Atom massa - Xalqaro belgisi – U. Ele-mentar zarralar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar massasi birligi sifatida qo‘llaniladi. Atom massasi kimyoviy elementlarning eng muhim ko‘rsatkichidir. Kimyoviy elementlar atomlarining tuzilishi va xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari Atom massasi bilan o‘zaro bog‘liq.
- Bir kimyoviy element izotoplarining Atom massasi qiymati turlicha bo‘ladi.
Atom massa - Izotoplar aralashma-sidan tashkil topgan elementlarning Atom massasi sifatida aralashma tarkibidagi izotoplarning protsent miqdorlarini hisobga olgan holda shu izotoplar Atom massasining o‘rtacha qiymati qabul qilinadi. Ushbu qiymatlar elementlar davriy sistemasida (massa soni keltirilgan transuran elementlar bundan mustasno) keltirilgan. Atom massasi turli fizik va kimyo-viy usullar bilan aniqlanadi; ulardan eng aniqrog‘i – mass-spektroskopiyadir. Bu usulda element ionlari nisbiy zaryadlarning qiymatlari, boshqacha aytganda, zaryad kattaligining ion massasiga nis-batan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |