6. Maxsuliy tizimlar
Maxsulotlar freymlar qatorida sun’iy intellekt (SI) da bilimlarni namoyon etishda yanada mashhur vosita bo’lib hisoblanadi. Maxsulotlar, bir tomondan mantiqiy modellarga yaqin hisoblanadi. Bu ularda xulosaning samarali protseduralarini tashkil etishga imkoniyat yaratadi, boshqa tomondan esa klassik mantiqiy modellarga nisbattan bilimlarni ko’rgazmaliroq aks ettiradi. Ularda mantiqiy hisoblashlarga xos bo’lgan qat’iy cheklanishlar mavjud bo’lmaydi, bu esa maxsulotlar elementlarining interpretatsiyasini o’zgartirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |