Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,31 Mb.
bet65/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Nazorat savollari:
1. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalarining yoritilishi?
2. Navoiyning maktab va madrasaslar rivojiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida gapiring?
3. Navoiyning o‘qituvchi(mudarris) to‘g‘risidagi fikrlari aytib bering?
4.“Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar taraqqiyotidagi o‘rni to‘g‘risida fikringiz?


ADABIYOTLAR

  1. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashx ur siymolar, allomalar, adiblar). – T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1999.

  2. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Xasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: “O‘qituvchi”, 1996.

  3. Hashimov K, Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: “O‘zbekiston milliy kutubxonasi” nashriyoti, 2005.

  4. Hoshimov K., Ochil S. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 1999.

  5. Hoshimov K., Ochil S. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 2010.

21- mavzu. XVII asrdan XIX asrning yarmigacha maktab va pedagogik fikrlar rivoji.


REJA

  1. Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya.

  2. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni.

  3. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni.

  4. Munis Xorazmiyning «Savodi ta’lim» asari – husnihatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida.

  5. Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Odob as-solihin» asari – yuksak ma’naviy - axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.

Tayanch iboralar: Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari, madrasa, qizlar maktabi, Munis Xorazmiy, “Savodi ta’lim”, Muxammad Sodiq Qoshg‘oriy, “Odob as-solixin”


Movarounnaxrda bir yuz ellik yil asrning birinchi yarmida xukumronlik qilgan temuriylar sulolasi inqirozga yuz tutib, uning xonxikxarida ilm-fan va o‘rniga SHayboniylar xukumronligi o‘rnatildi. Lekin SHayboniyxon xam (1451-1510) kuchli markazlashgan davlat barpo kilishga qay darajada harakat qilgan bo‘lsa xam, uning o‘limidan so‘ng o‘zaro urushlar avj olib ketib, bu xududda uch xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo‘qon xonligi paydo bo‘ldi.
Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatildi. Jumladan, Hindiston SHox Akbar, SHarqiy Ovrupodan Ivan Grozniylar bilan do‘stona aloqa o‘rnatildi.
Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar, xonaqoh va ko‘priklar, suv omborlar va boshqa inshootlar qurildi- Bu davrda «Abdullanoma» nomli tarixiy kitob yozildi. Tibbiyot soxasida Sultonali Samarqandiyning «Dastur al-iloj», Muqammad Yusuf Mahxolning «Taxqiq al xumayot», «Zubdat ul-qaxxolin» asarlari, SHayboniyxonning «Tavorixi guzidayi nusratnoma», Boburning «Boburnoma», Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe», fazliddin Ibn Ro‘zbekxonning «Mexmonnomayi Buxoro» kabi asarlarida o‘sha davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma’rifiy xayoti o‘z aksini topgan.
XVII-XVIII asrlarda me’morchilik soxasida ham katta inshootlar qurildi. Masalan, Buxoroda Imomqulixonning nufuzli amaldoridan Nodir devonbegi masjid, xovuz, madrasalardan iborat katta me’moriy ansamblg‘ qurdirdi. Shuningdek, Samarqanddan 4 chaqirim Janubda Xo‘ja Axror qabri oldiga madrasa va Nomozgox barpo etdi.
Bu davrda Muxammad Balxiyning 5000 baytdan iborat «Subxonqulixonnoma», Mirmuxammad amir Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muxammad Vali Samarqandiyning 200 nafar adabiyot arboblarining tarjimai xoliga oid ma’lumotlar berilgan «Muzakkirul asxob» nomli asari, Shuningdek, Sayido Nasafi, So‘fi Olloyor, Boboraxim Mashrablarning asarlari yuzaga keldi. Bu davrda ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida; turmushda xam, oilada xam xar bir kishi aloxida diniy talablarga rioya etar edi. Madrasalarda deyarlik iloxiy bilimlar berilishiga qaramay, madrasani bitirganlardan mudarris, mufti, qozi, imomlar bilan bir qatorda mashxur shoir, olimlar xam etishib chiqdi. Boboraxim Mashrab, Muxammad Amin Kosoniy-Namangoniy, Fazliy Namangoniy, Sayido Nasafiy, So‘fi Olloyor, Muxammad Mir Olim Buxoriy, Abdulg‘oziy Baxodirxon ana Shunday ilm soxiblaridandir. Bu davrda ko‘proq adabiyot tarix, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi. Lekin tabiiy fanlarga xam oid ajratilgan «Xisoblash usullari xaqida risola» nomli matematikaga doir muxim asar xam yuzaga keldi.
Abdulg‘oziyning «SHajarai turk» asari xam SHarq, xam Ovrupo olimlarning diqqatini o‘ziga tortdi. Bundan tashqari qator tarixiy asarlar xam maydonga keldi.
XVII asrda yashagan ma’rifatparvar olim So‘fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» asari «So‘fi Olloyor» nomi bilan mashxur bo‘lib, maktablarda savod chiqarilishi bilan o‘kitilar edi. Unda islom dinining asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgan. Qo‘qonda xam ko‘plab ilmiy, ma’rifiy maskanlar paydo bo‘lib, yirik adabiy muxit yaratilgan. fazliy va Mushrif tomonidan tuzilgan «Majmuat ush-Shuaro» to‘plami buning misolidir. Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Xivada bino bo‘lgan SHayx Jalol madrasasi, Samarqandda Registon maydoni, SHerdor va Tillaqori, Devonbegi, Xivada Arabmuxammad madrasalari ilm-ma’rifatning rivojlanishga katta xissa qo‘shdi.
Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, xikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, xuquqShunoslik, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik taqsimoti kabi dunyoviy xamda ilmiy bilimlar o‘rgatilar edi. Shuningdek, barcha madrasalarda albatta fan sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob-os-solixin», «Maslik ul-Mutakkin», «Sabod ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Xadislar» o‘qitilar edi.
Uqish muddati 15-20 yilni tashkil etib, masjid yonidagi maktabda esa bolalar 7 yil alifbo, abjad, Qur’on, farzi ayn, CHor kitob, Xoja Xofiz, «Maslik ul-Mutakkin», Mirzo Bedildan savod o‘rgatilar edi. o‘zbek bolalari o‘qiydigan maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr», «Devoni Alisher Navoiy», «Qissai devona Mashrab», So‘fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» kitobi o‘qitilgan.
2.Jahon Otin Uvaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga qo‘shgan hissasi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ayollar ta’limi xam rivojlana boshladi. Uqimishli, ma’rifatli, ziyoli ayollar tomonidan maktablar tashkil etiladi va bu maktablar otinlar maktabi deb nomlandi. o‘zbek diyorida otinlar maktabining yirik namoyondalaridan biri — Jaxon otin Uvaysiy edi.
Jaxon otin Uvaysiy (1789-90 Marg‘ilon — 1850 y. Marg‘ilon)-XIX asr Qo‘qon madaniy muxitning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri etuk shoira va maktabdor muallimalardandir. Jaxon otin Uvaysiyning she’rlar va maktabdorlik xizmatlari xalq ommasi orasida keng yoyilgan.
U Marg‘ilonning CHilduxtaron maxallasida she’riyatga ixlosmand Siddiq bobo (Qaynar devona xam deb atashadi) va CHinni bibilar oilasida dunyoga keladi. Otasi kosibchilik qilgan, onasi esa savodli ayol bo‘lib, maktabdorlik qilgan va maxalla axli qizlarini o‘qitgan.
Jaxon otin yoshligidan boshlab onasidan savod o‘rgangan, kichikligidayoq akasi ikkalasi Oxunjon xofizdan dutor, tanbur chalish, musiqa ilmining amaliy tomonlarini xam egallaydi. Otasidan esa arab, fors tillari va adabiyot sirlarini o‘rganishga harakat qiladi.
Otasi tez orada vafot etib, onasi bilan qolgan Jaxon otin o‘zi mustakil ravishda Xofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi sharq she’riyatining buyuk namoyondalari ijodini o‘rganadi. Onasi va akasi Oxunjon Jaxon otinni 17 yoshida Marg‘ilonga Xojixon ismli kishiga uzatadilar. Xojixon savodli, adabiyotga do‘st va ma’rifatli inson edi. Jaxon otin undan ikki farzand ko‘radi.
Jaxon otin Uvaysiy endi mustaqil ravishda Marg‘ilon va uning atrofidagi qizlarni o‘qita boshladi. Qizlarga xat-savod o‘rgatadi. Ilmiy musiqadan dars beradi. Uvaysiy qizlarga she’r yozishning uslublarini ham o‘rgatadi. Muallimlik kasbiga Uvaysiy ixlos bilan qaraydi. Ilmga tashna qizlarga sidqidil bilan dars beradi. Bu xol uning g‘azallarida xam o‘z ifodasini topgandir:

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish