Bu asarning qahramoni orqali biz inson hayoti davomida o’z taqdirining qanday bo’lishi, bizni istaklarimiz ham dunyoning istagi bilan birlashib ajib mo’jizalarga qodir ekanligini anglab yetish mumkin. Shuningdek bu asardagi eng buyuk haqiqat, meni fikrimcha, insonning o’z tug’ilib o’sgan vataniga bo’lgan muhabbati hamda o’z uyidan boshqa joyda uning taqdiri yozilmaganini his etishdan iborat. Chunki asar qahramoni Santyago uzoq safarda bo’lib izlagan narsasini o’z uyidan,vatanidan topdi. Bu esa unga hayotning mazmunini anglashga yordam berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |