Muzeyning asoschisi I.V.Savitskiy hisoblanadi’3. U 1915 yili 4 avgustda Kiev shahrida tug’ilib, 1941-1946 yillarda Moskvada Syurikov nomidagi rassomchilik institutida tahsil oladi. 1942 yili o’zi o’qiyotgan institutning Samarqandga evakuaciya etilishi sharq xalqlari madaniy merosi, san’ati, urf-odatlari bilan tanishishiga sabab bo’ldi. S.P.Tolstov boschiligidagi Xorazm arxeologik, etnografik ekspediciyasiga I.V.Savitskiy chaqirilib, 1950-1957 yillarda ushbu ekspediciyada rassomlik qiladi. U rassomlikdan tashqari xalq amaliy san’ati manbalarini to’plash maqsadida Qoraqalpog’iston ovullariga tashkillashtirilgan safarlarda qatnashgan. Natiyjada mahalliy xalqning o’tmishiga xos muzey tashkil qilishni maqsad qiladi va Moskvadan Nukusga ko’chib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |