. Hozirgi kunda turmushni metallarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Oʻnlab metallar va qorishmalar xalq xoʻjaligining barcha sohalarini qamrab olgan. Metallar quyidagi usullarda olinadi: pirometallurgiya, elektrotermik, metallormiya, alyuminatermiya. Piromeyallurgiya. Bu usulda asosan passiv metallar hamda choʻyan, poʻlat olinadi. Bunda metallarni yuqori haroratda termik parchalanish orqali olinadi. ZnO+C→CO+Zn; Fe3O4+4CO→3Fe+4CO2; 3BaO+Si→BaSiO3+2Ba; 2HgO→2Hg+O2 Gidrometallurgiya. Bu usul metallarning birikmalarini eritmaga oʻtkazib, yuqori xaroratsiz, elektroliz yordamida qaytarishga asoslangan. CuO+H2SO4→CuSO4+H2O Bu usullar yordamida oltin, kumush, rux va boshqa metallarni olish mumkin. Elektrotermik usul. Bu usullar metallarning tuzlari suyuqlanmalarini elektroliz qilib olishga asoslangan: 2 Na+Cl– →2Na0+Cl02; katodda 2Н++ e →H02; аnodda 2Cl—e→ Cl02; Аluminotermiya usuli. Rudalardan metallarni qaytarib olishda aluminiydan foydalaniladi. Fe2O3+Al→Al2O3+Fe Cr2O3+2Al→Al2O3+2Cr Меttalotermiy usuli. Bu usullar metallarning tuzlari suyuqlanmalarini oʻziga nisbatan kuchliroq metal ta’sir ettirib olinadi. CuSO4+Zn→ZnSO4 + Cu; CuSO4+ Fe→FeSO4 + Cu
Do'stlaringiz bilan baham: |