Fargona davlat universiteti


Hozirgi davrda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati



Download 53,46 Kb.
bet4/5
Sana25.06.2021
Hajmi53,46 Kb.
#101439
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sport faoliyatida organizmda yuzaga keladigan xolatlarning fiziologik ahamiyati

Hozirgi davrda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati

Odam organizmida yuzaga keladigan barcha harakatlar tayanch – harakat sistemasining faoliyati natijasida shakllanadi.Harakat odam hayotining asosiy shartlaridan biridir. Harakat omili ularning faqat tashqi ko’rinishlarini shakllantiribgina qolmay, balki ko’p million yillar davomida organizmning biologik jihatdan to’liq bo’lishida alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Odamning har qanday faoliyati bir-biri bilan chambar-chars bog’liq bo’gan to’rtta komponent (ruhiy, neyrodinamik, harorat va energiya) bilan ta’minlanadi. Bu komponentlar foydali natijaga erishish uchun yo’naltirilgan markaziy-asab funksional sistemalari uyushmasi orqali dinamik tarzda bog’lanadi. Har qanday harakat boshlanishida spesifik bo’lmagan aktivlanishga ega bo’lgan miya qurilmasining ma’lum maqsad bilan qo’zg’alishi natijasida, afferent sintezini va bo’ladigan faoliyatini energiya bilan ta’minlash mexanizmlarishga tushiriladi. Bu faoliyat dasturini to’g’rilash mexanizmlari ham salomatlik, ham vegetativ funksiyalar tomonidan amalga oshadi. Ishlayotgan skelet muskullari va ichki organlarning reseptorlaridan kelayotgan qayta ma’lumotlar to’g’rilanish manbai bo’ladi. Faoliyat dasturi qanchalik murakkab bo’lsa, afferent sintez jarayoni, shuningdek faoliyatning energiya va harakat komponentlari shunchalik tez bo’ladi. Bularning hammasi ixtiyoriy faoliyatdagi hamma komponentlarning o’zaro ta’sirini takomillashtiradi.Bu borada harakat aktivligi tezligiga tayanch – harakat apparatining strukturasi bog’liq ekanligi yaxshi o’rganilgan. Markaziy asab sistemasining yuqori bo’limlarida bo’ladigan asosiy asab jarayonlari ularning po’stlog’idagi dinamikasining boshqarilishi manbai harakat ekanligi P.Pavlov va uning xodimlari tomonidan aniqlagan.Texnikaning rivojlanishi hozirgi zamon kishilarning keng qo’lamda turmush tarzini ancha o’zgartirdi. Ishlab chiqarish va maishiy hayotning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, turli harakat vositalarini takomillashtirish, yangi takomillashtirilgan texnikadan foydalanish, insonni mehnati va turmush faoliyatini qayta qurilishiga sabab bo’ladi. Qo’l mehnati, ishlab chiqarish va turmushdagi jismoniy kuchlanishlar ancha kamayadi.Akademik Berg dalillarga ko’ra ishlab chiqarishdagi muskul energiyasi 90% dan 1% ga qisqargan. Bu narsa inson faolligining umumiy hajmiga nisbatan ko’p bo’lmagan statik kuchlanishlarni ortirdi. Shu bilan bir qatorda, hozirgi zamon kishisining hayoti jismoniy kuchlanishlardan butunlay ham deb yiroq bo’lmaydi. Odam organizmini o’rab turgan muhitning yangi ta’sirlari, ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelayotgan hodisalar bilan to’qnashadi, ularga moslashish kerak bo’ladi.Qator holatlarda juda yuqori kuch chidamiylik, harakat tezligi va epchillik talab qilinadi, buning uchun inson jismonan yaxshi rivojlanadi. Ikki tomondan, ishlab chiqarishda va jamiyatda mehnatning aqliy shakli ilmiy ma’lumotlar hajmining ortishi ularning ishlanish murakkabligi, qabul qilingan qarorlarning ijtimoiy qiymatining ortishi va ularni bajarish aqliy mehnatning ortishiga sabab bo’ladi. Bularning hammasi surunkali asab-hayajon kuchlanishiga olib keladi.Yuqorida ko’rsatilganlardan xulosa qilib shuni aytish kerakki, kishining salomatligi va jismoniy rivojlanishini ta’minlashda harakat muhim ahamiyatga ega.Insonning harakat aktivligining har qanday yo’l bilan chegaralanishi salomatlikni yomonlashishiga mehnat unumdorligini pasaytirishiga va nihoyat kishi umrining qisqarishiga sabab bo’ladi.Sport mashqlarini o‘rgatish birinchi navbatda umumiy didaktik tamoyillarga bo‘ysinishi zarur. Bularga eng avvalo turg‘un motivatsiyani saqlab turuvchi, yuqori his-hayajonli, harakat talablarini ushlab turish yo‘li bilan amalga oshuvchi – faollik tamoyili kiradi. Bularga doimiylik, doimiy ravishda mashq qilish tamoyili, ketma-ketlik, ya’ni jismoniy yuklamalar o‘lchamining murakkabligiga qarab asta-sekin oshirish hamda sportchini dastlabki jismoniy tayyorlanganligi, tipologik xususiyatlari – temperamenti tamoyillari kiradi.Sport mashqlarini o‘rgatish jarayonlari maxsus fiziologik tamoyillarni qamrab oladi va ularga quyidagilar kiradi:

- maksimal qo‘zg‘atuvchi tamoyili. Buning mohiyati shundan iboratki, aynan shu sportchi uchun vaqti-vaqti bilan zo‘riqish chaqiruvchi maksimal yuklamalardan foydalaniladi, qaysiki organizmda superkompensatsiyaga olib boruvchi o‘ta jiddiy biokimyoviy, morfologik va fiziologik qayta qurilishlarni chaqiradi;

- umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik tamoyili sportchining ko‘p yillik tayyorgarlik davri davomida u bilan birga kechadi, ammo maxsus jismoniy tayyorgarlikning solishtirma og‘irligi bu paytda ortadi, umumiy jismoniy tarbiya esa kamayadi;

- variantivlik tamoyilida katta yuklamalar ta’siridan keyin jiddiy asoratlar qoladi, shuning uchun yuklamalar to‘lqinsimon almashinishi kerak;

- tez axborot tamoyili, sportchi imkon qadar turli harakatlar natijalari va xususiy holati haqidagi ma’lumotlarni (bu biologik teskari bog‘lanish - BTB) olishi kerak, bu esa musobaqalashadigan mashqlarni maxsus funksional tizimini tez va samarali shakllantirish va o‘rgatish jarayonlarini boshqarish imkonini beradi;

- tiklanish jarayoni fazalarini hisobga olish tamoyili shu bilan xarakterlanadiki, tezlik va kuch singari jismoniy sifatlari superkompensatsiya fazasida mashqlarni boshlanishi kutiladi, navbatdagi chidamlilik esa tiklanishgacha bo‘lgan fazada qator navbatdagi ko‘rsatiladigan ta’sirlar yig‘indisi uchun xarakterlidir.

Jismoniy tarbiyalashda jarayonning ikki tomoni farqlanadi: harakatlarga o‘rgatish, ya’ni texnik tayyorgarlik: harakat sifatlarini rivojlanishi odamning harakat imkoniyatlarini ayrim sifatlari tomonlarini takomillashtirish, ya’ni jismoniy tayyorgarlik.

Fiziologiyada quyidagi jismoniy sifatlar farqlanadi (JS): kuch, tezlik, chaqqonlik va egiluvchanlik. Ularni birma-bir baholash uchun SI tizimida metrli o‘lchagichlar mavjud. Kuch kilogramm, nyuton (N) va dinalarda (D), tezlik-metrlarda bir soniyada, chidamlilik-soniya, daqiqa, soatlarda (ma’lum masofalarda) baholanadi, ammo chaqqonlik va egiluvchanlikni jismoniy sifatlari aniq metrli o‘lchagichlarga ega emas.

Individual hayot jarayonida jismoniy sifatlarning rivojlanishini umumiy, mexanizmi bo‘lib, vaqtinchalik bog‘lanishlar hisoblanadi (shartli refleks). Shu jumladan, kuchning (K), tezlikning (T) va chidamlilik (Ch) larning ortishi bir martalik mashqlarni o‘rganishdan, keyinroq qaysiki hali morfofunksional qayta qurish jarayonlari yuz bermasidanoq amalga oshiriladi. Kuchning va tezlikning ortishi simmetrik, ammo hali mashq qilmagan qo‘l-oyoqlarda kuzatiladi; kuch, tezlik va chidamlilik ko‘rsatkichlari markaziy asab tizimi holatiga hamda sirkadian ritmlar (kecha va kunduz ritmlari) bilan bevosita bog‘liqdir. Jismoniy sifatlarning rivojlanishi mashqlarini o‘rganish paytida turli tizimlarning zahiradagi imkoniyatlarini safarbar etilishi bilan xarakterlanuvchi organizmdagi biokimyoviy, tuzilish va funksional o‘zgarishlar yig‘indisi bilan ta’min etiladi.

Misol sifatida mushaklar kuchini rivojlanishi, qaysiki uning davomida mushaklarning gipertrofiyasi yuz beradi. Unda AUF va KrF glikogenni jamlanishini keltirish mumkin. Chidamlilikni rivojlanishida kislorodning maskimal o‘zlashtirish hajmini ortishi nafas olish va yurak-qon tomirlar tizimi zahiralarini safarbar etilishi yuz beradi. Tezlik rivojlanayotgan paytda markaziy asab tizimida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: harakat markazlarini funksional harakatchanligi va qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, moslashishning turli bosqichlarida organizmning turli tizimlari ishida yangi funksional integratsiya darajasini xarakterlovchi barcha yangi zahiralar o‘zlashtiriladi.

Jismoniy sifatlar rivojlanishining navbatdagi ixtisoslashtirish mexanizmi – bu turli tizimlar faoliyatining foydali ish koeffisentini oshirish bilan xarakterlanadi. Masalan, mushaklar kuchining rivojlanishi paytida harakat a’zosining faoliyati sinxronlashadi, chidamlilikni rivojlanishi paytida esa kisloroddan foydalanish foizi ortadi hamda tezlik rivojlanayotgan paytda harakat reaksiyalarining harakatchanligi va yashirin davrining muddati keskin oshadi.

Har qanday harakat faoliyatining dastlabki bosqichi barcha jismoniy sifatlarning o‘sishini ta’min etadi. Tezda bu jarayon biroz to‘xtaydi, so‘ngra esa mushaklarning spesifik faoliyatlarga moslashishning oxirgi bosqichlarida butunlay to‘xtaydi.



Bu davrda bitta jismoniy sifatning rivojlanishining boshqa jismoniy sifatga o‘zaro salbiy ta’siri yuzaga kelishi mumkin (umumiy va tezlikga chidamlilik, chidamlilik va tezlik, kuch va chaqqonlik va boshqalar). Bitta jismoniy sifatning rivojlanishining eng yuqori ko‘rsatkichlari darajasiga boshqa sifatlarni rivojlanishi uchun ma’lum darajadagi rivojlanish talab qilishi ehtimoldan holi emas. Masalan, chidamlilikni ko‘rinishi vegetativ chidamlilik deb ataluvchi mexanizmning shakllanishi bilan bog‘langan, uning asosiy ko‘rsatkichi kislorodning daqiqalik hajmi hisoblanadi. Kuchning ko‘chirilishi turli harakatlarda namoyon bo‘lib, mushaklarning oddiy yoki murakkab harakatlarga ishtirok etish xususiyatlari bilan bog‘liq. Masalan, sprinter, boksyor, qilichbozlar tezlikni namoyon qilishlari turlicha va ularda jismoniy sifatlarning namoyon etilishi bir-biridan farq qiladi. Statik va dinamik kuchlar har xil harakatlarda o‘zaro bog‘liqlikka ega emas va aynan shu sababli jismoniy sifatlar xususiyatlari turli sport turida turlicha bo‘ladi.
Uzoq muddatli aerobli ishning tayyorgarlik ko’rish davri tamom bo’lganidan keiyn turg’un holat yuzaga keladi, bu muddat davomida ish qobiliyati va kislorod tashilishini ta’min etuvchi fiziologik funksiyalarning ko’rsatkichlari jiddiy o’zgarishga uchramaydi. Ish paytida fiziologik funksiyalarning haqiqiy va yolg’ondakali turg’un holatlari farqlanadi. Haqiqiy turg’un holat, harakat analizatorining ta`minlanishida ishtirok etuvchi vegetativ tizimlarning yuqori darajada kelishishi bilan xarakterlanadi. Yurak qon-tomirlari va nafas olish tizimlarining funksiyalari o’zlarining oxirgi o’lchamlariga yetishmaydi. Murakkab fosforli birikmalarning resintezi aerobli oksidlanish reaksiyalari hisobiga yuz beradi. Odatda kislorod iste’mol qilinishi insonlar uchun maksimal imkoniyatdagi o’lchamdan past. Mushaklarda sut kislotasi deyarlik jamlanmaydi. Bular esa a’zoizmning suyuqliklar muhitidagi kislota-ishqor muvozanatini saqlanishini ta’min etadi. Yolg’ondakam turg’un holatda kislorodga bo’lgan talab yuqori va kislorod iste’mol qilinishi uning uchun imkoniyatdagi maksimal miqdorga yaqin yoki hatto u bilan tengdir. Shunga qaramasdan mushaklarning kislorodga bo’lgan talabi to’lig’icha qondirilmaydi. Natijada a’zoizmda kislorod taqchilligi hosil bo’ladi va orta boradi. Organizmga tushayotgan kislorod taqchilligini o’rnini to’ldirish maqsadida o’pka ventilyasiyasi, kislorodning daqiqalik hajmi va yurakning qisqarish chastotasi ortadi va maksimal imkoniyatdagi o’lchamga yetadi. Kislorod taqchilligi, mushaklarni energiya bilan ta’minlanishida anaerob jarayonlarning ulushini tezlashishiga olib keladi. Buning natijasida mushaklarda va qonda sut kislotasining konsentrasiyasi oshadi. Qonning rN-ni kislotali tomonga og’ishga yuz beradi. Shunday qilib, yolg’on turg’un holatda butun ish davomida fiziologik funksiyalarning nisbiy barqarorligi organizmni ishni bajarilishini zarur quvvatiga bo’lgan talabga mos emasligi hamda ularni keyingi kuchlantirish imkoniyati yo’qligi tufayli ta’min etiladi.Sport bilan shug’ullanib yurgan kishilarda yurakning qisqarish soni kamayadi, qonning sistolik va daqiqalik hajmi ko’payadi. Buni sababi shuki, yurak mushagi rivojlangan bo’ladi, binobarin, yurakning qisqarish kuchi oshadi; Sportchilarning ish qobiliyatini pasaytiradigan yuqori haroratli sharoitlarga tashqi muhitning harorati kiradi. Bu omil organizmning hayotiy jarayonlari tartibini o’zgartirish bilan birga uning holati va qobiliyatiga ham sezilarli salbiy ta`sir ko’rsatadi; Tashqi muhitning yuqori harorati va quyosh nuri ta`siri ostida kislorod o’zlashtirishi ya`ni o’pka ventilyatsiyasi kamayadi, biroq tashqi harorat 350S ga etgacha esa, o’pka ventiltsiyasining ortishi kuzatiladi. SHuni ham ta`kidlash kerakki, inson haroratining ko’tarilishi uchun, uning yuqori harorat va quyosh nuri ta`sirida 15 daqiqagina bo’lishi kifoya. XULOSALAR

1. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish organizmdagi barcha vegetativ organlar faoliyatini o’zgarishiga olib keladi.

2. Muntazam ravishda jismoniy mashg’ulotlar shug’ullanish yurak-qon tomir sistemasi hamda nafas sistemasi ish faoliyatini unumli qiladi va yurak hamda nafas mushaklarning gipetrofiyalanishini amalga oshiradi.

3. Jismoniy mashg’ulotlar va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish vegetativ organlarning o’sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.

4. Yurak qon tomir sistemasi faoliyatining yaxshilanishi organizmidagi boshqa funsional sistemalar faoliyatini ham yaxshilaydi va organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni ham faollashtiradi.

5. Organizmni jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanishi natijasida tana muskullarining kuchi ko’payib foydali ishi ortadi. Bir tomondan muskullar ishini ortishi, ikkinchi tomondan yurak qon tomirlar sistemasida yuzaga keladigan fiziologik o’zgarishlar organizmni ish faoliyati o’zgarishini yuzaga keltiradi.

6. Vegetativ organlarning biron-bir bo’limida yuzaga keladigan patologik o’zgarishlar organizmni hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

7. Yurak qon tomir tizimini chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg’ulotlari bo’lgan yurish va yugurish, nafas olish gimnastika mashg’ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega.

8. Tanani sovuq va issiq harorat ta’sirida chiniqtirish yurak qon tomir sistemasi faoliyatining yaxshilanishiga olib keladi.

9. Yurak qon tomir tizimini jismoniy mashqlarda chiniqtirishni asta-sekinlik bilan olib borish kerak. Bunda organizmning individual xususiyatlarini yoshini tashqi iqlim sharoitini ham hisobga olish zarur.

10. Nafas, yurak qon tomir, ovqat hazm qilish organlari faoliyatida yuzaga keladigan ijobiy o’zgarishlar muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga bog’liq.


Download 53,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish