Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalari asosida talabalarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu vazifalarni bajarish mavjud pedagogik jarayonlarni takomillashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan pedagogik ta’lim paradigmasini zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarini o’zlashtirishga, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasbiy tayyorgarligi yuqori bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlashga yo’naltirishni taqozo etadi [3].
Ilm-fan taraqqiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborot- kommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan sohalarida erishilgan yutuqlarning tez yangilanib borishi fizika fanini o’qitishda pedagogik va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, o’quv jarayoniga komp’yuterli o’qitish va nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash vazifasini qo’yadi.
Pedagogik va innovatsion ta’lim jarayonida hozirgacha bo’lgan davrdagi fizika fani bo’yicha yaratilgan elektron qo’llanmalarni tahlil qilgan holda o’quvchilar uchun qulay bo’lgan, ham nazariy bilim beradigan, ham amaliy ko’nikmalarni hosil qiladigan, fizik hodisalar, jarayonlar haqida tasavvurlarni boyitadigan, o’z-o’zini sinab ko’rish imkoniga ega bo’lgan elektron qo’llanmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi – akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika ta’limida innovatsion texnologiyalarining qonuniyatlarini asoslashdan iborat.
Kurs ishining vazifalari – bitiruv malakaviy ishida nazariy va amaliy isbotni taqozo qiladigan ilmiy faraz, tadqiqot ob’yekti, predmeti, maqsadiga muvofiq quyidagi tadqiqot vazifalari hal qilinadi:
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining fizika kursida innovatsion texnologiyalarining umumiy masalalarini tahlil qilish;
Innovatsion texnologiyalatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyatini o’rganish;
Fizika faniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish usullarini aniqlash;
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida zamonaviy texnologiyalar tadqiqoti masalalarini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |