Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish resurslari to‘liq foydalanilmay qoladi. YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo‘ladi. Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi. Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo‘lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo‘lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |