Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,31 Mb.
bet68/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. XVII-XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmidaMovarounnaxrda kanday ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi?

  2. Xonliklar davrida ilm-fan, ta’lim-tarbiyadagi o‘zgarishlar hakida gapiring.

  3. Jahon otin Uvaysiyning maktabdorlik faoliyati hakida gapiring.

  4. Jahon otinning qizlar maktabida ta’lim mazmuni. Metod va usuli xaqida gapiring.

  5. Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Odob as-solihin» asarida an’anaviy tarbiya tizimining davom ettirilishi xaqida so‘zlang.

  6. «Odob as-solihin» asarining hozirgi davridagi ahamiyati nimalardan iborat?

ADABIYOTLAR

  1. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashx ur siymolar, allomalar, adiblar). – T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1999.

  2. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Xasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: “O‘qituvchi”, 1996.

22- mavzu . XIX asrning ikkinchi yarimi va XX asr boshida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar


REJA

  1. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda maktablar tizimi. CHor Rossiyasining ta’lim siyosati.

2. Turkistonda maktablar tizimi.
3. V.R.Nalivkinning ta’lim rivojidagi xizmati.
4. Turkistonda rus maktablarining ochilishi.
5. Erlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi.
6. Turkistonda jadidchilik harakati.
7. Yangi usul maktablarining ochilishi.
8. M.Behbudiy, A.Avloniy, Munavvar Qori, A. SHakuriylarning Yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari.

Tayanch iboralar: rus-tuzem maktabi,jadidchilik harakati, Yangi usul maktablari,jadid namoyondalari, diniy-islomiytarbiyaviy muassasalar, qorixona, maktab- internat, xalilxona maktabi, litografiya.


Turkiston o‘lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va pedagogik fikr taraqqiyoti.


XIX asrning o‘rtalarida Turkiston o‘lkasida boshlang‘ich ma’lumot beradigan maktab xamda o‘rta va Oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. qishloq maktablari oddiy diniy ta’lim beruvchi maktablar edi. Bunday maktablarda arab tilida yozilgan qur’onni o‘qishni o‘rgatar, xar bir musulmon uchun zarur bo‘lgan asosiy vazifalarni o‘rgatishar edi.
SHaxar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va xisoblash yo‘llari o‘rgatilar, xalq orasida mashxur bo‘lgan shoirlarimizning asarlari /she’r va g‘azallari o‘qitilar edi/.
Oliy diniy maktab bo‘lgan madrasalarda o‘rta asrga oid falsafa va musulmon xuquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o‘tilardi. Maktab va madrasalarda dars o‘zbek, fors va arab-tojik tillarida olib boriladi.
Musulmon maktablaridi ta’lim 5 toifada bo‘lgan:

  1. quyi maktab – bu maktabda o‘g‘il bolalar o‘qitilgan.

  2. xalilxona maktabi - /namoz/ yod oldirib o‘rgatilgan.

  3. Qorixona - qur’on yod olingan.

  4. Maktab internat- bu maktabda xam diniy, xam dunyoviy fanlar o‘qitilib, o‘rta ma’lumot berilgan.

Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin maktab va madrasalarda o‘zgarishlar yuz bergan. Musulmon maktablarida bosmaxonada chop etilgan darsliklar yaratildi. Bosmaxonada qur’on va xaftiyaklar nashr qilingan, Xindiston va Eronlardan shoirlarning to‘plamlari nashr qilingan.
Sekin-astalik bilan maktablarda rus tilini o‘qitishga e’tibor berildi. XX asr boshlarida madrasalarda rus tilini o‘qitish joriy qilinsin degan ko‘rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda madrasalarda rus tilini o‘qitish joriy qilindi.
Asrimizning boshlariga kelib, Turkiston o‘lkasida yirik markaziy shaxarlarida madrasa ochildi. Ular Oliy ta’lim yo‘nalishida olib borildi. Buxoroda – 80, Qo‘qonda – 40, Samarqandada – 22, Marg‘ilonda – 28, Toshkentda – 17, Xeva xonligida 130 mavjud bo‘lib, ularda 400 dan 5000 tagacha talaba taxsil olardi.
Umuman olganda Turkistonda 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo‘lib, ularda 70955 talaba o‘qir edi.
Bu davrga kelib maxalliy fuqaro bolalaridan ilmiy kishilar tayyorlash maqsadida Xeva xoni Sayid Muxammad Raximxon Boxodirxoni Soniy –Feruz /1844-1910/ katta ishlarni amalga oshirdi. Uning tashabbusi bilan 1884 yili o‘z saroyida maktab ochilib, bu maktabda yoshlarga ta’lim-tarbiya berilardi. Feruz farmoniga muvofiq 1904 yili Urganchda birinchi Yangi usul maktabi ochildi. Unda Turkiyalik Xusayin Qo‘shaev degan o‘qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi. U Urganchda qizlar maktabini tashkil etdi. Bu maktabda Komila Qo‘shaeva qizlarga bilim berdi.
Ma’rifatparvar Komil Xorazmiy gimnaziya va maktablarda o‘qitish usulini Toshkent shaxridan o‘rganib kelib, bu soxadagi ishlarni jonlantirib yubordi. Bu maktablarda o‘quv dasturi xamda rejasiga – riyoziyot, tarix, jo‘g‘rofiya, tabiiyot, rus tili, maxalliy savod /ona tili/ va islomShunoslik fanlarini o‘qitish belgilanadi. Bu maktablarda mashg‘ulot jarayonida sharq mutafakkirlari Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab kabi bir qator shoirlarimiz bilan birga bir qatorda rus shoir yozuvchilarning asarlari o‘rganiladi. Shuningdek, san’at va maorif xamda madaniyatni rivojlantirish maqsadida, saroyda «Podshoxi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi.
«Litografiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «Litos- tosh va «grafos- yozaman» degan ma’noni bildiradi. Bu atama o‘zbek tilida toshbosma tarzida qo‘llanilgan.
Feruz saroyida bu toshbosmaxona ilk bor Abu Nasr Forobiyning «Nisobus-sibiyon» /Bolalar nasibasi/, Alisher Navoiyning «Xamsa» asaridan parcha, «Xayrat ul-abror» dostoni, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o‘nlab asarlar nashr etilgan.

MA’RIFATPARVARLIK XARAKATI VA TA’LIM-TARBIYA.




XIX asrning boshlaridan Buxorodagi ma’rifatparvar ruxoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktab tizimiga xamda islomdiniga kirib qolgan bid’yatlarni islox qilish fikri paydo bo‘la boshlaydi. Shunday isloxat tarafdorlarini ma’rifatparvarlar /jadidlar/, ya’ni Yangilik tarafdorlari deb atay boshladilar. O‘sha davrdan boshlab bunga qarama-qarshi bo‘lgan oqimlarni esa qadimistlar deb atay boshladilar. XIX asrlarida bir qancha ma’rifatparvarlar Buxoro shaxridagi 200 ga yaqin madrasani islox qilish g‘oyasini bilan chiqdilar. Qadimistlar esa ularni kofirlik va xudosizlikda aybladilar.
XIX asrning 50-60 yillarida diniy isloxatchilik Yanada kuchayadi. Bu davrdagi ma’rifatparvarlar madrasa va maktablarni islox qilishni emas, balki ortiqcha darslarni olib tashlash tarafdorlari edilar.
XIX asr oxiri – XX asrlarning boshlarida Turkistonda Chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko‘p joylarida ma’rifatparvarlar harakati kuchayib ketdi. Chunki ular avvalgidek ijtimoiy xorlik, iqtisodiy va madaniy qoloqlik sharoitida yashash mumkin emasliklarini tuShunib etgan edilar. Nafaqat Markaziy Osiyo, balki Rossiyada yashovchi xalqlar xam o‘z taqdirlarini o‘zgartirib, feodal tuzumning negizlarini parchalab tashlash orqali Yangi xayotga qadam qo‘yishlari mumkin edi. 1905 yili Rossiyada to‘ntarish sodir bo‘ldi. Bu to‘ntarishning asosiy maqsadi jamiyatni demokratlashtirish, sakkiz soatlik ish kunini joriy etish, dexqonlarga er-mulkni bo‘lib berish edi. 1907 yil Eron burjua tuShuntirish, 1908 yili Turkiya burjua to‘ntarishi, Markaziy Osiyoda ma’rifatparvarlik harakatining kuchayishiga va rasmiylaShuviga katta axamiyat kasb etdi.
Ma’rifatparvarlar jamiyatni to‘ntarish yo‘li bilan emas, isloxatlar yo‘li bilan rivojlantirishni asosiy vazifasi deb belgiladilar. Umuman ular insonlarni sinflarga bo‘lib tashlash emas, balki ularni qadimchilar bilan xam ittifoq qilib, xalq va kelajak yo‘lida ishlash, tinch-totuv yashash va ishlashi g‘oyasini ilgari surdilar.
Ma’rifatparvarlar 1906 yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirdilar va o‘z g‘oyalarini tarqatdilar. Keyinchalik «Xurshid», «Shuhrat» singari Yangi gazetalar nashr ettirildi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida ma’rifatparvar maktablarida diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy ilmlar xam keng tarqatilgan edi.
Ma’rifatparvarlarning harakat dasturlari qo‘yidagi masalalarni xal qilishga qaratilgan edi.

  1. Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.

  2. Feodal davri maorif tizimini islox qilish, dunyoviy bilimlarni onatilida o‘qitishga moslangan Yangi maktablarni tashkil etish.

  3. Ma’rifatparvarlik g‘oyalarini xalq ommasiga etkazish va adabiy tilini ishlab chiqish xalq ommasiga tuShunarli bo‘lgan adabiyot va teatrni yaratish.

  4. Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va maktablarda taxsil olishiga imkoniyat yaratish.

  5. Maxalliy boylar va savdogar axolining siyosiy va iqtisodiy jixatdan rus burjuaziyasi bilan bir xuquqda bo‘lish xamda mustamlakachilik siyosatini islox qilish.

Asosiy talablari mana Shundan iborat ma’rifatparvarlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bo‘lib, ular Shu qurol yordamida o‘lkada ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi edilar.
Ma’rifatparvarlar harakati savod chiqarish uslubining Yangicha shakllarini ijod qildilar. Ular tomonidan matematika, geografiya, tarix, tabiiyot kabi fanlarning darsliklari dasturi ishlab chiqildi.
Markaziy Osiyo jadid ma’rifatparvarlaridan M.Bexbudiy, Munavvar qori, Fitrat, S.Ayniy, Isxokxon Ibrat, SHakuriylar ma’rifatparvar harakatining asoschilaridir.
XX asr boshlaridan 30 yillar o‘rtalarigacha Turkiston va butun Rossiya ijtimoiy xayotida yuz bergan ko‘plab voqea va xodisalar ma’rifatparvarlarning oqimi harakati bilan bog‘liqdir.
1917 yil to‘ntarishdan keyin ma’rifatparvarlar o‘z qarashlarini turli shakllarda davom ettirdilar. Ular g‘oyat mustaxkam iymon e’tiqodli bo‘lganliklaridan o‘z yo‘laridan qaytmadilar.

Turkistonda ilg‘or ma’rifatparvarlarning pedagogik qarashlari.


Turkistonda ma’rifatparvar harakati asoschilaridan biri, jaxonga mashxur bo‘lgan o‘zbekning yagona jug‘rofiyaShunosi, ulug‘ pedagog va axloqShunos, yuksak didli jurnalist, Maxmudxuja Bexbudiy 1874 yil Samarkandda tavallud topdi.
Bexbudiy Turkistonda ma’rifat maktabini tashkil etdi va Shu maktablarni kitoblar bilan ta’minlashda jonbozlik kursatdi. U Samarkandning eski shaxarlarida qirotxona, kutubxona, o‘z xovlisida maktab ochdi.
M.Bexbudiy ma’rifatparvar maktablari uchun darsliklar yozdi.
M-n: «Mutaxtam jo‘g‘rofiya umumiy» /qisqacha umumiy jo‘g‘rofiya», «qibatul-atfol» / «Bolalar maktubi» /. Muxtarasi tarixi islom» / «Islomning qisqacha tarixi/, «Amaliyoti islom» va boshqa kitoblari darslik sifatida o‘kitilgan.
Bexbudiyning ochgan maktablarida o‘qitish quyidagicha tartibda olib borilar edi:
«Maktab 2 bosqichdan iborat bo‘lib 1-chi bosqich – ibtidoiy kism, 2-bochqichda – rushadiya bulib, unga to‘rt sinf-ibtidoyi qismni tamomlaganlar o‘tqazilar edi. 1-chi bosqichda 4 yil o‘qitiladi. Birinchi yilda : forscha arabcha xamda o‘qishni o‘rganilgan. 2-chi yilda: haftiyak, imon va e’tiqoddan dars, fors, turkiy va arab tilida she’rlar o‘qitilgan. 3-chi yilda qur’oni Karim, islom ibodati, tajvix, fors va turkiy til puxta o‘rganilgan. 4-chi yilda: esa Kalomu sharif, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, xisob, tarix va jo‘g‘rofiya o‘qitilgan. Bu to‘rt sinfni tamomlaganlarni muallim o‘zi taqsimlagan. Xoxlasa 2-bosqichga qoldirar edi.
Maktabning 2-bosqichida esa 1- yili arab tili, jo‘g‘rofiya, fors yozuvi , 3-yili arab tili, xisob, xat yozuvi, tarix, turkiy til, rus tili o‘qitilgan, 4- yil arab tili, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va xayot, ishq va muxabbatsiz axloq va boshqa ko‘pgina xayotiy darslar o‘qitilgan.
Bexbudiy maktabining xar yilning so‘ngida imtixon o‘tkazilar edi. Imtixonlarga ota-onalar va boshqa mexmonlar taklif etilar edi. Bexbudiy butun vujudi bilan muallim edi. U ta’lim va tarbiya va uning muammolari to‘g‘risida asarlar yozdi.
M-n: «Iymon va islom», «Xurriyat-ozodlik-erkinlik», «Taxsil oyi», «Vatanparvarlik kerak», «Bizga islox kerak» va boshqalar.
Bexbudiy Turkistonning kelajagini uning Yangi kadrlarida, mutaxassislarida va o‘qimishli yoshlarda deb bilardi. Shuning uchun xar bir yozgan maqolasida Yangi taraqqiyotga javob beradigan kadrlarni tarbiyalab etishtirish masalasini qo‘yardi. Shundagina o‘n yillar orasida bizda yaxshi-yaxshi o‘qimishli muxandis, shifokor, xuquqShunos, iqtisodchi kabi mutaxassislar etishib chiqadi, degan umid qiladi.
Abdurashidxon Sotiboldixon olim o‘g‘li Munavvar qori 1878 yili Toshkent shaxrida dunyoga keladi.
Munvvar qori rus tuzem maktablariga qarshi chiqib o‘zining Yangi Toshkentda «usuli savtiya» maktabini ochdi. U maktabni o‘z xovlisida ochdi.
Munavvar qori 1909 yili O‘baydulla Xo‘jaev, Abdulla Avloniy, Karim Norbekov va boshqalar bilan xamkorlikda Toshkentlik bir boyning raisligida «jamiyati xayriya» tashkil etadi. Bu jamiyat orqali qashshoq va kasalmand kishilarga, o‘quvchilarga yordam ko‘rsatadi, xamda Rossiya va Turkiyadagi oliy o‘quv yurtlariga talabalar yuborish bilan xam Shug‘ullanadi.
Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan. U ko‘p adiblarning asarlarini mutolaa qilgan.
Munavvar qori 1917 yil may oyida taraqqiyparvar musulmon yoshlari va ruxoniylari ishtirokida o‘tgan qurultoyda «SHo‘roi islomiya» jamiyati raisining muovini etib saylandi. Uning atrofiga ilg‘or kishilar to‘plana boshladi.
1918 yili Toshkentda «Turk o‘chog‘i»ilmiy-madaniy jamiyat tuzdi. Bu jamiyat asosiy maqsadi Turkiston xalqini ma’rifatli qilib tarbiyalash, xamda san’at va madaniyatni rivojlantirish edi.
Abdulla Avloniyning hayoti va ijodiyoti: ijodkor, adib,o‘qituvchi, san’atShunos olim 1878 yilning 12 iyulida Toshkentdagi Mergancha maxalasida tug‘ildi.
Abdulla Avloniy dastlabki boshlang‘ich ta’limni O‘qchidagi madrasada, so‘ng SHayxontoxurdagi Abdumalikboy madrasasida tahsil oldi. Avloniy tarjimai xolida Shunday yozgan edi:
"1891 yildan boshlab faqat qish kunlarida o‘qib boshqa fasllarda mardikor ishladim". Ubo‘sh vaqtlarida Navoiy, Fuzuliy,Sa’diy SHeroziylarni asarlarini sevib o‘qib o‘zi xam she’r yozishga kirishgan edi.
1904 yildan boshlab uning ijodiy faoliyatida keskin o‘zgarishlar vujudga keldi:
U Mirobod maxallasida, keyinchalik Degrez mahallasida Yangi usuldagi maktablarni ochdi. Bu maktablarda sinf - dars tartibi o‘quvchilar jamoasi tovush usulidan foydalangan xolda bolalarni 6 oyda savodlari chiqar edi. Bolalarni bilimini aniqlash maqsadida imtixon joriy etilgan edi. Maktablardagi o‘quv asbob-jihozlarini o‘zgartirdi, o‘z qo‘li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag‘al kishilarning bolalari bo‘lganligi uchun ularni kiyim - kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida, do‘stlarining ko‘magida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi va bu jamiyatga o‘zi raislik qiladi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga ko‘ra mashg‘ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi. U o‘z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, xikmat kabi fanlardan muayYan ma’lumotlar beradi.
1905 yildagi inqilobiy harakatlar natijasida Turkistonda "Taraqqiy", "Xurshid", "Tujjor" kabi ro‘znomalar paydo bo‘ldi. Avloniy xam tashabbus ko‘rsatib, 1907 yil 4 dekabrda uning muharrirligida "Shuxrat" ro‘znomasining birinchi soni bosmadan chiqdi. Avloniyning ma’rifatchilik faoliyati jarayonida ijtimoiy hayot xodisalarni ta’sirida maqola va she’rlari ro‘znomalarda bosilib chiqdi. U she’rlarida "Xijron" taxallusi bilan maqolalarini esa "Mulla Abdulla", "Avloniy" yoki "Abdulla Avloniy" deb nashr etar edi. U 1913 yildan boshlab teatrchilik ishlari bilan Shug‘ullanadi. U birinchi "Turkiston" nomli teatr truppasini tuzdi. 1914-1915 yillarda teatr truppasi Turkistonni bir qator o‘lkalarida o‘z faoliyatlarini namoyish qildilar.
Abdulla Avloniy boshlang‘ich ta’limning mazmunini millat istiqboliga qarab belgilaydi. Unda insonni milliy zaruratga chorlaydigan xalq yaratgan so‘z san’atidagi durdonalar o‘z aksini topgan. Unda inson qalbiga ziyo nurlarini beradigan ajdodlarimiz meroslari asosiy o‘rinni egallaydi. Shuningdek, unda buyuk siymolarning asarlari xamda o‘z qalamiga mansub asarlaridan xam foydalaniladi. Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” 1917 to‘ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval”iga suYanadi.(dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalanadi).
Avloniyning “Ikkinchi muallim” kitobi “Birinchi muallim” kitobining uzviy davomidir.
Kitob maktabni olqishlovchi she’r bilan boshlanadi:
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur.
Maktab g‘ami vayron qilur,
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur xusnu jamol,
Maktabdadur milliy xayol,
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Bu she’rda Avloniy maktabni insonning najot yo‘li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish