Milliy, sharqona tarbiya mezonlari deganda nimani tuShunasiz?
A) O‘zbekiston – Vatanim mening
B) Milliy g‘urur asoslari
V) Milliy odob-axloq
G) Vijdonlilik
D) YUqoridagilarning barchasi
Tarbiya metodlari deganda nimani tuShunasiz?
A) Quyidagilarning barchasi
B) Ibrat-namuna ko‘rsatish
V) Ishontirish, tuShuntirish va uqtirish
G) Rag‘batlantirish
D) Jazolash, tanbeh berish
Tarbiyaning qanday usullarini bilasiz?
A) Mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya
B) Odob-axloq tarbiyasi
V) Jismoniy tarbiya
G) Nafosat tarbiyasi
D) YUqoridagilarning barchasi
Dars jarayonida didaktik, tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va o‘quvchini rivojlantirish uchun nimaga ahamiyat berish kerak?
A)Butun dars davomida har bir o‘quvchining ongli aqliy faoliyatiga erishish.
B)O‘quvchining o‘z faoliyatiga va o‘zgalar faoliyatiga hissiy aloqadorligini ta’minlash hamda dars maqsadiga erishish.
V) Darsda o‘quvchining bilish faoliyatini motivlashtirish va darsda mustaqil yoki ijodiy topshiriqlarning bo‘lishi.
G) Butun dars davomida o‘quvchilarning refleksiya va o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlash.
D)YUqoridagilarning barchasi.
Quyida berilgan pedagogik masalalarni eching.
1- MASALA: YOsh o‘qituvchini 9- V sinfga sinf raxbari etib tayinladilar. Bu ancha murakkab bo‘lgan va yaqinda tashkil topgan sinf edi. Sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o‘quvchilar tarqoqedi. Sinf raxbari ularni sinf va maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakat qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu o‘qituvchiga xar bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir o‘zaro sog‘lom munosabatlarni o‘rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan edi. Sinf o‘quvchilaridan biri o‘z inshosida Shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu erda mening doimo yordamga tayyor bo‘lgan do‘stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do‘stlarim bor edi. Ular bilan juda ma’nisiz hayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni sevishga, ularning mehriga ishonishga, o‘z xatti-harakatim uchun javob berishga o‘rgandim. Men sinfimga biror-bir ziyon etkazishdan xavotirlanaman».
YOsh o‘qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo‘lgan sinfda ijobiy natijalarga erishishga nima yordam berdi deb uylaysiz?
2- MASALA: Sinfda qator yillar davomida saylangan kat’iy «faollar» boshqarib, «passiv»lar unga bo‘ysinib keldi. Lekin keyin ular bu xolatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi sinf rahbari oldingi o‘qituvchining xatosini to‘g‘rilash maqsadida kat’iy chora ko‘rdi. Sinfda qayta saylov o‘tkazilib, «faollar» o‘rnini «passivlar» egalladi. Lekin bir-ikki xaftadan so‘ng saylov o‘zini oqlamaganligi aniq bo‘ldi. Yangi faollarning bir qismi o‘z majburiyatini bajarishdan bosh tortsa, ikkinchi qismi kuch bilan tartib o‘rnatishga harakat qilishdi. Sinfda Yangi guruhlar tashkil topib, «passivlar» ikki barobar ortdi.
O‘qituvchi qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak edi? Qanday holda faol jamoani jipslashtirishga yordam berardi? Maktabda o‘z-o‘zini boshqarishning qanday xususiyatlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |