Farg‘ona mintaqasi avtomobil transporti



Download 21,26 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi21,26 Kb.
#427488
Bog'liq
fargona


Farg‘ona mintaqasi avtomobil transporti
O‘zbekistonning sharqiy qismida joylashgan, atrofini qo‘shni Qirg‘iziston hamda Tojikiston respublikalari o‘rab olgan, faqatgina Qurama tog‘lari orqali (Qamchiq dovoni) O‘zbekistonning boshqa viloyatlari bilan bog‘langan anklav holatda joylashgan Farg‘ona iqtisodiy rayonida hozirgi zamon quruqlik transportining avtomobil, temir yo‘l, quvur va havo transporti mavjud.
Jumladan, avtomobil transporti Farg‘ona vodiysi xalq xo‘jaligi va aholining turli xil yuklari va yo‘lovchilarni tashishda yetakchi mavqega ega. 2014-yilda O‘zbekiston respublikasi avtomobil transportida 23 887,2 mln. tonna yuk tashilgan. 2015- yilda 25 656,5 ming tonna yuk tashilgan bo‘lib, 2017- yilda bu ko‘rsatkich 18 003,2 mln tonnani tashkil qilgan.
Umumfoydalaniladigan avtomobil transportining yuk aylanmasi [mln.t/km]




2014yil
(mln.t/km)

2015-yil
(mln.t/km)

2016-yil
(mln.t/km)

2017-yil
(mln.t/km)

Respublika bo’yicha umumfoydalaniladigan avtomobil transportining yuk aylanmasi

23 887,2

25 656,5

8 030,5

8 003,2

Shu jumladan; Farg’ona vodiysida

5398.2

5851.3

1467.4

1421.5

Respublika yuk aylanmasining tarkibida Farg’ona iqtisodiy geografik rayonining ulushi

22.6%

22.8%

18.2%

17.7%

(1-jadval)
2014- yilda umumfoydalanadigan avtomobil transportida tashilgan yuklarni
22,6 foizi Farg‘ona vodiysiga to‘g‘ri kelgan, 2017- yilda esa mintaqaning ulushi 16.6 foizga kamaygan.
Umumfoydalanadigan avtomobil transporti yuk aylanmasida Farg‘ona vodiysining ulushi biroz saqlanib qolgan. 2014 yilda umumfoydalanadigan avtomobil transportida mintaqaning ulushi 22,6 foizga teng bo‘lgan. Vaholanki, 2017- yilda bu ko‘rsatki 16.6 foizi Farg‘ona vodiysiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur tarmoqning yuk aylanmasi Farg‘ona vodiysida 2014- yilda 5.3982 mln. t./ kmni tashkil etgan bo‘lsa, 2017- yilda u 1.4215 mln. t.kmga ortgan.
Avtomobil transporti yuk aylanmasida vodiyda Farg‘ona viloyati yetakchilik qiladi. Bu yerda tashilgan yuklarning 40,4 foizi Farg‘ona viloyatiga, 37,6 foizi
Andijon va qolgan qismi Namangan viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Umumfoydalanadigan avtomobil transporti yuk tashish hajmining ham 14,2 foizi Andijonga, 33,9 foizi Namangan va 51,8 foizi Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Biroq, umumfoydalanadigan avtomobil transportda yuk tashishda 2003 yilgacha Namangan viloyati yetakchilik qilgan. Masalan, shu yili mintaqada tashilgan yuklarning 72 foizi, yuk aylanmasining 44,5 foizi Namangan viloyatida qayd etiladi. Bu viloyat yuqoridagi ko‘rsatkich jihatidan respublikada faqatgina Toshkent shahridan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. 2005 yildan keyingi davrda
Farg‘ona viloyati vodiyda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Buning asosiy sababi Namangan viloyatida yuk tashuvchi davlat transporti ulushining keskin qisqarib, asosan xususiy transportlar faoliyatini jadallashganligi bilan bog‘liq.
Transport geografiyasi sohasidagi izlanishlarda mintaqalarning yo‘lovchi oqimini kuzatish natijasida ham muhim ilmiy xulosalar chiqarish mumkin. Biroq, yo‘lovchi tashish hamda yo‘lovchi aylanmasini geografik jihatdan tadqiq etish, yuk tashishni o‘rganishdan ko‘ra ancha murakkab. Sababi, yo‘lovchi tashishga turli xil ijtimoiy-iqtisodiy hamda tabiiy geografik omillar ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, ma’lum bir hududning ob-havo holati, yog‘ingarchilikning oz yoki ko‘pligi doimo ta’sir etib turadi. Yo‘lovchi oqimi kunning ma’lum vaqtlariga, xaftaning kunlariga va yil fasllariga qarab o‘zgarib turadi . Shuningdek, yo‘lovchi tashishga ta’sir etuvchi eng muhim omillarga hududda transport tarmog‘ining rivojlanganligi, hududiy ishlab chiqarish majmualari, moddiy ne’matlarning tarqalishi, aholining ijtimoiy, siyosiy va madaniy turmush tarzi, xayot kechirish darajasi va boshqa omillarni ham kiritish mumkin.
Yo‘lovchi tashish kishilarni ish joyiga yoki madaniy-maishiy muassalarga eltish maqsadlarida amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar qaysi maqsadda transport vositalaridan foydalanishini aniqlash ham transport sohasini geografik jihatdan o‘rganishda murakkab tomonlaridan biri hisoblanadi. Bu borada aholi zichligi, aholi manzilgohlarining katta-kichikligi, ularning funksiyasining ta’siri ham katta.
Avtomobil transportida yo’lovchi tashish (mln.kishi)


2014yil
(mln.kishi)

2015-yil
(mln.kishi)

2016-yil
(mln.kishi)

2017-yil
(mln.kishi)

Respublika bo’yicha umumfoydalaniladigan avtomobil transportida yo’lovchi tashish

7244.4

7511.4

5480.8

5591.3

Shu jumladan; Farg’ona vodiysida

1438,1

1505,6

1680.8

1739.8

Respublika avtomobil transportida yo’lovchi tashishning tarkibida Farg’ona iqtisodiy geografik rayonining ulushi

19.8%

20%

30%

31%

2-jadval
Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, avtomobil transportida yo‘lovchi tashishda xususiy transportning hissasi ko‘tarilish va, aksincha umumfoydalanadigan avtomobil transportining ulushi kamayish jarayoni yuz beradi. Bu jihatdan respublikaning barcha viloyatlarida avtobuslarda yo‘lovchi tashish sezilarli kamaygan. 2014- yilda respublikada jami 7 244,4 mln yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa 2017- yilga kelib 5 480,8 mln kishiga, tushib qolgan.Bu ko’rsatkich bo’yicha 2016-yilda 19.8% bo’lgan bo’lsa 2017-yida 31% ga oshgan.. Chunonchi, Farg‘ona viloyati faqat Toshkent shahridan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallagan. Mazkur viloyat respublikada umumfoydalanadigan avtobuslarda tashilgan yo‘lovchilarning 16,0 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, Toshkent shahriga 44,8 foizi to‘g‘ri kelgan (2007 y). Xozirgi kunga kelib Samarqand va Surxondaryo viloyatlari Farg‘ona viloyatini ortda qoldirdi. Mintaqada aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 1000 ga yaqin avtobus va 2012 mingga yaqin yuk tashuvchi transport turlari qayd etilgan. Yuk va yo‘lovchi tashishda xususiy transportning hissasi ortib borayotganligi sababli Farg‘ona vodiysida bo‘yicha 500 ga yaqin xususiy avtotransportlarga xizmat ko‘rsatuvchi uyushmalar tashkil qilingan. Tranport uyushmalariga biriktirilgan avtotransportlar soni esa 30 mingdan ortadi.
Yo‘lovchi tashishda avtomobil transporti mutloq yetakchi hisoblanadi. Hozirgi kunda tashilgan yo‘lovchilarning 95 foizdan ortig‘i avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri keladi. Avtomobil transportida yo‘lovchi tashishda yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsiy avtomobil egalari tomonidan yo‘lovchilar tashish boshqa tarmoqlarga nisbatan yildan yilga o‘smoqda. Farg‘ona vodiysida avtobus qatnovi o‘rnini 14-18 o‘rinli mikroavtobuslar hamda «Damas», «Nexia» rusumli yengil avtomobillar egallamoqda. Yo‘lovchilar oqimi o‘rganilganda vodiyning asosiy transport tugunlari Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon, kabi yirik shaharlar yo‘nalishida xarakatlanayotganligi aniqlandi.
Yo‘lovchi tashish intensivligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan yana biri aholining mayatniksimon migratsiyasi hisoblaniladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ertalabda tumanlardan viloyatlarning transport markazi bo‘lgan Andijon, Namangan, Farg‘ona shaharlariga, kechki payt mazkur shaharlardan tumanlar yo‘nalishida harakatlanadi. Ayniqsa, Andijon viloyatida Asaka, Shahrixon, Jalaquduq, Izboskan tumanlaridan Namangan viloyatida To‘raqo‘rg‘on,
Uchqo‘rg‘on, Chust tumanlaridan, Farg‘ona viloyatida Farg‘ona, Uchko‘prik, Oltiariq, Quva tumanlaridan yo‘lovchilar oqimi ko‘proq ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Download 21,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish