Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,45 Mb.
bet88/245
Sana08.02.2022
Hajmi4,45 Mb.
#436313
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   245
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Saxiylik va baxillik.
Sayd ismli bolaning otasi har kuni o‘g‘li maktabga ketishi oldidan unga 10 tiyin ovqat puli berardi. Bir kun Sayd maktab yo‘lida faqir kishini uchratadi. "O‘g‘lim ikki kundan beri ochman, taom olib ey desam ustimdagi yirtiq chopondan boshqa xech narsam yo‘q" - deydi u. Sayd qo‘lidagi 10 tiyinni beradi va o‘sha kunni ovqatlanmasdan o‘tkazadi. Otasi o‘g‘lining olijanobligidan mumnun bo‘ladi, "Saxiy Saidim!", - deb olqishlaydi, ertasiga 20 tiyin berib yuboradi... (213 bet).
Turkiy guliston yoxud axloq - axloq-odob turbiyasiga oid darsliklarida xam ma’naviy tarbiYaning bosh mezoni inson "g‘urur", "mexr"ni tarbiyalash masalalari to‘g‘ri xal qilingan.
Abu Nasr Forobiy ijodiyotining bosh masalasi nufuzli inson tarbiyasi ekan, bunda insondagi qanoat uni o‘z murodiga etishni ta’minlaydi. Bunda inson Olloh Taolodan uni yaratganligi, ota-onasi uni dunyoga keltirganiga faxrlanishi kerak. Bunday qilganda inson-ko‘tarinki ruh bilan yashashga, qanoatga o‘rganadi.
Avloniy esa bu g‘oYani rivojlantirib, hayotidan noliydigan noShud mehnatni o‘z e’tiqodiga aylantirolmagan inson - tirik bo‘lsa ham, o‘likdir - deydi. Xarakatchan, hayot oshig‘ining fe’li keng, ezgulikni o‘zida kasb qilgan insongina hayot mazmunli yashaydi, deydi u.
Darxaqiqat, insonning ruhini ko‘tarinkiligi gulshani, maskani, rohat go‘shasi bu uning Vatanidir. Vatan tuyg‘usi Abdulla Avloniyning darsliklarining har bir satrida o‘z aksini topgan.
Tug‘ulib o‘sdim bu Vatanda
Vatanim misoli yo‘q jaxonda!...
... o‘tar kunlar, o‘tar zamon,
Ey, Vatanim bo‘lma xijron
Men ketsamda, sen bo‘l omon,
Omon Vatan, Vatan omon.
Abdulla Avloniy endigina maktabga qadam bosgan bola badanini sog‘ligiga katta e’tibor berilishi lozim deb hisoblaydi.
"Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki, o‘qimoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur" deb yozgan edi, Avloniy.
Abdulla Avloniy "Badan tarbiyasining ruh tarbiyasiga ko‘mak beruvchi vositadir" - degan edi.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasiga alohida e’tibor bergan edi. Bolaning fikrlashgao‘rgatish aqliy tarbiYaning vazifasiga kiradi. "Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir" - degan edi Avloniy.
Abdulla Avloniyning bolalarni aqlini peshlovchi ularda ham fikrlash, ham insoniy fazilatlarni tarbiyalovchi g‘oyasini ochib beruvchi fikrlaridan ayrim namunalar keltiramiz. Bu mavzular Avloniy o‘zining "Birinchi muallim" darsligida "Taqsim", "Ikki devona", "Ochko‘zlik", "Aqli bog‘bon" xikoyalari kiritilgan bo‘lib, ular zamona ruhiga moslashtirilgan.
U sharq folkloridagi mavjud bo‘lgan bunday xikoyalarni millat maktab bolalariga moslashtiradi.
Masalan, "Taqsim" xikoyasini olib ko‘raylik, xikoyada: "Dasturxonda tovuq kabobi quyildi, qozi dilida aytdi: xech mundan yaxshi maslaxat yo‘qturki, bul tovuqni taqsim qilmoqni o‘g‘riga xavola qilsam, toki agar yaxshi taqsim qilolmasa, ani izo berib manfe’l va majmul qilsam. Qozi aytdi: "Ey shayx, bu tovuqni qismati sizdan bo‘lsin, taqsim qiling”. O‘g‘ri qabul qilib, tovuqni olib, pora-pora qilib, boshini qozining oldiga, gardanini xotunini oldiga qo‘ydi. Ikki qanotini farzandlari oldiga, tanasining o‘zining oldingi qo‘ydi. Bismillo, olinglar surati, ushbudir.
Qozi aytdi: Ey tarror, sanga taqsim saxix qilg‘il deb aytdim, bu nechuk taqsimdir?
O‘g‘ri aytdi: Avval boshini sening oldinga qo‘ydimki, bu uyning boshlig‘idursan va gardanini xotunini oldiga qo‘ydumki, xotun bamisoli gardak, boshga yaqin bo‘lg‘onidek, erga yaqin bo‘lar va ikki qanotini farzandlaring oldiga qo‘ydimki, farzand otaning qanoti bo‘lur va tanasini o‘zim oldimg‘a qo‘ydimki, men sizlarga mehmondurman". Qozi xayron bo‘ldi va xech javob aytolmadi.
Avloniyning bu hikoyasi oila a’zolarining o‘rnini belgilab berish bilan birga, o‘g‘rini tadbirkorligini, ya’ni o‘g‘ri bo‘lsa xam mehmon bo‘lganligi uchun uni xurmatlashni qoziga o‘rgatadi.
Uni darsliklarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun juda katta xalq pedagogikasiga asoslangan xikoya, ertak, she’r, rivoyat va boshqa materiallar mavjud.
Ustoz Abdulla Avloniy ijodiyoti uning pedagogik g‘oyalari yuqoridagi asarlar taxlilidan kelib chiqadi. U kitoblardan o‘qituvchi o‘quvchi tarbiyasiga doir bir qator masalalariga javob topadi va ularni daryodan tashqariga o‘qish va tarbiyaviy ishlar jarayonida foydalanishi mumkin.
Bular: Millat va Vatanni suymakdagi she’r, xikoya rivoyatlar: "Ilm ma’rifatli bo‘lishi kelajak istiqbolini omili ekanligi; umuman, Avloniy merosida insonparvarlik, milliy g‘urur, axloqiy poklik, baynalmilalchilik kabi g‘oyalarga oid boy materiallar topiladi. Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir" deb yozadi.
"Turkiy Guliston yoxud axloq" Abdulla Avloniyning tarbiya xaqidagi yozgan darsligi edi. Bu darslik 1934 yilgacha O‘zbekiston maktablarida qo‘llangan.
Axloq - "insonni yaxshilikka chaqaruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. YAxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar bilan bayon qiladurgan kitobni axloq deydilar. Axloq ilmini o‘qur, er yuzida nima ish qilmoq uchun yurganini bilur. Kishi o‘zidan xabardor bo‘lmay, ilmni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadru qimmatini bilmas." (23-bet).
Xulq - inson ikki narsadan murakkabdir. Biri jasad, ikkinchisi nafasdir, jasad ko‘zi ila bor narsalarni ko‘rur, ammo nafas ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur ... ammo nafasning surati ko‘zga ko‘rinmaydugan, aql bilan o‘rganadurgan bir narsadurki, xulq deb atalur. (24 bet).
YAxshi xulq, yomon xulq. Axloq ulamosi insonlarning xuquqlarini ikkiga bo‘lishdi: agar nafas tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lib, "yaxshi xulq", agar tarbiyasiz o‘sib, yomon ishlaydurgon bo‘lib chketsa, yomonlikka tavsif bo‘lub "yomon xulq" deb atalur...
Xudoning raxmati, fayzi xam insonga yaksardir,
Va lekin tarbiyat birla yotushmak sharti akbardir.
Tug‘ib tashlov bila bo‘lmas bola, bulg‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul raxmona sizga ... (24 bet).
Abdulla Avloniy tarbiya xaqida.
Tarbiya "pedagogika" ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Ilmi axloqning asosi tarbiya, o‘ldug‘indan Shul xususda bir oz so‘z so‘ylaymiz. Bolaning saodati va salomati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o‘sdirmakdir.
Tarbiya qilguvchilar tabib kabidirki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiYani bolaning vujudidagi jahl marazi "yaxshi xulq" degan davoni ichidan "poklik" degan davoni ustidan berub, katta qilmoq lozimdir.
... "Beshikdan to qabrgacha ilm o‘rgan" deymishlar. Bu xadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildir. Xakimlardan biri: "xar bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir, demish o‘z bolalarni yaxshilab tarbiya qilmaq otalarga farzi ayni, o‘z millatning etim qolgan bolalarini tarbiya qilmoq farzi kifoyadir" (25 bet).
... Emdi ochiq, ma’lum bo‘ldiki, tarbiYani tug‘ulgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlandurmak fikrimizni nurlandurmak, axloqimizni go‘zallandurmak, zehnimizni ravshanlandurmak lozim ekan.
... Badan tarbyaisining fikr tarbiyasiga yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi choponning o‘ng ila terisi kabidir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponi ustini quyib astarini yuvib ovora bo‘lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog‘lom bir vujud kerakdur.
... Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suYangan, vijdonlarga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur...
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmasdan bo‘lur o‘tkur.
Fikrning oynasi olursa zang,
Ruxi ravshanzamir o‘lur benur
(27-28 betlar)
Aqliy tarbiya matonat aql egasi bo‘luv demakdir. Aql insonlarni piri komili, murshidi yagonasidir. Rux ishlovchi, aql boshlovchidir. Inson aqli ila ... E’tiqodni mahkam qilur... Janobi xaq insonni xayvonlardan so‘z va aql ila ayirmishdir...
...Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari najotidir. Ilm o‘rganmak, olim bo‘lmak uchun maktabga kirmak, muallimdan ta’lim olmak lozim, aqlsiz kishilar va maktabga kirar, va na muallimni bilar... (29-30 bet)
Ilm deb o‘qimak, yozmakni, yaxshi bilmak, xar bir kerakli narsalarni o‘rganmakni aytadur. Ilm dunyoning izzati... Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o‘z axvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zexnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkur qilur. Savobni gunohdan, halolni xaromdan, tozani murdordan ayirub berur. ... Butun hayotimiz, salomatligimiz,saodatimiz,sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo yoki oxiratimiz ilma bog‘liqdir. (34 bet).
Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni xar birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar er yuzidagi intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa yashay olmas edilar (38 bet).
Vatan: xar bir kishining tug‘ulib o‘sgan shaxar va mamlakatini Shul kishining vatani deyilur. xar kim tug‘ma va o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar...
... Bobolarimiz "kishi yurtida sulton bo‘lguncha o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l deyilur" (40 bet).
Iffat deb narsamizni gunoh va buzuq ishlardan saqlamoqni aytilur...
Axloq sohibi, iffat egasi qalbini vijdonini poklab, tilini yolg‘on, g‘iybat, bo‘htoni, ya’ni yomon so‘zlardan saqlar.
Chunki, insonga iffati lozimdir. (42 bet).
Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng SHo‘ro xukumati tomonidan Turkistonda xalq maorifi taraqqiyoti uchun qilingan ishlar, Turkistonda juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu erda xalqning savod chiqarishi uchun juda qisqa muddat kerak bo‘ldi.
Turkistonda ma’rifatparvar harakati asoschilaridan biri, jaxonga mashxur bo‘lgan o‘zbekning yagona jug‘rofiyaShunosi, ulug‘ pedagog va axloqShunos, yuksak didli jurnalist, Maxmudxo‘ja Behbudiy 1874 yil Samarqandda tavallud topdi.
Behbudiy Turkistonda ma’rifat maktabini tashkil etdi va Shu maktablarni kitoblar bilan ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatdi. U Samarqandning eski shaxarlarida qiroatxona, kutubxona, o‘z hovlisida maktab ochdi.
M.Behbudiy ma’rifatparvar maktablari uchun darsliklar yozdi. M-n: «Muntaxbai jo‘g‘rofiyai umumiy»(Qisqacha umumiy jo‘g‘rofiya), «Kitobatul-atfol» («Bolalar maktubi»), “Muxtarasi tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi), «Amaliyoti islom» va boshqa kitoblari darslik sifatida o‘kitilgan. Behbudiyning ochgan maktablarida o‘qitish quydagicha tartibda olib borilar edi: «Maktab 2 bosqichdan iborat bo‘lib 1-chi bosqich – ibtidoiy qismdeb nomlangan.Buning tahsil muddati to‘rt yil. Birinchi yilida : forscha va arabcha yozuv va o‘qishni o‘rganilgan.Suralar yod olingan.Hisob darsi o‘rgatilgan.Umuman bir yil davomida yozmoq va o‘qimoqni o‘rganganlar.Ikkinchi yilida : haftiyak, imon, e’tiqoddan dars, fors, turkiy va atab tilida she’rlar, qasidalar o‘qitilgan. Uchinchi yilida: Qur’oni Karim, islom ibodati,tajvid,Sa’diydan nasihatlar,forsiy va turkiy til puxta o‘rgatilib,undan insholar yozdirilardi.Hisobdan turli taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o‘qitilgan. To‘rtinchi yilida: esa Kalomu sharif,mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi,turkiy va forsiy til, hisob, tarix, jug‘rofiya o‘qitilgan. Bu to‘rt sinfni tamomlagan bolalarni muallimning o‘zi taqsimlagan.Hohlasa ikkinchi bosqichga qoldira evropa maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yo‘llanma berar edi.
Maktabning ikkinchi bochqichda – rushadiya bulib, unga to‘rt sinf-ibtidoyi qismmni tamomlaganlar o‘tkazilar edi.
Maktabning ikkinchi bosqichida esa birinchi yili arab tili, jo‘g‘rofiya, fors yozuvi va xokazolar. Uchinchi yili arab tili, xisob, xat yozuvi, tarix, turkiy til, rus tili o‘qitilgan, to‘rtinchi yil arab tili, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va muxabbatsiz axloq va boshqa ko‘pgina hayotiy darslar o‘qitilgan.
Behbudiy maktabining imtihonlari xar yilning so‘ngida o‘tkazilar edi. Imtihonlarga ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif etilar edi. Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. U ta’lim va tarbiya va uning muammolari to‘g‘risida asarlar yozdi.
Masalan: «Iymon va islom», «Xurriyat-ozodlik-erkinlik», «Tahsil oyi», «Vatanparvarlik kerak», «Bizga isloh kerak» va boshqalar.
Behbudiy Turkistonning kelajagini uning Yangi kadrlarida, mutaxassislarida va o‘qimishli yoshlarda deb bilardi. Shuning uchun xar bir yozgan maqolasida Yangi taraqqiyotga javob beradigan kadrlarni tarbiyalab etishtirish masalasini qo‘yardi. Shundagina o‘n yillar orasida bizda yaxshi-yaxshi o‘qimishli muxandis, shifokor, xuquqShunos, iqtisodchi kabi mutaxassislar etishib chiqadi, degan umid qiladi.
Abduqodir SHakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. SHakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o‘qishga kiradi. SHakuriy o‘zbek va tojik tillarida yozgan tarjimai hollarida rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o‘qitish usullari bilan tanishganligini qayd qiladi. Shundan keyin yosh muallimda o‘z xalqining bolalari uchun ham Shu tartibdadagi Yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo‘ladi. Mana Shu o‘rgangan Yangi usullarni o‘zi ochgan maktabda qo‘llay boshlaydi. SHakuriy dastlab maktabda o‘quv jihozlarini o‘zgartiradi.U ustalarga parta va doskalar buyuradi. U davrlarda darslik va qo‘llanmalar bo‘lmaganligi sababli SHakuriy xarflarni doskaga yozib qo‘yar, o‘quvchilar esa Shuni o‘z daftarlariga ko‘chirib yozar edilar. SHakuriy maktabida tojik va o‘zbek bolalari birga o‘qitilar edi. Bu erda tojik tili asosiy til hisoblanar, bolani savodi chiqqach, o‘zbek va tojik tillarida yozilgan kitoblar o‘qitilar edi. SHakuriy o‘quvchilar uchun bir yilda bir marta imtihon uyushtirar edi. Imtihonda u ota-onalar oldida o‘quvchilar bilimining natijalarini namoyish qildirar edi. Shunday bir sharoitda SHakuriy bolalarning o‘z ona tilida o‘qish kitoblari, darsliklar yaratish zaruriyatini yaxshi tuShunadi.U bolaning yosh xususiyatini e’tiborga olib darsliklar tuzishga kirishadi va “Rahnamoi savod” (Savod chiqarish rahbariyati) deb atalgan kitob chiqaradi.
Abduqodir SHakuriy Yangi usuldagi maktablarning targ‘ibotchisi va tashkilotchilaridan biri edi.

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish