlardan iborat elektron imzosi va uning kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi. Elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Elektron raqamli imzo noyobligi, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan, hujjatni imzolagan shaxsni tasdiqlashi bilan, qalbakilashtirishning imkonsizligi bilan o‘ziga xosdir. Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240 dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin. Elektron raqamli imzo kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishingiz zarur. Elektron raqamli imzo kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak) Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda: - Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi;
- Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti;
- Davlat bojxona qo‘mitasi;
- Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasi;
- Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi;
- “INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi.
Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |