Idrok- mazkur muddatda sezgi organlarida ularning bevosita ta’sir etishi davomidagi bir butun hodisalar yoki narsalarning inson ongida aks etishidir.
Maqsad-bo’lgusi natijalar haqida xar doim aqlan o’lab ko’rilgan, rivojlantirilgan xayoliy tasavvurlar, kelgusidagi rejalar.
SHaxs dinamikasi - kishilarning ontogenetik rivojlanishini o’z ichiga olgan xolda sub’ektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o’zgarish jarayoni.
SHaxsiy fazilat - shaxs tomonidan o’zining axloqiy, ruxiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o’rnini anglay olish xususiyati.
E’tiqod - shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va xodisalarning qalban va asosli ishonch bilan bog’langan, uning atrof-muxitga xamda o’zining xatti-harakatlariga bo’lgan sub’ektiv munosabati.
Evristika ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko’rsatmalari.
Empirik - tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich tadqiqot ob’ekti to’grisida xar tomonlama tasavvur xosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va xodisalar moxiyatiga erishishga bo’lgan talab o’rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash.
Estetik tarbiya – go’zallikni xis qilish, atrof-muxitdan go’zallikni payqay olish va tuShunishga bo’lgan qobiliyatni tarbiyalash.
Extiyoj - individning biror narsa-xodisaga muxtojligi va kishining ruxiy quvvati xamda faolligi manbai xisoblanadigan asosiy xususiyati.
Extimollik - tasodifiylik, pedagogik xayotdagi o’zgarishlarni aniq aytib berish mumkin bo’lmagan, extimol kutilgan jarayon.
O‘yin faoliyatnini bir turi bo’lib, ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va bunyod etishga, o’z xatti-harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi.
O‘z-o‘zini baholash - shaxsning o’z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baxolay olishi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash I) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruxiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
O’qitish - ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan o’qituvchining faoliyati.
O‘qitish - 1) ta’limning o’ziga xos usuli bo’lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) talaba va o’qituvchi, talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi o’laroq atrof-muxit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o’rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni.
O’qituvchining innovatsion faoliyati - ijtimoiy pedagogik fenomen bo’lib, ijobiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.
O’qitish vazifasi - ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari.
O’qitish turlari - sokratcha suxbat metodi, ta’lim berish, izoxlash-namoyish etish asosida o’qitish, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, o’quv jarayonini algoritmlash, differensiatsiyali hamda indnvidual ta’lim va boshqalar.
O’Qish – o’quvchinnng o’z qobiliyati, bilimi, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan harakat.
Talabalarni kasbga yo’naltirish - talaba-yoshlarga kelajakda o’z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish texnik tadbirlarnnng asoslangan tizimi.
O’quv-bilish faoliyati - insoniyat tomonidan to’plangan madaniy boylikni egallash bilan bog’lik faoliyat.
O’quv faoliyati - shaxsning Yangi bilim, malaka va ko’nikmalarni egallash jarayoni.
Qiziqish - shaxs harakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalishining ongli shakli.
Xalollik - shaxsiy va ijtimoiy majburiyatlarni, axloqiy me’yorlarni rostgoylik bilan saqlash.
Xasad – o’zgalarninig muvaffaqiyatlarini ko’ra olmaslikdan kelib chiqadigan tuygu.
Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilgor va Yangi pedagogik tajribalarni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |