Tuzuvchi:
|
M.Ruzibayev
|
FDU Harbiy ta’lim fakulteti umumqo‘shin tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi, rezervdagi podpolkovnik.
|
Taqrizchi:
|
X.Aslanov
|
FDU Harbiy ta’lim fakulteti umumqo‘shin tayyorgarlik sikli kata o‘qituvchisi, rezervdagi podpolkovnik.
|
|
|
|
Ishchi dastur, Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti fan uslubiy kengashi majlisida muhokama etildi (2021 yil «___»______dagi ___sonli bayonnoma)
Harbiy ta’lim fakulteti boshliq o’rinbosari,
Umumqo’shin tayyorgarlik sikli boshlig’i
polkovnik K.Nakibov
2021 yil «___»______
Fanni o‘rganish maqsadi va vazifalari
1. O‘quv maqsadlari
O‘qotar qurollardan, jangovar mashinalarning kompleks qurol-aslahasidan savodli va to‘liq foydalana oladigan, jangda motoo‘qchi guruh otishiga ishonchli rahbarlik qila oladigan, qurollarning tuzilishi va foydalanish qoidalarini puxta biladigan, ularni o‘q otishga tayyorlay oladigan va o‘qotar qurol hamda jangovar mashinalar qurol-aslahasidan o‘q otib nishonga ura oladigan, o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazish imkonini beradigan metodik ko‘nikmalarga ega bo‘lgan motoo‘qchi qo‘shinlar zahiradagi ofitserini tayyorlash.
O‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talabalar bilishi kerak:
o‘rganilayotgan qurol namunalarining jangovar imkoniyatlari va tuzilishini;
jangovar mashinalar qurol-aslahasi, o‘qotar qurollar va granatometlarni jangovar foydalanish (otish) ga tayyor holga keltirish mazmuni va tartibini;
motoo‘qchi bo‘linmalar qurol-aslahasidan foydalanish, saqlash va asrash
qoidalarini;
jangovar mashinalar qurol-aslahasi, o‘qotar qurollar va granatometlardan otish asoslari, usullari va qoidalarini;
motoo‘qchi bo‘linmalar otish tayyorgarligini tashkil qilish va metodikasini, o‘q otish kursining asosiy qoidalari, qurorl-aslaha bilan harakat qilganda xavfsizlik
choralarini bilishi;
bo‘linma qurol-aslahasini jangovar foydalanishga tayyorlash, unga texnik xizmatni tashkil qilish va o‘tkazish;
motoo‘qchi guruh o‘q otishiga savodli rahbarlik qilish, o‘qotar qurollar va jangovar mashinalar qurol-aslaha komplekslarining jangovar imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish;
jang maydonida nishonlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni o‘qqa tutish, otish qoidalarini ishonch bilan qo‘llash va otish mashqlarini bajarish;
shaxsiy tarkib bilan o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazish, normativlarni bajarish va xavfsizlik choralariga rioya etish ko‘nikma va malakalarini egallashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |