4.TAILAND - 35,4 MLN. XALQARO TURISTIK KELGANLAR Tailand — Janub-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning markaziy qismi va Malakka yarim orolning shimoliy qismida joylashgan davlat. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyatga boʻlinadi.Maydoni 514 000 km2 bo’lgan ushbu mamlakat axolisi 60 mln kishidan ortiq. Tailand dunyodagi eng go'zal tabiatga ega mamlakatlarning biridir. U quyoshli ob-havo oziq-ovqat va mehmonxonalarning nisbatan arzon va sifatliligi bilan sayyoxlarni o’ziga jalb etadi. Shuningdek mamlakatda tibbiy turizm ham rivojlangan, koplab davlatlardan bemorlar bu yerga arzon va sifatli davolanish va dam olish uchun tashrif buyurishadi. Mamlakat poytaxti Bangkok shahri bo’lib u o'zining go'zal ibodatxonalari va saroylari bilan mashhur. Shuningdek Tailandda dunyodagi eng baland haykallarning 9 tasi joylashgan . Mamlakat yildan yilga turizmni rivojlantirishga xarakat qilmoqda Mutaxasislarning fikriga ko’ra 2032 yilga kelib 1 yilda tailandga tashrif buyurgan sayyoxlarning soni 100 mln ga yetadi.