Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


-1991 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika islohotlar



Download 4,45 Mb.
bet90/245
Sana08.02.2022
Hajmi4,45 Mb.
#436313
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   245
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

2. 1945-1991 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika islohotlar.
3. I.Karimov asarlarida jamiyat rivojining ma’naviy-ahloqiy negizlari va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir konseptual fikrlarning ifoda etilishi.


Tayanch iboralar: jamiyat, ma’naviy-oxloqiy, yuksak ma’naviyatli shaxs, milliy dastur, uzluksiz ta’lim.

1917 yil to‘ntarishidan so‘ng Markaziy Osiyodagi 3 ta (Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo‘qon xonligi) davlat o‘rnida Yangi yo‘nalishdagi mafkuraga asoslangan respublikalar, ya’ni Turkiston Muxtor Jumxuriyati (Sobiq Turkiston ASSR), Buxoro Xalq Respublikasi, Xiva xalq Respublikasi tashkil topdi.


Yangi SHo‘ro xukumati avvalgi ta’lim tizimi, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni islox qilish. Xalq maorifi tizimimning Yangi shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi.
Bunday tadbirlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida boshlandi.
Xalq maorifi tizimini tasdiq etish respublika xalq maorifi Komissarligiga va uning maxaliy Sovetlar xuzuridagi bo‘limlariga yuklandi. O‘quvchilarga ilm fanning zarur asoslari bilan bir qatorda, mexnat kunikmalarinixam bera oladigan yagona SHo‘ro "Mehnat maktabi" xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi.
Lekin Yangi maktablarni vujudga keltirish bir qancha muommolarga duch keldi. Ayniqsa, o‘qituvchining etishmasligi, darsliklarning va maktab jixozlarining yo‘qligi ishni Yanada qiyinlashtirdi.
Sobiq Turkiston ASSRda Yangi tipdagi xalq maorifi tizimini tashkil etishda xukumat RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining "CHerkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to‘g‘risida"gi 1918 yil 28 Yanvardagi dekretiga asoslanib, mullalar va turli ziyoli din axllarining maktablarda dars berishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida dekret qabul qildi. Mazkur dekretga muvofiq sobiq Turkiston ASSR Xalq maorifi Komissarligi axolining xamma talabalaridan bo‘lgan bolalarni qaysi millatga va jinsga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar maktablarda tekin o‘qitishni Turkiston respublikasida joriy qilish to‘g‘risida buyruq chiqardi.
"Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti 1918 yil may oyining boshida, maktab tubdan qayta qurildi, deb e’lon qildi. 1917 yil tuntarishigacha mavjud maktab va umuman, bolalar xamda usmirlarni o‘qitish ishining tashkil etishiga xos bo‘lgan sinfiy tabakaviylik xamda kamsituvchilikni tezroq bartaraf etish maqsadida qaror qilindi. Bu xaqda chiqargan xukumat murojaat nomasida: "O‘lka Sovetlari s’ezdining irodasini bajara borib, darhol yagona va xamma uchun ochiq maktab tashkil etishga kirishildi. Barcha kirish imtixonlari bekor qilindi. Xamma bosqich va idora maktablari endilikda yoshi, millati va dinidan qat’iy nazar o‘qishni istagan xamma kishilar uchun ochib qo‘yildi", - deyilgan edi.
Ushbu murojaatni o‘lka axolisi xalq maorifi soxasidagi burilishi, chuqur demokratlashtirishning yaqqol dalili deb baxoladi.
S.R.Rajabov ma’lumotiga ko‘ra. Turkiston Respulikasi partiya tashkiloti xamda xukumatining xalq maorifi soxasida amalga oshirgan Yangi siyosatiga javoban o‘lkada darxol juda ko‘plab maktablar ochildi, ulardagi o‘quvchilar soni bir necha barobar ko‘paygan.
1918 yilning iyunida Toshkentda maorif xodimlarining birinchi s’ezdi ochilib, unda xalq maorifi soxasidagi axvol muxokama qilindi,xamda uni qayta ko‘rish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilanadi.
1918 yil dekabrda Turkiston Respublikasi xalq maorif komissarligi buyruq chiqarib, xamma maktablarda ona tili va rus tili o‘qitish qaror qilindi.
Ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlanishi natijasida maxaliy millatga mansub xotin-qizlarni madaniyati, ilm-fanga, ijtimoiy xayotda faol qatnashishga jalb qilish harakati jadval yo‘sinda avj olib ketdi.
1918 yilda Turkiston Respublikasining Markaziy ijroiya Komiteti maktablarda o‘quvchilarni o‘z ona tilida o‘qitishga o‘tish to‘g‘risida dekret chiqardiki, bu ulka xalqlari milliy madaniyatlari istiqboli uchunxalq qiluvchi axamiyat kasb etdi.
Oradan bir oy o‘tgach: "Turkiston maktablarining strukturasi to‘g‘risida Nizom" chiqardi.
Maktablarni Yangi ijtimoiy negizlarda tashkiliy jixatdan tartibga solish, xama qayta qurish, maqsadida xalq maorifi Komissarliligining buyrug‘iga muvofiq mudirlik, inspektorlik va direktorlik lavozimlari bekor qilindi: saylab qo‘yiladigan rais xamda kotib raxbarligida ishlovchi kollegial organ-pedagogika kengashi umumta’lim maktablariga boshchilik qiladigan bo‘ldi.
1918 yil noyabr oyida Xalq maorif kengashlari o‘quv yurtlarini, ularning turlarini xisobga olgan xolda, ro‘yxatdan o‘tkazdilar va Shu asosda Yangi maktablar ochish xamda ularni joylashtirish extiyojlari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqdilar. Mazkur tadbir ham o‘lkada maorif ishini tartibga solishda muxim rol uynaydi. Masalan, "mexnat maktablari" deb atalgan maktablar politexnik ta’limini amalga oshirishga katta e’tibor berildi. O‘lkada mexnatkashlar ommasi madadiga suYangan xolda Yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. Jumladan: Toshkent shaxrining eski shaxar qismida xalqning bevosita ishtiroki bilan dastlabki 13 ta o‘zbek maktabi, qo‘qonda 17 ta rus maktabi tashkil etildi.
Shunday qilib, 1918 yilning baxorlariga kelib, respublikada ishlab turgan maktablarning soni 330 taga etdi, 1918/1919 o‘quv yilining boshida esa Toshkentning o‘zida 75 ta maktab va Samarqand viloyatida 100 dan ortiq maktab ishlab turgan.
1919/20 yilining boshida ishlab turgan maktablar Farg‘ona viloyatida 350 taga, Sirdaryo viloyatida 839 taga, Samarqand viloyatida 216 taga etdi.
Maxalliy axolidan milliy o‘qituvchilar tayyorlash, milliy darsliklar nashr qilish, SHo‘ro xokimiyati mafkurasiga asoslangan ta’lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish ishlari yuzasidan bir qator tadbirlar belgilandi.
Xalq maorifi komissarligi pedagoglar ilg‘or tajribasini yoyishi xamda ularning metodik jixatdan tayyorgarligini oshirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib toshkentlik ilg‘or muallimlarning tashabbusini ma’kulladi. Ular Turkistonda Shuro xokimiyatining dastlabki maktablarini tashkil etib, Yangi maktab muammoalrini o‘rganish bilan cheklanmay, balki maktabShunoslik, xususiy metodika xamda pedagogika masalalariga oid materiallarni xam nashr qildilar. Jumladan, "Umumta’lim maktablari bo‘limining byulleteni chiqarildi, fan predmetlari buyicha metodik xonalar tashkil etildi."
1918-1919 yillardayoq o‘zbek tilida o‘quv adabiyotlarini chop etishga kirishildi.
Shu davrda nashr etilgan o‘quv adabiyoti Kruberning "Boshlang‘ich geografiya" tabiiy geografiya bo‘yicha o‘qituvchilar uchun qullanma, "Turkiston" ( Kruber yozgan "Rossiya geografiyasi ocherklari"dan o‘zbekchaga ag‘darilgan) qo‘llanmasi, birinchi va 2-sinflar uchun arifmetika masalalari tuplami (Valishevning tatar tilidan tajrimasi) Kori-Niyozovning tabiatShunoslikka oi qo‘llanmasi Shular jumlasidadir.
1920 yilgacha o‘quv adabiyotini chop etish ishlari bilan respublika Xalq maorifi komissarligi Shug‘ullangan edi. Shundan so‘ng bu ish Yangi tashkil etilgan. Turkiston Davlat nashriyoti zimmasiga yuklatildi.
Sho’ro xukumati xalq maorifiga doir tadbirlarni amalga oshirar ekan, o‘qituvchilar tayyorlashga ko‘proq e’tibor berdi, tez orada Toshkent o‘qituvchilar tayyorlashning markaziga aylandi. 1918 yilning iyunida bu erda dorilmuallimin (erli millat yoshlaridan muallimlar tayyorlash instituti) ochildi. Olti oylik o‘lka kurslari tashkil etildi. 1918-21 yilgacha maxaliy millatlardan 3 mingga yaqin muallimlar tayyorlandi.
1918-21 yilgacha vaqt ichida Turkistonda bir necha o‘quv yurtlari, jumladan Turkiston sharkShun jumladan, Turkiston sharkShunoslik instituti, Samarqandda o‘zbek bilim yurti, 1921 yilda ximiya-farmakologiya instituti tashkil etildi. O‘qituvchilar tayyorlash yilda-yilga yaxshilanib bordi. 1925 yilda O‘zbekiston qishloqlarida ishlab turgan muallimlar 2748 kishiga etdi yoki 1917 yilga qadar xukumat maktablarida ishlab turgan muallimlarga nisbatan to‘rt barobar ko‘paydi. Shu bilan birga ta’lim-tarbiya ishlari yaxshilandi. O‘quvchilarni darsliklar va o‘quv kurollari bilan ta’minlash xam yo‘lga qo‘yildi. Xukumat xalq maorifi uchun mablag‘ ayamaydi.
1925-25 o‘quv yilida xalq maorifi extiyojlariga 11,4 mln. sum, respublika byudjetining 24% sarflandi.

IV. Maktablarni tashkil etishda maxaliy axoli orasidan birinchi bo‘lib etishib chiqqan muallimlar X.X.Niyoziy, A.Avloniy, Abduqodir SHakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Abdurauf Fitrat, Isxokxon Ibrat G.N.Kori-Niyoziy, Munavvar Kori, Tuxtanazar SHermuxamedov, Ergash Komilov, Okilxon SHarofiddinov va Shu singari ziyolilar faol qatnashdilar.


Ibratning asli ismi Isxokxon, otasining ismi Junaydulladir. Isxokxon 1962 yilda Namanganda tug‘ilgan. U vatanparvar shoir, zabardast tilShunos, tarixShunos olim, ilu o‘zbek matbaatchilaridan biri, sayyox, kalligraf, nakkosh, otashin publitsist va ilg‘or pedagogdir. Kishilarni zamon ilmidan, ilg‘or madaniyatdan, ta’lim-tarbiya sistemasidan o‘rnak olishga chaqirdi.
Abduqodir SHakuriy 1875 yilda Samarqandda dunyoga kelgan. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlagach Samarqand shaxridagi madrasaga o‘qishga kiradi. Rus gimnaziyasiga borib u erning ichki o‘qitish usullari va qoidalari bilan tanishib, "Gimnaziya" she’rini yozadi. She’rda bolalarni savodli qilib o‘qitish, bilim berish va gimnaziYaning eski maktab-madrasadan afzalligini ta’kidlaydi. Shakuriy o‘qituvchilik qilibgina qolmay, u o‘z maktabi uchun darsliklar yozib, ularni o‘z mablag‘i evaziga chop qildirgan.
Abdurauf Fitrat 1886 yil Buxoro shaxrida tug‘ilgan. "Fitrat" Abdurauf adabiy taxallusi bo‘lib bu so‘z tug‘ma tabiat, tug‘ma ist’edod degan ma’noni anglatadi. Uning otasi o‘zbek, onasi tojik bo‘lgan. Dastlab eski maktab, sungra Buxorodagi Mirarab madrasasida taxsil ko‘radi. U arab, fors tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, SHark xalqlari tarixi va madaniyatini chuqur o‘rganadi. "Xind sayyoxi xissasi"da Yangicha g‘oYani-muayoYan darajada Buxoro amirligiga nisbatan o‘z e’tiroznomasini bayon etadi.
1916 yili Fitrat Orenburgdagi "SHo‘ro" oynomasi saxifalarida "Joxilona taassubga qarshi"maqolasini e’lon qiladi.
A.Fitrat ta’lim-tarbiya xaqidagi qarashlarini tojik tilidagi "Sayyoxi xindi bayonoti", "Raxbari najot", "Sayxa", "Vose kuzgoloni", "Amir Olimkonning xukmronlik davri", o‘zbek tilida "Oila", "qiyomat", "Begijon", "Munozara", "Ok mazor", "Abdulfayzxon" va boshqa makola va asrlarida namoyon qiladi. Namoyondalarning ta’lim-tarbiya soxasidagi ishlari xaqada juda ko‘p gapirsak ozlik qildi.
Xulosa qilib aytganda, Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng SHo‘ro xukumati tomonidan Turkistonda xalq maorifi taraqqiyoti uchun qilingan ishlar, Turkistonda juda katta axamiyatga ega bo‘ldi. Bu erda xalqning savod chiqarishi uchun juda qisqa muddati kerak bo‘ldi.



Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish