Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Yaxshiliklar bir xonaga jam



Download 4,45 Mb.
bet81/245
Sana08.02.2022
Hajmi4,45 Mb.
#436313
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   245
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Yaxshiliklar bir xonaga jam,
Kamtarliklar uning kaliti.
Yomonliklar boshqa xonada,
Uni ochar manmanlik iti,
Ehtiyot bo‘l,toyib ketmagil,
Shundan kelar yuzing Shuviti. .(A.Jomiy. Bahoriston.T.,”YOsh gvardiya”,1979,11 bet)
Jomiy yoshlarni manmanlik illatidan pok bo‘lishga undaydi.U to‘g‘riso‘zlikni inson uchun eng yaxshi xususiyat hisoblaydi. Uning fikricha, izhor etiladigan fikr amaliy so‘z va harakat bilan uzviy birlikda bo‘lmog‘i lozim. SHoirning ta’kidlashicha, dilkashlik, shirinso‘zlik,ochiq chehralik va quvnoqlik odamlarga yaxshi, yoqimli kayfiyat baxsh etadi.
Jomiy o‘z asarlarida xasislikni,o‘g‘rilikni keskin qoralaydi, odamlarni oqilona yashashga, ortiqcha boylikni muhtojlarga berishga, qanoatli bo‘lishga undaydi.
Jomiy ilmlarni egallashda tajribaga alohida e’tibor beradi, hayotda foydalanilmagan ilmni jonsiz, keraksiz ilm deb hisoblaydi. U ta’lim oldiga yosh avldni jamiyatga, odamlarga foydali xizmat qiladigan qilib etishtirishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi.
Jomiyning fikricha, kitob- o‘tmish donishmand avlodlar bilan o‘z davri yoshlari o‘ztasida vosita, insonga eng yaqin do‘st, erta tongdagi yog‘du, ustoz va murabbiydir.
Ta’lim – tarbiya masalasi insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida uning birinchi navbatdagi vazifasi yosh avlodni tarbiyalash, ularga hulq – odob qoidalarini singdirishidan iborat. Ushbu muammo markaziy, ayniqsa markaziy osiyo va Eronda yashab ijod etgan ko‘plab mutafakkirlarning diqqat markazida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ana Shunday mutafakkirlardan biri Jaloliddin Davoniydir.
Jaloliddin Davoniy 1427 yilda Eronning Koxarun shahri yaqinidagi Davon qishlog‘ida tavallud topadi.
U boshlang‘ich ma’lumotni o‘z qishlog‘ida olgandan so‘ng, sherozga kelib madrasada etakchi olimlar qo‘lida taxsil oladi. U madrasani tamomlagach, Tabrizga boradi. Tabriz hokimi Sulton YOqub Davoniyni SHeroz shahrining qozisi etib tayinlaydi. U qozilik bilan bir paytda mudarrislik bilan Shug‘ullanadi. Keyinchalik qozilik lavozimdan bo‘shab, «Dor-ul-aytom» madrasasida dars beradi. Davoniy tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, Eron, Iroq, Xindistonning ko‘p shaharlarini kezib, olimlar bilan uchrashdi. Falsafiy muammolar haqida baxs yuritdilar. Davoniy «yuksak qobiliyat egasi» bo‘lgan, o‘zining topgan mablag‘ini ilm – fan ravnaqiga sarf etgan. Davoniy 1502 yilda Kozarun shahrida vafot etgan, u Davon qishlog‘iga dafn etilgan.
Davoniy falsafa, axloqShunoslik, pedagogika, riyoziyot, fikx va boshqa fanlar bo‘yicha risolalar yozgan. Masalan, «Risolat isboti vojib», (Zaruriyatning isboti haqida risolalar) «Risolatul xuruf» (Xarflar haqida risola), «Risolat dar ilmul nafs» (RuxShunoslik haqida risola) kabi asarlari mavjud. Uning «Axloqi Jaloliy» asari olimga katta Shuhrat keltirdi.
Ushbu kitob asrlar davomida madrasalarda qo‘llanma sifatida foydalangan. Risola fors tilida yozilgan bo‘lib, unda ijtimoiy – siyosiy masalalar, axloq, ta’lim-tarbiya, xulq-odob qoidalari ifoda etilgan.
Davoniyning ta’lim – tarbiya haqidagi fikrlarining eng muhim qirralarida axloqning nisbiyligi, o‘zgaruvchanligi to‘g‘riisdagi qarashlari muhimdir, ya’ni Davoniy bolalar hulq-odobi haqida fikr yuritganda, ularning yaxshi fazilatlarni egallashda muhit va tarbiYaning muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. U «odam tayyor tug‘ma fazilatlarni egallagan holda to‘g‘ilmaydi, balki, u tashqi muhit va jamoa ta’sirida yaqin va yomon xislatlarni egallaydi» - deb biladi. YA’ni bolalar o‘zlarining qobiliyati darajasiga ko‘ra xulq-odobni egallaydilar. Agar inson xulqi o‘zgaruvchan bo‘lmaganda, aqlning bilish quvvati befoyda, siyosat hamda ta’lim – tarbiYaning keragi yo‘q bo‘lar edi. Davoniy fikricha, bola tarbiyasi bilan juda erta Shug‘ullanish lozim. Yoshlikdan boshlab bolada turli malakalar xosil bo‘la boshlaydi. Dastlabki vaqtda u shakli bir xil narsalarni bir-biridan ajrata olmaydi, bola ulg‘aygan sari murakkab narsalarning ham farqiga boradi. Bu esa bolalarda yoshlikdan bolalar zexni o‘tkir bo‘lib, narsa-xodisalarning farqiga boradi, uni tez qabul qiladi. Davoniy «bola qalbi toza taxtaga o‘xshaydi, unga har qanday tasvirni osonlikcha chizish mumkin» - deydi.
Shuningdek, Davoniy bolada xulq-odobning shakllanishida dunyoqarashning tarkib topishida oilaning, maktabning o‘rni beqiyos deb biladi.
Ma’lumki, mo‘g‘ullar istilosi davrida Movaraunnaxr va Xurosonda masjid, maktab, madrasa va boshqa madaniy muasasalar yo‘q qilib tashlangan edi. Shu sababli bu davrda maktablarda talabalarga taxsil berishda mazmunga nisbatan shaklga e’tibor berilgan.
XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab, maktab va madrasalar ochildi, bolalarga ta’lim berish, muallimlar asosiy o‘rin egallagan. Davoniy ularni «ma’naviy ota» deb ataydi.
Davoniy bolalarni xulq-odobiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, qo‘pol, badjaxl muallimlarni qoralaydi, uning fikricha muallim aqlli, bola tarbiyasidan xabardor bo‘lgan, yaxshi xislatli bo‘lishi, o‘quvchi va muallim o‘rtasidagi munosabatda «muallim o‘quvchini ma’naviy jihatdan tarbiyalovchi, kamolotga etkazuvchidir», - deb biladi. U ota bilan mallimning tarbiyaviy xislatlarini qiyoslab, muallimning tarbiya usulini yuqori ekaniligin ta’kidlab, bola tarbiyasida ota ham, ona ham teng ishtirok etishi, har ikkisi ham bolaning kasb egallashi, odob-axloqli bo‘lishida xulq-odob qoidalarini sindirishi, yaxshi-yomonni ajratishga o‘rgatishi lozimligini ta’kidlaydi.
Ayniqsa, bolalarga kasb-xunar o‘rgatish, bola qaysi kasbga qiziqsa, Shu kasbni egallashiga yordam berishi zarurligini ta’kidlaydi. Shu jihatdan u jamiyatda insonga naf keltiruvchi hunarlarni uch guruhga bo‘ladi :

  1. Inson aqli bilan bog‘liq bo‘lgan hunar, unga vazirlikni kiritadi.

  2. Ta’lim-tarbiya orqali egallanadigan hunar. Bunga xandasa, falakkiyot, riyozat, tibbbiyot fanlaribilan Shug‘ullanishni kiritadi.

  3. Shijoat va paxlavonlik bilan bog‘liq xunarlar, bunga chegarani qo‘riqlash, dushmanga qarshi kurashni kiritadi.

Shuningdek, Davoniy odamlarni kasb – xunarga qarab to‘rt toifaga bo‘ladi :
A) qalam axllari : qozilar, muxandislar, olimlar, noib, munajjimlarni kiritadi.
B) ikkinchi toifaga savdogarlar, xunarmandlar
V) uchinchi toifaga xarbiylar
G) to‘rtinchi toifaga qishloq xo‘jaligida mexnat qiluvchilar, dexqonlarni kiritadi.
Uning fikricha dexqonlar boshqa tochkadagilardan oziq-ovqat, g‘alla, don va boshqa moddiy etishtirish bilan farq qiladi, deb biladi, dexqonlar mexnatiga yuksak baxo beradi. Bu jixatdan A Navoiyning dexqonlar xaqidagi fikrini ma’qullaydi.
«Dexqon agar to‘g‘rilik bilan don sochsa, xaq biriga yuz eshigini ochadi» - A. Navoiy.
Davoniy ilm-fanni egallash, ma’rifatli bo‘lish va komil inson bo‘lishining inson kamolotidagi muxim vosita deb biladi, o‘z davrida yashab o‘tgan buyuk mutafakkirlarning ilm-fanni rivojlantirishdagi xizmatlarini qayd etadi: SHox Dono sheroziy Xusayn Voiz Koshifiylarning ilm-fan xaqidagi faoliyatlarini ma’qullaydi. Ularning ta’kidlashicha, ilm-fan kishilarning serdil, mexr-shafqatli, insonparvar kamtar bo‘lishlarini ta’minlaydi. Davoniy fikricha ilm-fan mexnatkash xalqning turmushini engillatadi. Jamiyatda adolat o‘rnatadi. Shu bois Davoniy olimlar faoliyatiga, ularning jamiyat taraqqiyotiga qushgan xissasiga yuqori baxo beradi. Uning fikricha, olimlar jamiyatga foyda keltiradigan xal etish, ta’lim tarbiya bilan Shug‘ullanishlari ilm-fanning rivojlanishiga xissa qushishlari lozim deb biladi, yoshlarning axloqiy fazilatlarini egallashlari zarurligini ta’kidlab, insoniy fazilatlarni ikkiga bo‘ladi.
a) tug‘ma fazilatlar: zexn o‘tkirligi, zukkolik, bashorat qilish;
b) yashash davomida xosil qilinadigan xislatlar: axloqShunoslikni to‘rtta asosiy tushunchalarda ifodalaydi: donolik, (xikmat) shijoat, adolat iborat.
Donolik insonni aqliy bilimi bilan bog‘liq bo‘lib, umumiy axloqiy tushunchadir, u zukkolik faxmlilik zexni o‘tkirligi tez idrok qilish qobiliyati xotira bilan baxolash. Davoniy insonning aqliy qobiliyatiga aloxida axamiyat beradi, uni yoshlikdan shakllantirishni ta’sir etadi. Davoniy shijoatni yoshlar egallash zarur bo‘lgan asosiy xislat deb biladi. Uning talqin etishiga shijoat keng ma’noda kamtarlik, mexr shafqatlilik, sabr-toqat vazminlik, chidamlilik, xushfellik ruxiy tetiklik xususiyati deb tuShunadi, uning mamlakatining ravnaqi jamiyatning ravonligi, baxt-saodat bilan uyg‘unlashtiradi, aqlli sabot-matonatli, davlat va jamiyatga foyda keltiruvchi kishilarni shijoatli, jasur kishilar deb biladi. Davoniy kamtarlik xaqida fikr yuritib kamtar odam mexr-shafqatli, kamtar, boshqalarga yordam beruvchidir. Davoniy yoshlar tarbiyasiga aloxida axamiyat berib, ularning xulq fazilatlaridan biri iffat, aqlga bo‘ysunish, keraksiz, ortiqcha narsalar, harakatlardan tiyilish, o‘z xissiy quvvati, aqli orqali o‘zini idora etishdir deb xisoblaydi, iffat, sabr, qanoat, xayo-saxovat iffatning ko‘rinishlaridir deb biladi.
Davoniyning pedagogik qarashlarida kasb-xunarni egallash muxim o‘rin egallaydi. Uning ta’kidlashicha kasb-xunar egallashni insoning eng yaxshi fazilati deb biladi, uni boylik orttirish, ta’magirlikka qarama qarshi qo‘yadi, inson o‘zining xalol mexnati bilan qadrlashni ta’kidlaydi. U inson va jamiyatga naf keltiruvchi kasb-xunarni uch guruxga bo‘ladi.
1. Inson aqli bilan bog‘liq bo‘lgan ta’lim-tarbiya shakllarini kiritadi
2. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan xunarlar. Masalan falakiyot, riyoziyot tibbiy bilimlar va xokazo.
Umuman olganda Davoniyning ta’lim-tarbiya xaqidagi qarshilaridagi siyosiy g‘oyalar bolalarni tarbiyalash oila maktab-jamiyatning o‘rni bo‘lib, insonni kamolga etkazishdan iboratdir. YA’ni xar bir insonni axloqiy, aqliy, xuquqiy, ma’naviy, siyosiy jixatdan etuk inson etib tarbiyalash uning asosiy g‘oyasidir. Ushbu maqsadga etishish uchun eski yoshlikdan boshlab bolalarning axloqiy xulq-atvor fazilatlarini, idrok va tafakkurini, xulq-atvorini, insonning jamiyatdagi o‘rni, ilm-ma’rifatli bo‘lishi aql bilan ish qilishi, turli va bir nega kasbni egallashi, mexnatni ulug‘lashi ilmning turli jixatlarini egallashi o‘z ilmini yoshlar tarbiyasiga sarf etishi, xulq, odob go‘zal fazilat, sabr-toqat iffat, xayo, saxovat kabi fazilatlarni egallash zarurligini uqtiradi. Adolatni uch turga bo‘ladi: mulk va yaxshilik bilan bog‘liq bo‘lgan adolat; Adolatning bu turida insoniy qadr-qimmat mol-mulkka qarab baxolanadi. Ikkinchi turda-iol ayriboshlashdagi adolat ya’ni molni teng bo‘lish bo‘lib tenglik adolatda. Uchinchi turda siyosat, tarbiyaga bog‘liq bo‘lib, davlatni boshqarish din va sheriyat qoidalariga asoslanadi. Davoniy bola tarbiyasida oila maktab, jamiyatning o‘rnini aniq ifodalaydi.

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish