Farg‘ona davlat



Download 262,91 Kb.
bet7/20
Sana18.02.2022
Hajmi262,91 Kb.
#450681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Kurs ishi. tayyor

1.2 – jadval (Dinamikasi)

Mehnat bozorining samarali amal qilishi uchun, birinchidan, ishlab chiqarish vosita-lariga ega bo‘lib, uning yordamida ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki uni kengaytirish, ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lmagan va ish bilan band bo‘lmagan kishilarning mavjudligi zarur. Ana shular mehnat bozorining asosiy sub’ektlari, mehnat bozori ishtirokchilari hisoblanadi1. Mehnat bozori jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim sohasidir. Hozirgi paytda mehnat bozori xo‘jalik yuritishning tarkibiy qismlaridan biriga aylangan. Ayrim mutaxassislarning fikricha, mehnat bozori ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni ifodalovchi mexanizm sifatida ko‘rilsa, boshqa iqtisodchilar guruhi mehnat bozori faqatgina ishchi kuchiga bo‘lgan talabni qondirishga sharoit yaratadi, deb hisoblaydilar. Uchinchi xildagi toifa ham mavjud bo‘lib, ularning fikriga ko‘ra, mehnat bozori - o‘z shaxsiy qobiliyati ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarish hamda ularni ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash qonunlari asosida hayotiy kundalik vositalarga almashtirishi munosabatlarining murakkab tizimini ifodalaydi.


Mehnat bozorining iqtisodiy tushuncha sifatidagi mohiyati uning turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi xususiyatlari, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, taqsimoti, o‘zlashtirish va foydalanish mexanizmi, u yoki bu jamiyat iqtisodiy munosabatlari tizimida ushbu tushunchaning roli va ahamiyati klassik iqtisodiyot nazariyasi namoyandalari, hamda xorijiy mamlakatlar mashhur iqtisodchi olim-larining tadqiqot predmeti bo‘lgan. A.Smit va d.rikardolardan to j.Keyns, M.Fridman, YA.Kornai va ko‘p sonli boshqa iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan.Mehnat bozori tushunchasiga rossiyalik va ko‘pgina o‘zbek olimlarining ham ta’riflari mavjud.S.YU.Roshshin, T.o.razumovalarning ta’rifiga ko‘ra, “mehnat bozori-mehnatga talab va mehnat taklifini o‘zaro harakatlantiruvchi, bozor mexanizmi va belgilari asosida mehnat resurslarini taqsimlashdi. P.E.Shlender va professor Y.P.Kokinning ta’rifiga ko‘ra:”mehnat bozori - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib,yollanma ishchi kuchi va ish beruvchilar manfaatlari kelishilgan jamiyat aloqalari ijtimoiy tizimini bildiradi. Mehnat bozori-bu birinchidan, ishchi kuchi talabi va taklifi orasida iqtisodiy aloqalar yig‘indisi, ikkinchidan, turli xil iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlar va funksiyalar to‘qnashadigan joy, uchinchidan korxonalar nuqtai nazaridan, alohida korxona va uni ishchilarini o‘zaro aloqa maydoni, firma miqyosida yangi ish joyiga o‘tishni o‘ylovchi haqiqatdagi va mavjud bo‘lgan ishchilar” B.M.Genkinning ta’rifiga ko‘ra:”mehnat bozori, eng avvalo, ish beruvchi va ishga yollanganlar manfaatlarining kelishuvi mexanizmi hisoblanadi. Undan tashqari mehnat bozorida ijtimoiy aloqalar boshqarish zarurati hosil bo‘lib, davlat manfaatlari belgilanadi”. L.Maksakova “Mehnat bozori” tushunchasining o‘rniga “ishchi kuchi bozori” tushunchasini qo‘llashni zarur, deb hisoblaydi. “Mehnat resurslari bozori” tushunchasi qo‘llansa, yanada to‘g‘riroq bo‘ladi, deydi.Tadqiqotchi v.A.pavlenkov ta’kidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini ham yollanma mehnat bilan band bo‘lganlar ham band bo‘lmaganlarni qamrab oladi. A.A.Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi:”Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat o‘rtasida ma’lum davrda erishilgan manfaat-lar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy muno-sabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan”.I.S.Maslovaning ta’rifi bo‘yicha mehnat bozori-bu o‘suvchi tizim, unda mulkchilik sub’ektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va “yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositalari va ishchi kuchi)ga o‘zaro ta’sir etadi”. Mehnat bozori mavjud, ammo “kesik, shakli o‘zgartirilgan ko‘rinishda, buning ustiga har narsani o‘z ichiga oladigan xarakterga ega bo‘lmay, balki mehnat munosabatlarining faqat bir qismini qamrab oladi”2. Q.Abdurahmonov va F.Mamaraximovning ta’rifiga ko‘ra, “Mehnat bozori deyilganda ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi tushuniladi”. SH.R.Xolmo‘minov ta’rifiga ko‘ra mehnat bozori-mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida, “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish-sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir3. d.rahimova, O.Abdurahmonovlarning ta’rifiga ko‘ra, “mehnat bozori ishchi kuchini sotuvchi va xaridori, uning qiymatini belgilaydigan va taklif etiluvchi mehnat xizmat-larini taqsimlaydigan muhitni tavsiflash imkonini beradigan kategoriya, analitik konstruksiya, deb tushunilishi ham mumkin”. “Mehnat bozori” tushunchasi ishchi kuchi xaridi va ishlatilishini ham o‘z ichiga oladi, ya’ni u ishchi kuchi va ishchi o‘rinlari bozoridan iborat bo‘ladi. Mehnat munosabatlari ishchi kuchi bozori bilan bir vaqtda ishchi o‘rinlari bozorining ham mavjud bo‘lishini taqozo etadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har ikkala bozor shakli mavjud bo‘lgandagina mehnat jarayonini amalga oshirish mumkin. Mehnat bozorining o‘ziga xosligi shundaki, ishchi kuchini pulga ayirboshlash oldi-sotdi bitimi tuzilgandan keyin, ma’lum ishlab chiqarish jarayoni amalga oshadi. demak, ishchi kuchi avval iste’mol etilib, so‘ngra uning haqi to‘lanadi. Mehnat bozori ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. ishchi kuchi bozori mehnatga layoqatli aholining mehnat qilishga bo‘lgan layoqatlarini taklif qilish sohasini topish xohish-istaklari yig‘indisi sifatida shakllansa, ishchi o‘rinlari bozori korxona va tashkilotlarning ishchi kuchiga bo‘lgan jami ehtiyojlari sifatida tashkil etiladi. Biroq ishchi kuchi bozori o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy tabiatiga ko‘ra, eng avvalo, aholining ishchi o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ifodalaydi. Bu ehtiyojlarning qondirilishi esa, uning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish hamda samarali bandlikni shakllantirili-shining asosi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining sistematik tadqiqoti mazkur bozorni o‘tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:
-ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
-bozor uslubida xo‘jalik yuritishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
-mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko‘rsatish;
-ishsizlarni ish topishga va ularning malakasi va raqobat qobiliyatlarini oshirishga undash va raxbarlantirish;
-ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga undash va mehnat taqsimotini takomillashtirish.
Ular, sanoat, xizmat ko‘rsatish va boshqa konkret mehnatni qo‘llovchi sohalarga qishloq xo‘jaligi soxasidan ozod bo‘lgan xodimlarni raqobat asosida jalb qilishni rag‘batlantiradi hamda shuning bilan muomala sohasida ishchi kuchi revervini shakllantirib, band bo‘lmasdan qolishga imkon beradi. Bu nuqtai nazardan eng aniq xulosa I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan:”Mehnat bozori mehnat resurslarining ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifini shakllantirish asosida, xo‘jalik yuritish sohalari va tarmoqlari, mashg‘ulot turlari va shakllari bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zlab taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi vazifasini bajarishi lozim”.

Download 262,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish