O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV
FAKULTETI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
“Mikroiqtisodiyot” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Korxonalarda resurs tejamkorligini oshirish yo’nalishlari
Bajardi: 3-kurs C 23-19 I guruh talabasi Muxtorov Iqboljon
Ilmiy rahbar: N.M.Ismailov
MUNDARIJA
KIRISH
IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH VA MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARIDA RESURS TEJAMKORLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY ASOSLARI
SANOAT KORXONALARIDA RESURS TEJAMKORLIGIGA ERISHISH VA XARAJATLARNI OPTIMALLASHTIRISH DARAJASI TAHLILI
SANOAT TARMOQLARIDA RESURSLAR TEJAMKORLIGINI TA’MINLASH YO’NALISHLARI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436 hamda 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi PQ-916-sonli qarorlari yurtimizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida resurs tejamkorligini ta’minlash, bu yo’nalishda innovatsiya sohasiga qaratilayotgan etiborni yanada kuchaytirdi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek:
«...iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha maqsadli loyixalarni amalga oshirish bilan bog’liq»1.
Agar, bu xil vazifalar dunyodagi barcha mamlakatlarning iqtisodiyotiga keskin ta’sir ko’rsatayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida, ya’ni dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin o’zgarib turishi xolatida amalga oshirilishini inobatga oladigan bo’lsak, raqobat muhitining keskinlashuvi sharoitida zamonaviy ishlab chiqarish sohasida innovatsiya faoliyatini kuchaytirish, uning texnik va texnologik bazasini mustahkamlash, uning sifat darajasini ko’tarish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo’lishi lozim.
Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab- quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda. Ayni
1 I.Karimov «Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir». //Xalq so’zi. 2010 yil.30 yanv.
paytdagi, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini raqobatbardoshligini ta’minga qaratilmoqda. Buning uchun esa eng avvalo mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirish, mavjud resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni talab etiladi. Mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyev bu boradigi ishlarni tanqidiy tahlil qilgan holda quyidagilarni ta’kidlaydi:
“Eng yomoni, istiqbolli yirik loyihalarni belgilash va amalga oshirishda jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yilgani, xorijiy kreditlar samarasiz ishlarga sarflangani iqtisodiyot rivojiga xalaqit bermoqda. Masalan, mamlakatimizda 25 yil davomida olingan kreditlarning aksariyati yetarlicha iqtisodiy samara bermaganini turli ekspert va mutaxassislar ochiq tan olmoqda. Misol uchun, Qoraqalpog’istonda barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi kutilgan iqtisodiy foydani bermayapti. Moliya vazirligida o’tirgan ba’zi “vallomatlar” vaqtida bu – dunyodagi eng zo’r loyiha, deb butun olamga jar solgan edi. Lekin qani natija?2
Do'stlaringiz bilan baham: |