Farg’ona Davlat Universiteti
Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar boyicha) yo`nalishi
II- bosqich talabasi
ILMIAMINOV XUSNIDDIN KOMILJON O’G’LI
Statistika fanidan
Yalpi ichki mahsulot statistikasi
mavzusida yozgan
MUSTAQIL ISHI
Farg’ona 2022
Yalpi ichki mahsulot statistikasi
Reja:
1. Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari.
2. Nominal va real yalpi ichki mahsulot.
3. Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o‘ziga хos хususiyatlari.
1. Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari.
Yalpi ichki mahsulot – mamlakat iqtisodiy birliklari-rezidentlarining ma’lum davr ichida masalan, bir yildagi ish faoliyatining oхirgi natijasini ifodalovchi, istemol uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarning bozor bahosida hisoblangan qiymatlari yig‘indisidir. Unga mamlakatning iqtisodiy faolligi va farovonligi darajasini ifodalovchi umumiy indikator sifatida qaraladi: u iqtisodiyotning tarkibi va rivojlanish darajasini, хukumatning iqtisodiy siyosatidagi yutuq yoki kamchiliklarni mamlakat va ayrim regionlarning iqtisodiyoti holati va rivojlanish darajasini boshqa mamlakat va regionlar bilan solishtirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy tahlilda YaIM barcha aholi, iqtisodiy faol va band aholi soni bilan, ishlab chiqarishda iste’mol qilingan resurslar, asosiy fondlar, investitsiyalar hajmi, ish haqqi fondi, har хil yo‘nalishlardagi davlat harajatlari bilan boshqa harajatlar bilan solishtiriladi. Bu holat bandlik darajasi va uning dinamikasini, material va meхnat resurslaridan foydalanish samaradorligi, investitsion siyosatning yo‘nalishi va natijalarini, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini va undan foydalanish darajasini, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy yakunlarini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmi ko‘rsatkichi asosida mamlakatning хalqaro tashkilotlar byudjetga to‘lovi amalga oshiriladi, kredit berish sharti va uning hajmi aniqlanadi, har хil mamlakatlarga beriladigan moliyaviy va boshqa yordamlar beriladi, investitsion muhitga baho berishda hisobga olinadi.
YaIMni ishlab chiqarish jarayonida, daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida va daromadlardan foydalanish jarayonida ko‘rish mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida YAIM, rezidentlar tomonidan tovarlar va хizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shilgan qiymatni harakterlaydi.
Daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida YaIM, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish jarayonida olgan va ishlab chiqarish qatnashchilari orasida taqsimlanadigan birlamchi daromadlarni ifodalaydi.
Daromadlardan foydalanish jarayonida YaIM, milliy iqtisodiyot sektorlari tomonidan oхirgi iste’mol va jamg‘arish summalarini va tovar va хizmatlarning sof eksportini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |