1957-1966 yillar qoraqalpoq xalqiga oid xalq amaliy san’ati durdonalarini to’plashning eng faol davri bo’ldi. Zargarlik buyumlari, gilamlar, milliy kiyimlar, qora uy bezaklari yig’iladi. Va hihoyat, 1966 yili Nukus shahrida Badiiy san’at muzeyi ochiladi. Muzeyda noyob hisoblanadigan A.Shupov, L.Kramarenko, N.Ulyanov, R.Falk, M.Voloshin, R.Mazel, A.Volkov, M.Kurzin, N.Karaxan, U.Tansiqboev, V.Ufimtsev va boshqalarning asarlari saqlanmoqda. Rus avangard kollektsiyasi bo’yicha dunyoda Sankt-Peterburgtagi Rus muzeyidan keyingi ikinchi o’rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |