Tadqiqot obyekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishda Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon, Qambar O’tayev, Rauf Tolipov, Abusaid Ko’chimov, Hamza Imonberdiyev, Dilshod Rajabov, Kavsar Turdiyeva, Abdurahmon Akbar kabi istedodli shoirlarning o’tgan asrning 80-90-yillarda yaratgan hajviy va yumoristik asarlari tadqiqot uchun asosiy manba qilib olindi. Shuningdek, ishda bir qator yosh ijodkorlarning hajviy asarlari ham o’rni-o’rni bilan tahlilga tortildi.
Tadqiqotning metodologik asosi va metodlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning milliy mafkura va ma’naviy qadriyatlar haqidagi qarashlari, adabiyotshunos olimlarning nazariy mulohazalari, XX asr o’zbek bolalar adabiyoti va uning muammolari hamda hajviylik masalalariga bag’ishlangan tadqiqotlar, milliy istiqlol mafkurasiga uyg’un ilmiy-nazariy qarashlar mazkur bitiruv malakaviy ishning metologik asosini tashkil etadi. Ishda M.Qo’shjonov, O.Sharafiddinov, A.Rasulov, P.Shermuhammedov, D.Quronov, S.Mamajonov, H.Egamov, O.Safarov, S.Matchonov, I.G’afurov, S.Irisxo’jayeva, Q.Qahramonov, R.Barakayev kabi olimlarning tadqiqotlaridagi ilmiy-nazariy qarashlarga suyanildi.
Bitiruv malakaviy ishda badiiy asarni tadqiq etishda analitik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi.
Mаzkur tаdqiqоt ishidаn quyidаgi vаzifаlаrni о‘z оldimizgа mаqsаd qilib qо‘ydik:
1.О‘zbek bоlаlаr аdаbiyоtidаgi jаnrlаrning о‘zigа xоs xususiyаtlаrini yоritish .
2.Nаsriy vа nаzmiy аsаrlаrning о‘rnini vа bоlаlаrni tаrbiyаlаshdаgi аhаmiyаtini оchib berish vа аmаliyоtdа qо‘llаshni tаvsiyа berish.
3.О‘quvchilаr оg‘zаki nutqini о‘stirishdа xаlq оg‘zаki ijоdidаgi jаnrlаrning о‘rnini yоritish.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.O’zbek bolalar she’riyatining o’ziga xos xususiyatlari va ijodkorlarning hajviy obraz yaratish mahorati tadqiq etildi. Shu bois, mazkur tadqiqotning nazariy umumlashmalari o’zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot bosqichlarini belgilashga asos bo’ladigan badiiy-estetik qonuniyatlarni ochishga hamda bolalar she’riyatining poetik tabiatini keng ko’lamda tadqiq etishga xizmat qilishi ishning ilmiy-nazariy ahamiyatini belgilaydi.
Tadqiqotning ilmiy xulosalari va materiallaridan o’zbek bolalar adabiyotini badiiy mahorat nuqtayi nazaridan o’rganishda, oliy o’quv yurtlari, kollej va akademik litseylarda bolalar adabiyoti bo’yicha dars mashg’ulotlari, maxsus kurs va seminarlar olib borishda, bolalar adabiyotiga doir darslik, o’quv qo’llanmalari va majmualar tuzishda keng foydalanish mumkinligi uning uning amaliy ahamiyatini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |