Chunki konsentratsiya ortgan sari eritmaning hajm birligida erituvchining miqdori kamaya boradi. - Chunki konsentratsiya ortgan sari eritmaning hajm birligida erituvchining miqdori kamaya boradi.
- Fransuz olimi Fransual Mari Raul (1830-1901 yillar) kam uchuvchan moddalarning suyultirilgan eritmalari uchun quyidagi qonunni kashf etdi: erituvchining suyultirilgan eritma ustidagi to‘yingan bug‘ bosimining nisbiy pasayishi erigan moddaning molar qismiga teng:
- Bunda, – toza erituvchining to‘yingan bug‘ bosimi; – eritma ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi; – erigan moddaning molar qismi.
Bunda, – erigan moddaning mol sonlari; – erituvchi moddaning mol sonlari, Raul qonuni tenglamasini o‘zgartirib yozadigan bo‘lsak, - Bunda, – erigan moddaning mol sonlari; – erituvchi moddaning mol sonlari, Raul qonuni tenglamasini o‘zgartirib yozadigan bo‘lsak,
- Bunda, N1 – eritmadagi erituvchining molar qismi. Deamk, berilgan eritma uchun bug‘ bosimining kamayishi erigan modda bilan erituvchining tabiatigava haroratga bog‘liq bo‘lmay, faqat eritmaning konsentratsiyasiga bog‘liq.
- Bu qonun Raulning tonometrik qonuni deb ataladi. Raul qonuni juda suyultirilgan (va ideal) eritmalar uchungini to‘la muvofiq keladi. Eritmaning konsentratsiyasi ortgan sari bu qonundan chetlanish kuzatiladi.
- Ma’lumki, suyuqlikning to‘yingan bug‘ bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘lgandagi harorat shu suyuqlikning qaynash harorati deyiladi.
- Moddaning qattiq holatdagi bug‘ bosimiga teng bo‘ladigan harorat, ya’ni moddaning kristallana boshlash harorati muzlash harorati deyiladi. Qattiq modda biror erituvchida eritilganda erituvchining bug‘ bosimi pasayishini yuqorida ko‘rib o‘tdik.
Bug‘ bosimi pasayganda eritma toza erituvchiga qaraganda yuqoriroq haroratda qaynaydi, chunki bunda bug‘ bosimini tashqi atmosfera bosimiga yetkazish uchun yuqoriroq haroratgacha qizdirish kerak bo‘ladi. Elektrolitik dissotsitsiyalanish sodir bo‘lmaydigan suyultirilgan eritmalarda qaynash haroratining ko‘tarilishi erigan moddaning molar konsentratsiyasiga (C) mutanosib bo‘ladi: - Bug‘ bosimi pasayganda eritma toza erituvchiga qaraganda yuqoriroq haroratda qaynaydi, chunki bunda bug‘ bosimini tashqi atmosfera bosimiga yetkazish uchun yuqoriroq haroratgacha qizdirish kerak bo‘ladi. Elektrolitik dissotsitsiyalanish sodir bo‘lmaydigan suyultirilgan eritmalarda qaynash haroratining ko‘tarilishi erigan moddaning molar konsentratsiyasiga (C) mutanosib bo‘ladi:
- Bunda, har qaysi erituvchi uchun o‘zgarmas bo‘lgan mutanosiblik koeffitsienti u erituvchining ebulioskopik konstantasi deyiladi. C ning qiymati, odatda, 100 g erituvchiga erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadi. Yuqoridagi tenglamaga C ning qiymatini qo‘ysak,
- →
- Bu formula yordamida konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan eritmaning qaynash haroratini o‘lchash yo‘li bilan erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash mumkin.
- Ba’zi erituvchilarning ebulioskopik konstantasi qiymatlari quyidagi jadvalda berilgan. (1-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |