Farg’ona davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 18.54A– guruh talabasi
Yo’lbarsov Azizbek
13.09.2021 – 13.11.2021 o’quv
yilida o’tkazilayotgan malakaviy amaliyot
|
HISOBOTI
Men Yo’barsov Azizbek 06.09.2021 dan 11.11.2021 gacha malakaviy amaliyotda bo’ldim. Men bu amaliyotimni Yozyovon tumanida joylashgan 18-sonli o’rta ta’lim maktabida o’tkazmoqdaman.
Biz amaliyot rahbarimiz bilan 06-sentiyabr kuni maktabga yetib keldik. Maktabda o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari N.Shodimonova qabul qilib oldilar. Ustozimiz kerakli maslahatlar berdilar. Shaxsan menga ushbu maktabning tajribali biyologiya o’qituvchisi D.Mamajonovaga biriktirildim. Maktabning tashqi ko’rinishini tomosha qilar ekanmiz, ko'rinishi juda ham chiroyli va katta, ko’rkam edi. Birinchi kuni men uchun maktab va maktab jamoasi bilan tanishuv kuni bo'ldi. Men birinchi navbatda maktab direktori bilan ko'rishdik. Maktab direktori meni maktabdagi ichki qonun-qoidalari bilan tanishtirdi. Maktab direktori va jaomasi juda ham tartibli va o’z ishlariga mas'uliyat bilan yondashishlari, maktab formasi, o'qituvchilar oldiga qo'yiladigan talablar, davomat qattiq nazorat qilinishi, bundan tashqari mening maktabdagi holatim va shunga o'xshash qoidalar haqida menga aytib , meni xuddi shu talablarga rioya qilishim haqida aytib o'tdilar. Men maktab va maktab jamoasi bilan tanishib chiqdim. Shuni ham ayta olamanki, menga maktabdan biriktirilgan amaliyot rahbarim va jamoasi yaqindan ko'maklashdi. Ularning dars o'tish metodlari, dars o’tish malakasi, bolani o'ziga qaratishi, dars paytida o'quvchining xayoli faqat va faqat darsda bo'lishiga harakat qilishi menga juda ham yoqdi. Haqiqattan ham o'z ishining yetuk mutaxxasisi ekan. Amaliyot davrimdagi biyologiya va boshqa fan ustozlarining darslarida ham ishtirok etdim. Maktab o'qituvchilarining dars o'tish metodlari umuman bir-biriga o'xshamas, har bir ishtirok etgan darslarimdan bir qancha metodlarni o'rganib chiqdim. Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’proq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rganib oldim.
Men amaliyotim davrida boshqa matematika o’qituvchilari bilan ham muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim, o’rgandim va o’zimga kerakli xulosalarni oldim. O’zimga biriktilgan sinfdan tashqari boshqa sinflarda bo’layotgan ochiq darslarga ham qatnashdim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Biologiya o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni bilib oldim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Ularni amaliyotda sinab ko’rdim.
Ushbu amaliyot davrida o’qituvchilarning menga bergan saboq va bilim ko’nikmalari, bu yerdan o’rgangan bilim va tajribalarim menga kelajakdagi ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi, deb o’ylayman.
Maktab direktori: I.Ergashev
Amaliyot raxbari: M.Mahmudov
Amaliyotchi talaba: A. Yo’lbarsov
Do'stlaringiz bilan baham: |