Farg’ona Politexnika Instituti Kimyo texnologiya fakulteti



Download 0,61 Mb.
bet1/2
Sana06.11.2022
Hajmi0,61 Mb.
#861210
  1   2
Bog'liq
Mirzokhiddin Mirzayev (ATJ) Adsorbsiya


Farg’ona Politexnika Instituti
Kimyo texnologiya fakulteti
Oziq-ovqat texnologiya yo’nalishi
91-20 guruh talabasi Mirzayev Mirzoxiddinning
Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan
tayyorlagan taqdimot ishi
Mavzu: Adsorbsiya. Umumiy tushunchalar
Reja:

Adsorbsiya. Adsorbentlar xarakteristikasi
Gaz yoki suyuq faza tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni qattiq jism (adsorbent) yordamida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi. Gaz yoki suyuq faza tarkibida bo‘lib, adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo‘lgan modda esa adsorbat deyiladi.
Gaz yoki suyuq faza tarkibida bo‘lib, adsorbsiya paytida yutilayotgan modda.
Adsorbent tarkibiga yutilib bo‘lgan modda.
Qattiq jism.
adsorbtiv
adsorbat
adsorbent
Adsorbsiya jarayoni sanoatda gazlarni tozalash va kuritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug‘ aralashmalarini ajratish uchun ishlatiladi. Masalan, havo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin tozalash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlarni ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya keng ishlatilmokda. Bu usul yordamida xom ashyo va mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin.
Oziq - ovqat sanoatida esa qand qiyomi va diffuzion sharbatlarni tozalashda, pivo va mevalar sharbatlarini tindirish, vino, konyak, aroq va spirtlarni organik va boshqa birikmalardan tozalashda qo‘llaniladi.
Sanoat gazlarini SO2, CS2, NO2, NO va boshqa shu kabi birikmalardai adsorbentlar yordamida tozalash atrof muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Adsorbsiya jarayonlari odatda desorbsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Adsorbent tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish va uni adsorbsiya jarayonida qaytadan ishlatish desorbsiya deyiladi.
Kimyoviy adsorbsiya yoki xemosorbsiya adsorbent va yutilgan modda molekulalari orasida kimyoviy bog‘lar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu albatta kimyoviy reaksiyaning natijasidir. Undan tashqari, xemosorbsiya jarayonida kimyoviy reaksiya tufayli katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Odatda adsorbsiya jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik adsorbsiya issiqligi (J/kg) deb nomlanadi va u tajribaviy usulda yoki quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bu yerda p1 va p2 - tegishli absolyut temperaturalar T1 va T2 larda adsorbent ustidagi yutilayotgan moddaning muvozanat bosimlari.
Jarayon muvozanati va tezligi
Adsorbsiya paytidagi muvozanat adsorbentning massa yoki xajm birligida yutilgan modda miqdorining temperatura hamda yutilishi lozim bo‘lgan moddaning bug‘-gaz aralashmasidagi (yoki eritmadagi) konsentratsiyasiga bog‘liqligi bilan xarakterlanadi.
Adsorbsiyadagi muvozanat konsentratsiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagicha ifoda qilinadi:
X* = f (Y, T)
Agar temperatura o‘zgarmas bo‘lsa
X* =  (Y)
bu yerda X* - gaz yoki suyuqlik fazasidagi adsorbtivning konsentratsiyasi bilan muvozanatda bo‘lgan yutilayotgan kompo­nentning adsorbentdagi nisbiy massaviy ulushi, kg adsorbtiv kg adsorbent; Y - gaz yoki suyuqlik fazasidagi adsorbtivning nisbiy massaviy ulushi, kg adsorbtiv/kg gaz yoki suyuqlik fazasining tashuvchisi.
Adsorbtivning tarkibi Y ni uning bug‘-gaz aralashmasidagi parsial bosimi orqali ifodalash mumkin:
X* = f (R)
Adsorbsiya jarayonining moddiy balansi uning davriy yoki uzluksiz rejimda olib borilishiga qarab tuziladi. Odatda jarayon uzluksiz ravishda olib borilganda qarama-qarshi oqimlardan foydalaniladi. Bunday jarayon uchun moddiy balans tenglamasi quyidagicha ifoda qilinadi:

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish