Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Abduraxmon Jomiy ta’lim va tarbiya to‘g‘risida



Download 4,45 Mb.
bet187/245
Sana08.02.2022
Hajmi4,45 Mb.
#436313
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   245
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Abduraxmon Jomiy ta’lim va tarbiya to‘g‘risida

  • Abduraxmon Jomiyning komil insonni tarbiyalashga oid qarashlari.

  • Alisher Navoiyning ilmiy-ma’rifiy faoliyati.

  • «Hayrat ul-abror» dostonining tuzilishi va mazmuni.

  • Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy asarlarida ta’lim-tarbiya usullari va uslublari.

    7. Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarining ta’lim-tarbiya tarixida tutgan o‘rni.
    Nuriddin Abduraxmon Jomiy –musulmon sharqida katta shuxrat qozongan buyuk olim, fors – tojik mumtoz adabiyotining ulug‘ namoyondasi. Jomiy yaxshilik,shafqatlilik,olijanoblilikni inson hayotining maqsadi qilib qo‘yish, har bir inson hayotda shodlik va baxtli bo‘lishni istasa, u o‘zidan keyingi avlodlarga yaxshilik xotirasi qoldirishi kerakligi g‘oyasini ilgari suradi.Jomiy o‘z asarlarida, ayniqsa nasriy yo‘lda yozilgan “Bahoriston” asarida ta’lim-tarbiya masalalari xususida fikr bildiradi.Jomiyning fikricha, ilm inson uchun hayotga yo‘l ochuvchi va uni o‘z maqsadiga ergashtiruvchi omildir.Ilm va hunarni yoshlikdan egallash kerak. Ilm insonga hamma narsani oson va puxta anglab olishga yordam beradi, mehnatni engillashtiradi.
    Eng zarur bilimni qunt bilan o‘rgan,
    Zarur bo‘lmaganin axtarib yurma.
    Zarurini xosil qilgandan keyin,
    Unga amal qilmay umr o‘tkurma.(A.Jomiy. Bahoriston.T.,”YOsh gvardiya”,1979,15 bet)
    Jomiy o‘z pedagogik qarashlarida manmanlik, kekayishlarni qoralaydi, g‘ururlikni nodonlikning belgisi deb biladi.U inson xatto boshqalardan biror sifati bilan yuqori darajali bo‘lsa ham, kamtar bo‘lish kerakligini aytadi.
    YAxshiliklar bir xonaga jam,
    Kamtarliklar uning kaliti.
    YOmonliklar boshqa xonada,
    Uni ochar manmanlik iti,
    Ehtiyot bo‘l,toyib ketmagil,
    SHundan kelar yuzing shuviti..(A.Jomiy. Bahoriston.T.,”YOsh gvardiya”,1979,11 bet)
    Jomiy yoshlarni manmanlik illatidan pok bo‘lishga undaydi.U to‘g‘riso‘zlikni inson uchun eng yaxshi xususiyat hisoblaydi. Uning fikricha, izhor etiladigan fikr amaliy so‘z va xarakat bilan uzviy birlikda bo‘lmog‘i lozim. SHoirning ta’kidlashicha, dilkashlik, shirinso‘zlik,ochiq chehralik va quvnoqlik odamlarga yaxshi, yoqimli kayfiyat baxsh etadi.Jomiy o‘z asarlarida xasislikni,o‘g‘rilikni keskin qoralaydi, odamlarni oqilona yashashga, ortiqcha boylikni muhtojlarga berishga, qanoatli bo‘lishga undaydi.Jomiy ilmlarni egallashda tajribaga alohida e’tibor beradi, hayotda foydalanilmagan ilmni jonsiz, keraksiz ilm deb hisoblaydi. U ta’lim oldiga yosh avldni jamiyatga, odamlarga foydali xizmat qiladigan qilib etishtirishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi.Jomiyning fikricha, kitob- o‘tmish donishmand avlodlar bilan o‘z davri yoshlari o‘ztasida vosita, insonga eng yaqin do‘st, erta tongdagi yog‘du, ustoz va murabbiydir.Buyuk mutafakkir olim Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalarini rivojlantirish bilan birgalikda ta’lim-tarbiyani ham takomillashtirishga e’tibor bergan. Uning hamma asarlarida tarbiyaga oid qarashlar o‘z ifodasini topgan. Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ifodalagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonning mazmuni, yo‘llari, usullarini bayon etadi. U inson kamolotida ilm -fanning o‘rniaql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan deb biladi. U insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqaruvchi omil deb ta’riflaydi. SHunga ko‘ra o‘z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo‘lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi deb hisoblaydi. CHunki egallashdan maqsad ham halqning,o‘z mamlakatining baxt-saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishdan iboratdir deb ta’kidlaydi.U bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi.Bunda u fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.Alisher Navoiy «Ixlosiya» deb nomlangan madrasa va uning qoshidamaktablar ochadi. Madrasa va maktabda ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda katta intizom va talabga rioya qilishni talab etadi.Alisher Navoiy o‘zi barpo etgan «Ixlosiya» madrasasida o‘z zamonasiga etuk muddarislarini yig‘adi va ilm izlagan talabalar ana shu madrasalarda peshvolaridan tahsil oldilar.YAxshi xulq asosi-odob,u Navoiy nazarida barcha insoniy xislatlar boshlanishi sanaladi. Komil insonga xos xislatlar ana shunga bog‘liq pavishda ta’rif beriladi. Navoiy o‘zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy-tarbiyaviy-axloqiy asarlarida o‘zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlar deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonda yomonlik, razillik bo‘lmasligi kerak deb hisoblaydi. Insonni har tomonlama etuk inson bo‘lib shakllanishida Navoiy jismoniy tarbiyani ham muhimligini ta’kidlab o‘tadi. Uni biz Navoiyning «Farxod va SHirin» asaridagi Farxod obrazida o‘z qahramonini jismonan etuk yaratganidan bilamiz. Uning qahramonlari har qanday qiyinchilikni o‘z kuchlari, aqli bilan bartaraf etadi. U yana bola tarbiyasida oila ya’ni, ota-ona tarbiyasi muhimligini ta’kidlab o‘tadi. U tarbiya va ta’lim ota-ona hamda o‘qituvchi tomonidan olib borishi lozim deydi.U o‘zining «Xamsa», «Maxbub ul-qulub», «Munojot», «Vaqfiya» asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarni ko‘rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O‘z davrdagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o‘qituvchi xaqida gapirar ekan, muallim o‘z shogirdlarini ham, o‘zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo‘lishi zarur deydi. O‘ziga ham, o‘qituvchiga ham talabchan bo‘lishni o‘qituvchini jamiyatda obro‘li va hurmatga loyiq inson bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda xurmat kilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.Navoiyning haqiqiy insonn­i -pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to‘g‘ri, sahovatli, odobli, kamtar, hayoli, muruvvatli shaxs. Bu xislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana shu oliyjanob xislatlarni tarbiyalash kerak deydi va axloqiy fazilatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tushuntiradi. Alisher Navoiy “Xayratul abror” dostonining o‘n birinchi maqolatida ilmni shunday sharhlaydi va uni quyosh,oy va kunduzga o‘xshatib, u insonni baxt-saodatga eltadi, demoqchi bo‘ladi.“Maxbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘ta qattiqqo‘l, johil va ta’magirliklarini: ”Maktab tutuvchi gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga rag‘batlangan. Ularni kaltaklashga o‘rgangan. O‘zi rahmsiz, miyasi po‘lat va ko‘ngli toshdir. G‘azabli qoshi chimirilgan, gunohsizlarga achchiqlanishga odatlangandir, Ularning ko‘pchiligida ko‘ngil qattiqligi va ta’ma kasalligi oshkor va o‘zlari aql kamligiga giriftor.Ammo yosh bolalar tabiyatidagi qaysarlikni qiynalib rom qiluvchi va kichkinalarning olazarak xarakatini do‘q bilan tartibga soluvchidir.Agarchi qiliqlaring qo‘polligi namoyondir,ammo o‘zlari yosh bolalar kelishmaganliklarini silliqlashtirishga yirik egovdir”, -deb qoralash bilan birga o‘qituvchi mehnatining haqqini xolisona baholaydi.Alisher Navoiy o‘qituvchining xurmatini qanchalik joyiga qo‘ysa, unga bo‘lgan talabni xam shunchalik oshiradi. Ayniqsa madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma’naviy pok bo‘lishlarini talab etadi: ”mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgizmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgazmasa, nodonlikdansallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bo‘lmasa... YAramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa; qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir,yomon odatni tarqatuvchidir”.


    Download 4,45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   245




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish