Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Tibbiy profilaktika ishi V kurs 1116-guruh talabasi Nematullayev Adhamjonning Uychi tumani seo va jsb da o’tagan malakaviy amaliyot Hisoboti
Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Tibbiy profilaktika ishi V kurs 1116-guruh talabasi Nematullayev Adhamjonning Uychi tumani SEO va JSB da o’tagan malakaviy amaliyot Hisoboti. Men Nematullayev Adhmjon haqiqatdan 21.01.2021 yildan 3.02.2021 yilgacha Uychi tumani SEO va JS bo’limida malakaviy amaliyotni o’tadim.
1-kun.Men Ovqatlanish gigiyenasi bo’limida yuritiladigan hujjatlar, bo’lim ish rejalari bilan tanishdim. Bo’lim shifokorining oziq ovqat korxonalari ustidan Ogohlantiruvchi Sanitariya Nazoratini o’tkazishdagi vazifalarini va qo’llaniladigan me’yoriy hujjatlarni yuritishni o’rgandim.
2-kun.Uychi tuman "Laziz" makaron ishlab chiqarish korxonasida JSN otkazdik. Ishlab chiqarish jarayonida aniqlanilgan kamchiliklarga o'z tafsiyalarimizni berdik.
3-kun.Bolalar va o'smirlar giyiyenasi shifokori G.Qurbonova bilan birgalikda Uychi tuman XTBga qarashli 27-MTM da sanitariya nazoratini o'tkazdik va 232 tibbiy xujjat shaklini to'ldirdik.
4-kun. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi bo'limida yuritiladigan dalolatnomalar,malumotnoma,xat, xisobotlar tuzish bilan tanishdik va mustaqil to'ldirdik.
5-kun. Epidemiologiya bo'limida bo'lim shifokori bilan covid-19 ga PZR natijasi musbat chiqqan Uychi shaxar Sabzazor m.f.y sabzazor ko'chasi 11-uyda yashedigan Rahmatullayeva Marhamat xonadonida epid surushtiruv ishlarini o'tkazdik
6-kun.Epidemiologiya bo'limi yuritiladigan xujjatlar,bo'limning amaliy ishlari xisobot xujjatlarini o'rgandik.Uychi tuman XTBga qarashli 11-sonli umumtalim maktabida havo tomchi infeksiyalar (koranavirus)boyicha sanitariya maorif ishlarini olib bordim.
7-kun.Kommunal gigiyenasi bo'limining strukturasi,oylik va yillik ish rejalari, bo'lim hisobot hujjatlari bo'limning maqsadi,vazifalari,nazorat ostidagi obyektlarning dislokatsiyasini o'rgandim.
8-kun. Atmosfera havosini ifloslantruvchi manbalar Uychi shaxri dehqon bozor hududida atmosfera havosidan namunalar oldik va atrof muhitga aholi salomatligiga tasirini o'rgandik.
9-kun. Mehnat gigienasi shifokorining faoliyatida qo'llaniladigan asosiy zararli va xavfli omillarni reglamentlovchi qonunchilik xujjatlarini (direktiv,umumdavlat,meyoriy) o'rgandik.Qonunchilik xujjatlariga asoslanib "Sanitariya qonunlarini buzish protokoli" "Jarima solish qarorlari" bilan tanishdik.Korxonalarda rejali nazorat va mavzuiy sanitariya gigienik tekshiruvlar o'tkazish va qaydnomalar tuzishni o'rgandim.
10-kun. Obyektlarni sanitariya nazorat tekshiruvida ishchilarning asosiy zararli ishlab chiqarish omillarini xisobga olib kasallanish sabablarini tahlil qildik.
Ishlab chiqarish obyektlaridagi asosiy kasblarga professiogrammalar tuzish bilan tanishdik.
11-kun.Radiatsion gigiyena bo'limi ish faoliyatida qo'llaniladigan radiometrik tekshirish usullari va qonunchilik xujjatlarni o'rgandik.
12-kun. Radiaktiv moddalar va boshqa turdagi ionlashtruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda xodimlarni ximoyalash prinsplari va usullarini tahlil qildim o’rgandim.