PASKAL TILIDA DASTURLAR YARATISH USULLARIPaskal tilida eng sodda dasturlarni yozish uchun quyidagi umumiy qoida qabul qilingan: 1. Dastur program so‘zi bilan boshlanadi, undan keyin dasturning nomi yoziladi. 2. Dastur end so‘zi bilan tugaydi. 3. O‘zgarmaslar ro‘yxati odatda ikkinchi satrda joylashib, sonst so‘zidan keyin keltiriladi. 4. Dasturda qatnashadigan barcha o‘zgaruvchilar va ularning tiplari var so‘zidan keyin ko‘rsatiladi. 5. Masalaning Yechish uchun paskal tilidagi buyruqlar ketma-ketligi begin dan keyin yoziladi. 6. Dasturdagi har bir ko‘rsatma yoki buyruq boshqalaridan «;» belgisi bilan ajratiladi. 7. Dasturdagi oxirgi end dan keyin nuqta qo‘yiladi. Agar yozilayotgan dasturda o‘zgarmas ma’lumotlar qatnashmasa, ushbu umumiy sxemadagi 3-punktni tushirib qoldirish mumkin. Dasturda o‘zgaruvchilardan ham foydalanishga ehtiyoj bo‘lmasa, 4-punktni ko‘rsatmaslik mumkin.
PASKAL TILIDA DASTURLAR YARATISH USULLARI dasturlarning paskal tilidagi umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishini ko‘rish qiyin emas: Programdasturning nomi; Const o‘zgarmaslar ro‘yxati; Var o‘zgaruvchilar va ularning tiplari ro‘yxati; Begin Paskal tilida echilayotgan masalaning algoritmiga mos keluvchi buyruqlar ketma-ketligi; End. Agar yozilayotgan dasturda o‘zgarmas ma’lumotlar qatnashmasa, ushbu umumiy sxemadagi sonst ni tushirib qoldirish mumkin. 28 Dasturga majburiy bo‘lmagan, ammo ehtiyoj paydo bo‘lganda yozish shart bo‘lgan yangi qo‘shimcha turli elementlarni qo‘shish mumkin. Biz bu elementlar bilan keyinchalik tanishamiz
CHiziqli dastur deganda masalaning algoritmiga mos keluvchi buyruqlar ketma-ketligi dasturda uchrash tartibiga mos ravishda bajariladigan dasturlarni tushuniladi. Demak, dasturni bajarish boshlanganda, dastlab 1-buyruq, keyin 2- buyruq va x.k. tarzida bajariladi. Bunda begin va end larga alohida e’tibor beriladi. Ular operatorlar qavsi hisoblanadi va amallarni bajarish paytida ustunlikka ega bo‘ladi. Dasturning bitta satrida bir nechta buyruqlar kelishi mumkin. Bunda ular birbiridan «;» belgisi bilan ajratiladi. Paskal tilidagi dastur qo‘yilgan masalaning Yechish algoritmidagi buyruqlarni kompilyatorga «tushunarli» bo‘lgan ko‘rinishda yuqoridagi umumiy sxemaga muvofiq ifodalash gatijasida hosil bo‘ladi. Masala: Uzunligi L bo‘lgan aylana bilan chegaralangan doira yuzini toping. Masalaning Yechish g‘oyasi: Ma’lumki, doiraning yuzi S =πR2 formula bilan hisoblanadA. Bu formulani qo‘llash uchun bizga R ning qiymati zarur. Uni aylana uzunligi L dan foydalanib topish mumkin, ya’ni R = L/(2π ) . Bu ma’lumotlarni hisobga olib, masalaning algoritmi va dasturini yozamiz.