4) Xodimlar – asosiy aktivimiz:
xodimlarning malakasini muttasil oshirib borish va ularga motivatsiya berish;
qonunchilik, me’yoriy va boshqa talablarni bajarish uchun xodimlar mas’uliyatini oshirish.
5) Mehnat xavfsizligi va sharoitlari:
mehnat muhofazasi talablarini bajarish bo‘yicha nazoratni tashkil qilish va xodimlarni himoya vositalari bilan ta’minlash;
professional saralash va xodimlarni o‘qitish;
zavod infratuzilmasini yaxshilash;
kasallanish va tan jarohati olish darajasini kamaytirish.
6) Atrof-muhitni avaylash:
ma’naviy jihatdan eskirgan uskunalar, texnologik jarayonlar va qo‘llanilayotgan materiallarni yangilash orqali zavod faoliyatining ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish;
ekologik jihatdan xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish;
yoqilg‘i-energetika va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
7) Doimiy yaxshilash:
sifat menejmenti, integratsiya qilingan menejment tizimlari amal qilishi samaradorligini oshirish.
mahsulot sifati, ishlayotganlarning salomatligi holati, mehnat sharoitlari, xavfsizlik texnikasi va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek nomuvofiqlarni o‘z vaqtida va natijador bartaraf etish maqsadida energetik xarakteristikalarni uzluksiz monitoring qilish.
Mazkur siyosatda qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun FQIZ rahbariyati quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
Mazkur siyosatning sifat, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi va energetik menejmentni ta’minlash borasidagi barcha deklaratsiya qilingan qoidalarini bajarish;
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan, shuningdek salomatlikni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek energiya samaradorligi, energiyaning barcha turlaridan oqilona foydalanish va iste’mol qilishga doir qonunchilik, me’yoriy hamda boshqa me’yor va talablar bajarilishini ta’minlash.
Xalqaro standartlarning amaldagi tahrirlari talablari asosida sifat menejmenti tizimi, integratsiyalashgan menejment tizimi va energetik menejment tizimi natijadorligini doimiy ravishda oshirib borish;
Chiqindi va chiqitlar tizimi, normativlar, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari bilan munosabatda bo‘lish va energiya manbalaridan oqilona foydalanish qoidalariga rioya qilish ustidan ishlab chiqarish bilan bog‘liq ekologik nazorat tizimini takomillashtirish;
Ish joylaridagi sharoitlar yaxshilanishini ta’minlash, mehnat xavfsizligini oshirish, kasalliklar, ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarohatlar va avariyalarning oldini olish bo‘yicha samarali vosita va usullarni joriy etish;
Barcha manfaatdor tomonlar bilan sifat menejmenti, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya menejmenti masalalari bo‘yicha ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlash;
Ishlab chiqarish jarayonlari va zavod bo‘linmalarining energetik ko’rsatgichlarini doimiy yaxshilanishini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |