Farg’ona davlat universiteti, fizika-matematka fakulteti, fizika kafedrasining 2021-yil, 24-maydagi navbatdan tashqari yig’ilishining
bayonnomasidan ko’chirma.
QATNASHDILAR: Kafedra professor-o’qituvchilari.
KUN TARTIBI:
Fizika yo’nalishi 19.13-guruh talabasi Akbarova Mohiraning Radioelektronika asoslari fanidan “Elektor o’lchov asboblari va elektor o’lchashlar” mavzusidagi kurs ishini qabul qilish bo’yicha fizika kafedrasining ishchi guruhiga himoya uchun tavsiya etish masalasi.
SO’ZGA CHIQDILAR: Fizika kafedrasining mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor K.Onarqulov kafedrada 2021-yil 1-fevraldan 10-iyungacha muddatda 2-kurs fizika yo’nalishi bakalavr talabalari “Radioelektronika asoslari” fanidan kurs ishlarini qabul qilish bo’yicha ishchi guruhga himoya tayyorgarligi masalasi tahlil etilganligi to’g’risida gapirdi.
Kurs ishlarining tayyorgarlik holati, ichki taqrizlar to’liq rasmiylashtirilgan, kurs ishlarini qabul qilish bo’yicha ishchi guruhga himoya uchun tavsiya etiladi.
Talabaning kurs ishining bajarilishi xususida ilmiy rahbar, o’qituvchi J. Roziqov so’zga chiqib quyidagilarga to’xtalib o’tdi.
Akbarova Mohiranning “Elektor o’lchov asboblari va elektor o’lchashlar” mavzuli kurs ishi mustaqil tarzda bajarilgan bo’lib, hozirgi davrda “Radioelektronika asoslari” fani va texnikada muhim o’rin egallab bormoqda. Radioelektronika asoslari fani uning qurilmalari asboblari, texnikada hamda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda qo’llanilmoqda. Hozirda jadal rivojlanayotgan Robototexnika sohasining asosi sifatida Radioelektronika sohasi ham rivojlanyapti. Shu sababli Radioelektronika asoslari faniga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
Talabaning kurs ishining bajarilishi xususida ilmiy rahbar, o’qituvchi J. Roziqov so’zga chiqib quyidagilarga to’xtalib o’tdi. Radioelektronika asoslari fanidan Fizika yo’nalishi bo’yicha: 19.10-guruh, 19.11-guruh, 19.12-guruh, 19.13-guruh jami 93 ta talaba bo’lib, 19.14-rus guruhida 7 ta talaba bo’lib hammasi “Radioelektronika asoslari” fanidan kurs ishi topshiriqlarni talablarga muofiq to’liq bajarganligini ta’kidlayman.
Muhokamada dotsent D.Yusupova va katta o’qituvchi S.Zaylonobidinovalar so’zga chiqib, o’zlarining yuqorida qayd etilgan kurs ishiga nisbatan fikrlarini bildirib, kurs ishi rahbarining chiqishidagi taklifini ma’qulladilar. So’zga va muhokamaga chiqqan kafedra a’zolarining fikrlarini e’tiborga olib,
QAROR QILINDI:
Fizika kafedrasining mudiri professor K.Onarqulovning takliflari ma’qullansin.
Ilmiy rahbar J.Roziqovning va muhokamaga chiqqan kafedra a’zolarining fikrlari bo’yicha bakalvr talabasi: Akbarova Mohiraning " Elektor o’lchov asboblari va elektor o’lchashlar " mavzusidagi kurs ishi himoyaga tavsiya etilsin.
Akbarova Mohiraning kurs ishini himoya uchun taqdimoti eshitildi va muhokama etildi, natijada dotsent D.Yusupova raisligida, kafedra a’zolaridan katta o’qituvchi S.Zaylonobidinova, o’qituvchi A.Qo’chqorov, T.Azimov, J.Roziqov, V.Ro’ziboyev va A.Yuldashevlar tomonidan Akbarova Mohiraning bilimi _ ( ) bahoga e’tirof e’tildi.
Kafedra mudiri K.Onarqulov
Kotib A.Zokirov
Do'stlaringiz bilan baham: |