Mashg‘ulot topshiriqlari topshiriq. «YOshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi: muammo va echimlar» mavzusida insho yozish.
Inshoni yozishga doir ko‘rsatmalar:
1) dastlab inshoning murakkab rejasini tuzing. U kirish, asosi qism (uchtaparagraf), xulosakabi qimlardan iboratbo‘lishi lozim;
2) inshoda fikrlaringizni asoslash uchun sitatalar kelti-ring;
3) har bir masala yuzasidan mustaqil xulosalar chiqaring;
4) inshoning hajmi uch sahifadan oshmasligi lozim.
2- topshiriq. «Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga erishnsh nima uchun zarur?» mavzusida erkin yozish topshirig‘i Topshiriq: «Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga erishish nima uchun zarur?» mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrla-ringizni daftarga yozing. O‘ylagan fikrlaringizni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma:
1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tugaganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. CHunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt nafar talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o‘qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi.
3- topshiriq. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarnga doir blits-so‘rov savollari 1. «Axloq», «axloqiylik», «etika» tushunchalariga ta’rif bering.
2. Mazkur tushunchalar o‘rtasidagi farq nimalarda namoyon bo‘ladi?
3. Sizningcha, mazkur tushunchalar bizning jamiyatimizda qay tarzda namoyon bo‘lmoqda?
4. Mazkur tushunchalar sizning hayotingizda qanday ahamiyatga ega?
5. Axloqiy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
6. Maktab, kollej va oliy ta’limdagi o‘qituvchilar sizning tarbiyangizga qanday ta’sir ko‘rsatishgan (ko‘rsatishmoqda)?
7. Siz kelajakda o‘z o‘quvchilaringizni qanday tarbiyalashni tasavvur qila olasizmi?
8. Siz kelajakda o‘z farzandlaringizni qanday tarbiyalashni xohlaysiz?
9. O‘zingizni tarbiyali inson deb ayta olasizmi?
10. O‘zingizni axloqli inson deb hisoblay olasizmi?
11. Sizda o‘zingiz tuzatishni xohlaydigan axloqiy kamchilik-lar mavjudmi?
12. O‘zingizda qanday sifatlarni rivojlantirishni xoh-laysiz?
13. Qanday inson axloqiy etuk hisoblanadi?
14. Sizningcha, axloqiy etuklik bugungi kunda qanday tarzda namoyon bo‘lishi muhim sanaladi?
15. Bugungi kunda tengdoshlaringizni axloqiy etuk insonlar deb ayta olasizmi?
16. Kursdoshlaringizning axloqiy rivojlanishidagi asosiy muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklarni sanab bering.