Farg’ona Politexnika Instituti Kimyo-texnologiya fakulteti 3 bosqich talabasi Abdullaev Dilmurod



Download 22,76 Kb.
Sana03.07.2021
Hajmi22,76 Kb.
#108834
Bog'liq
maqola Dimajon


Farg’ona Politexnika Instituti Kimyo-texnologiya fakulteti 3 bosqich talabasi Abdullaev Dilmurod

Yoshlarimiz orasida Besh tashabbusning ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida19- mart kuni yoshlarga e‘tiborni kuchaytirish,ularni madaniyat,san‘at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish,yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish,xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan video selektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi.Ularning ta‘lim olishi,kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan.Shu bilan birga,yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi.Yoshlar qanchalik ma‘naviy barkamol bo‘lsa,turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Ma‘lumki, davlatimiz rahbarii jtimoiy,ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5tamuhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa,rassomlik,adabiyot,teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga,iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800dan ortiq madaniyat markazi, 312ta musiqava san'at maktabiga atigi 130ming nafaro'g'il-qiz qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati o'quv qo'llanmalari, notalar to'plami,musiqa asboblari va jihozlar bilan yetarli darajada ta'minlangan biz yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib uziste'dodimizni namoyon kilishimiz kerak. Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari,musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatinio'rganib,faoliyatini yaxshilash bo'yicha topshiriqlar berib, biz yoshlarni yanada ruxlantirib bizga qanot baxsh etmoqda. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish,ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan. Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, yurtimizda 12mingdan ziyod sport inshooti borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olishda rejasi yetarli emasligi qayd etildi.Umumta'lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko'rsatkichi mamlakat bo'yicha 56foizni tashkil etgani holda,Surxondaryo viloyatida atigi 12foiz,Xorazmda14 va Qoraqalpog'istonda 15foiz, xolos. Yig'ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi. Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o'rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag'lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi. Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruktsiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun'iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari barpo etish uchun ajratish zarurligi ta'kidlandi. Bunday tadbirkorlarga Milliy bank tomonidan “Yoshlar–kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi. Joylardagi sport maktablariga taniqli xalqaro musobaqalar g'oliblarini rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o'quv yurtlarining maxsus sirtqi bo'limlarida maqsadli o'qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o'smirlar sport maktablari sonini ko'paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Ikkinchi tashabbus yuzasidan tayyorlangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur loyihasida yaqin 2yilda harbir tumanda yengil konstruksiyali, sendvich panelli kichik sport zallari qurish belgilangan. Prezident xarajatlarni belgilashda shularni inobatga olish,aholi va yoshlar o‘rtasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Video selektor yig'ilishida yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o'rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilg'or xalqaro tajribalar asosida barcha shaharlarda va tumanlar markazida Raqamli texnologiyalar o'quv markazlarini tashkil etish bo'yicha topshiriq berildi.Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o'rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida biznes bo'yicha innovatsion ko'nikmalar shakllantiriladi, “startap” loyihalarga yordam ko'rsatiladi. Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari bo'lishiga qaramasdan, internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq ta'limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog'I bilan ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qo'yildi. Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter o'yinlari markazlarini tashkiletish, ularda bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bo'lishi zarurligi ta'kidlandi. Uchinchi tashabbus–aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019-2020 yillarda tuman va shaharlarda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda. Yig‘ilishda aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni to‘g‘ri tarbiyalab, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. To'rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan. Yoshlarda bolalik chog'idan kitobga mehr uyg'otish, mustaqil fikr va keng dunyo qarashni shakllantirish ularning hayot yo'llarida mustahkam zamin bo'ladi.Lekin ko'plab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas. Ilgarigi kutubxonalar o'rnida tashkil etilgan Axborot-resurs markazlari o'zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi. Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qo'shimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va idoralarga “Ma'rifat karvoni” loyihasi doirasida badiiy, ma'rifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1million nusxadan kam bo'lmagan miqdorda yetkazib berish bo'yicha topshiriq berdi. Yig'ilishda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob do'koni tashkil etishi kerakligi ta'kidlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga barcha shahar va tumanlarda ko'chma kitob pavilionlarini joylashtirish, “Bibliobus”larni yo'lga qo'yish orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmati ko'rsatish vazifasi yuklatildi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi to‘rtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan.Unga ko‘ra, har bir hududga 1million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish ko‘zda tutilgan.Shuningdek, axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish ham belgilangan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi. Yig'ilishda xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalari ham muhokama qilindi. Shu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich panellardan 195ta tikuv-trikotaj korxonasi tashkil etish belgilangan. Ularni qurish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari ko'p joylar tanlab olingan.Bu korxonalarni tashkil etish natijasida xotin-qizlar uchun 24mingdan ortiq doimiy ish o'rni yaratish ko'zda tutilgan. Prezidentimiz mehnat qilish istagidagi ayollar ish o'rinlari sonidan ancha ko'pligini hisobga olib,korxonalarda ishni 2smenada tashkil etish, ularda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligini ta'kidladi.
Download 22,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish