1.YUqoridagi kabi darslarda qanaqangi didaktik va tarbiyaviy vazifalar hal etiladi?
1.O‘qituvchining birinchi sinf o‘quvchilarini chiroyli va to‘g‘ri yozishga dastlabki kundanoq, undashi hamda yuqori sinf o‘quvchilarining daftarlarini namuna qilib ko‘rsatishni tarbiyaviy jixatdan ma’qul deb bilaman.
2.Birinchi sinf o‘quvchisidan dastlabki kunidanoq II va IV sinf o‘quvchisidek yozishni talab qilish unchalik to‘g‘ri emas, vaqt o‘tishi bilan o‘rganib boradi.
3.Hali o‘quvchi savodni o‘rganmay turib, chiroyli yozishga urinish pedagogik shoshilish bo‘lsa kerak. Oldin o‘qishni o‘rgatsa, yozishni ham vaqti bilan o‘rganib olaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |