Mavzu: Elektrodializ. Elektrodeonizasiya. Teskari osmos va nanofiltirlash usullari. Elektrodializ usuli. Elektrodializ uchun membranalar. Elektrodializ apparatining uskunalari. Suvlarni elektrokimyoviy usulda tozalash.
Kationlar va anionlarni xarakat yo‘nlishi.
Elektro dializ yordamida suvdagi tuz miqdorini. .kamaytirish.
Suvlarni tozalash. Elektrodializ elektrokimyoviy suvlarni chuchuklashtirish. Suvli qorishmalarni elektr o‘tkazuvchanligi ionlarni joyini o‘zgartirishi doimiy elektr tokini o‘tkazgandan keyin kationlar katodga anionlar anodgp yopishadi. Suv xajmida kam minerallashgan suv qoladi.
Elektr energiyasini sarfi suni tussizlantirish uchun Faradey qonuni bilan anio‘lanadi.
Bu erda Jt – teoretik elektr energiya sarfi
Sn - Sk – Suvdagi boshlang‘ich va oxirgi tuz miqdori 2-yakv/l
Elektr kimyoviy suvlarni chuchuklashtirishda asosiy elementi ko‘p kamerali elektrodiadizator xisoblanadi.
Xar qaysi kamera bir tomoni anionit boshqa tomoni kationit membranalari ketma-ketligi sao‘lanib suvlarni doimiy chuchukligini ta’minlaydi.
Suvni tarkibidagi tuz ionlari membranalardan o‘tib qarama – qarshi ishorali elektrodlarga qarab xarakat qiladilar. Toza suv O‘rtadagi kamerada qoladi. Bu usul yuqori samarali xisoblanadi(90 – 96 %), biroq elektroenergiya sarfi miqdori katta va membranalarning ish davri 5 yildan oshmaydi.
Elektrodializ usuli suv tarkibida tuz miqdori 1500 dan 7000 mg/l gacha bo‘lgan er osti va er usti suvlarini tuz miqdorini 500 mg/l gacha etkazish uchun qo‘llaniladi. Tuz miqdorini 500 mg/l kam miqdorgacha kamaytirish uchun ionalmashinuv usuli qo‘llaniladi.
Elektrodializ usulida suvni chuchuklashtirish uchun beriladigan suvni loyqa miqdori 1,5 mg/l, rangi 200, temir moddalar miqdori 0,05 mg/l gacha bo‘lishi zarur.
Xozirgi kunda suvni chuchuklashtirish jarayonida membrana quniga nanoquvurlar (nanotrubki) bilan foydalanish yo‘lga o‘qyilmoqda. Bu quvurlar suv tarkibidagi natriy va xlor ionlarini tortib olish xususiyatiga ega. Bu texnologiya portativ suvni chuchuklashtirish qurilmasini tashkil qilishga imkoniyati xosil bo‘ladi. CHuchuklashtirish jarayonini narxi 75 % ga kamaytiriladi.
Xozirgi zamonda xar xil turdagi chuchuklashtirish usullaridan foydalanish darajasi quyidagicha:
96 % - termik (distillyasiya) usuli (tuz miqdori 10 g/l)
2,9 % - elektrodializ
1 % - giperfiltratsiya
0,1 % - ionalmashinuv va muzlatish
YOr osti suvlarini temir moddalardan, temir bakteriyalaridan tozalash va zararsizlantirish uchun “Defferit” qurilmasi xam xozirgi kundagi ilg‘or usullardan xisoblanadi. Ish unumi 25 dan 20000 m3/sut gacha bo‘lib, bevosita quvurli quduqdan suv olinib tozalanadi. Qurilma avtomatik rejimida ishlaydi. Ichimlik – xo‘jalik suv taominti tizimlarida suvdan temir moddalarini 15 mg/l, marganetsni 0,4 mg/l gacha, temir bakteriyalarni va erigan gazlarni suvdan chiqarish uchun ishlatiladi.
Suvni zararsizlantirish usullaridan elektroximiyaviy usuli ko‘p qo‘llaniladigan usullaridan biri bo‘lib, xar xil turdagi elektrolizyorlar ishlab chiqarilgan. Qurilmani asosida – ikkita elektrod joylashgan elektrolitik vanna yotadi.
Membranali eletrolizyorlar xozirgi kunda suvni zararsizlantirish stansiyalarida qo‘llanilmoqda. Asosiy ishchi organ - membranali elektrolizyorlardan iborat bo‘lgan elektroliz tuguni xisoblanadi. Membranali elektrolizyor so‘rish quvuri anod kamerasiga ulangan elektr bilan jixozlangan.
Moslamani tarkibiga osh tuzi eritmasini to‘xtovsiz beruvchi, eritma tayyorlash va xissalash tuguni kiradi.
Kichik suv taominoti tizimlarida tabletkali dozatorlar qo‘llanishi tavsiya qilinadi. Suvni zararsizlantirish uchun tarkibida 70 % faol xlor bo‘lgan kalsiy gipoxlorit tabletkalari keng foydalaniladi
Suvni tozalash “Vlaga” qurilmasi – suvni tinio‘lashtirish, rangsizlantirish, yumshatish, temirsizlantirish, ftorsizlantirish uchun xizmat qiladi. Ish unumi 1.6 ming m3/sut dan 5.0 ming m3/sutka gacha.