Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Mavzu:Xadis ilmi va uning tarbiyaviy axamiyati



Download 4,31 Mb.
bet126/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Mavzu:Xadis ilmi va uning tarbiyaviy axamiyati.
Reja

  1. Islom dini va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri, musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya

  2. Hadis ilmining paydo bo‘lishi.

  3. So‘fiylik ta’limotida etuk inson muammosining talqin etilishi

  4. SHarq uyg‘onish davri va undagi ta’lim-tarbiya masalalari.

Maqsad: Talabalarda xadis ilmining paydo bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarni xosil qilish.


Ma’lumki, arablar zabt etgan mamlakatlarda er-mulk munosobatlari, shahar hayoti, mulkiy qonun-qoidalar majmui, xokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy-maishiy hayot arablar mamlakatidagiga qaraganda ancha murakkab edi. O‘rta Osiyoda Zaradusht dinining keng yoyilishi, diniy urf-odat, munosobat, e’tiqodning shakllanishi Yangi islom dinining targ‘ib etishga arablar o‘ylaganlaridek imkon bermasdi. Bu erlarda butun bir qator muammolar va talab-extiyojlarga duch keldilarki, ularga qur’on to‘la javob bera olmas edi. By davrlarda hali arablar diniy jamoa va davlat, din va siyosat, diniy qonun va davlat xuquqini aniq farqlamaganliklari tufayli Yangi ijgimoiy munosobatlarga asoslanadigan hayotning hamma talablariga javobni iste’lochilar din nufuzi bilan asoslashga harakat qilganlar. Shundagina guyo payg‘ambar Muhammad hayotligida bo‘lib o‘tgan amaliy ishlar va uning taxminiy so‘zlariga taYana boshlaganlar. Shu tariqa pand-nasihatlar yig‘indisi - Sunna shakllangan. Arabcha Sunna ( as-sunna, ko‘plikda sunan) – yo‘l, yo‘nalish, ko‘chma manosi –«ajdodlardan qolgan urf-odatlar», Yani rivoyatlar, «naql», «xotira», «odat», «an’ana», «xatti-harakat» ma’nolarini beradi. Sunna islomda Qur’ondan keyingi, uni to‘ldiruvchi manba, islom ilohiyoti va shariatining ikkinchi asosi sifatida etirof etilgan. Musulmon sunnalari ko‘plab xadislardan tashkil topgan. Xadis so‘zining dastlabki ma’nosi (ar. ko‘plikda «axadis» so‘zidan)-«xabar», «xikoya», «bildirish», tor ma’noda «parcha» (sitata), Rasmiy ma’noda xadis - Muhammad so‘zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu ma’noda xadis faqat Muhammad so‘zlariga nisbatangina ishlatiladi. Ba’zi ulamolar esa, xadis deganda faqat payg‘ambarnigina emas, balki saxoba va tobelarning ham bergan xabarlarini tuShunadi.
Xadis - islom olamida payg‘ambarimiz Muhammad alayxis salomning xislatlari, xatti-harakatlari, diniy va axloqiy ko‘rsatmalari haqida ma’lumot beruvchi didaktik xarakterdagi ta’limot xisoblanadi.
Xadislarda ilgari surilgan fikrlar, pand-nasihatlar xalq-og‘zaki ijodi, xalq pedagogikasi bilan chambarchas bog‘lanib ketganligini ko‘ramiz. Ular hayotiyligi, hayotiy tajribalar orqali bildirilgan xulosalar, fikr-mulohazalar yig‘indisi ekanligi bilan ajralib turadi. Xadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar ko‘chaytiriladi, nasihat va talab shaklida xalqqa etkaziladi, xalq idealiga zid xislatlar esa salbiy jihatdan bo‘rttiriladi, yomon oqibatlaridan ogoh etiladi. Bunday xollarda mubolog‘a usuli orqali xadislarning tarbiyaviy ta’siri ko‘chaytiriladi. Xalq idealiga mos kelmaydigan noinsoniy xislatlar: ochko‘zlik, o‘g‘rilik, adolatsizlik, tekinxo‘rlik, yalqovlik, xiyonatkorlik, ota-onaga xurmatsizlik, poraxo‘rlik, insofsizlik va boshqalar qoralanadi.
Xadislarda kishilarning axloqiga qo‘yiladigan shar’iy talablar bayon etilgan. Ular insonning ma’naviy-axloqiy kamolotiga asos bo‘ladi. Xadislarda farz, vojib, xalol, xarom kabilar bilan 6ip qatorda insoniy fazilatlar, axloqiy yo‘l yo‘riqlar talqin etiladi. YAxshi insoniy fazilatlar - ilm egallash, xalollik, to‘g‘ri so‘zlik, adolat, mehr-oqibat, ota-onani hurmat qilish, saxiylik, poklik, diyonat ulug‘lanadi. Xadislar xalqni tarbiyalashga, axoq-odobga, diniy e’tiqodga chaqirish bilan birga xalqning hayotini, uning o‘tmishdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush darajasini o‘rganishda muhim manba xisoblanadi. Xadislar zaminida kishilarning etiqodi, yashashdan maqsadi, borliqqa munosabati, tafakkuri, ma’naviy ruhiy olamini ko‘ramiz.
SHarq Uyg‘onish davrining IX asriga kelib, xadislar to‘plamiga bo‘lgan extiyojning ortib borishini ko‘ramiz. Aynan bu davrda yozma manbalarning soni birmuncha ortib bordi. Kelajak avlod tarbiyasi manfaati yo‘lida ko‘plab xadisShunoslar faoliyati paydo bo‘ldi. Ular umuminsoniyat ma’naviy olamini aks ettiruvchi ko‘plab xadislar to‘plamini yaratdilarki, bu bebaho durdonalar bugungi kunda ham o‘z pedagogik tasirini yo‘qotmagan, balki insoniyatni go‘zal, ma’na­viy olamga hamon chorlab kelmoqda.
Birinchi xadislar to‘plami Ibn SHixob az-Zuxriy tomonidan yozilgan. Movarounnaxrda esa birinchi bo‘lib xadislar to‘plagan muxaddis- Imom Abdulloxibn Muborak al- Marvaziydir.
Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to‘plam (as-saxix, as-sitta)ni yaratgan muxaddislar ham vatandoshlarimiz bo‘lib, xadis ilmi rivojlangan IX asrda yashab ijod etganlar. Bular Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Xajjoj, Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, Imom Axmad an-Nasoiy, Imom Abu Abdulox Muhammad ibn YAzid ibn Mojja kabi allomalardir.
Olimlar al-kutub - as-sitta (olti kitob)ni qo‘yidagilardan iborat deb ko‘rsatadilar.
1. Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan yozilgai «As- Saxix» .

  1. Imom Muslim an-Nishopuriy (Imom Muslim ibn al-Xajjoj) tomonidan yozilgan «As – Saxix».

  2. Imom Ibn Mojja tomonidan yozilgan «Sunan».

  3. Imom Abu Dovud Sulaymon-Sijistoniy tomonidan yozilgan «Sunan».

  4. Imom ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozilgan «Aj-jami al-kabir».

6 Axmad an-Nasoiy tomonidan yozilgan «Sunan» kabi to‘plamlardir;
Xadislarni tasnif etish jarayonida «musnad», «saxix», «sunan» kabi turli yo‘nalishlari paydo bo‘ldi.
1. «Musnad» yo‘nalishida tasnif etilgan to‘plamlarda turli mavzuidagi xadislar bir joyga keltirilib, ular xadis rivoyat qiluvchi saxobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko‘ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abdullo ibn Muso, Imom Axmad ibn Xanbalning xadis kitoblari ana Shu yo‘nalishlarga mansubdir.
2. «Saxix»' yo‘nalishiga buyuk muxaddis Imom Buxoriy asos solganlar . Bu yo‘nalishda tasnif etilgan to‘plamlarga faqat to‘g‘ri, ishonarli xadislar kiritilgan. Ishonchli xadislar diniy ta’limotni xar qanday yolg‘onlardan, bo‘xtonlardan saqlaydi musulmonlarniig islom diniga, uning qonun-qoidalariga nisbatan ishonchini, e’tiqodini mustaxkamlashga xizmat qiladi.
3. «Sunan» yo‘nalishidagi to‘plamlarga esa to‘g‘ri, ishonarli xadislar bilan bir qatorda «zaif» xadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, at-Termiziy, an-Nisoiy , ibn Mojjaning muallafotlari ana Shu yo‘nalishlarga mansubdir.
Imom Buxoriyning «Al-Jome as-saxix» deb nomlangan 4 jilddan iborat xadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muxaddislar tuzgan to‘plamlar orasida eng ishonarli va mukammalidir. To‘plamda Muhammad va uning saxobalari haqidagi xadislardan tashqari fikx, islom marosimchiligi, axloq-odob, talim-tarbiya hamda o‘sha davr tarixi va etnografiyasiga oid xadislar ham mavjud bo‘lib, unga 600 ming xadisdan faqat 7250 ta eng «saxix», xaqqoniy, ishonchli xadislar kiritilgan. Mazkur to‘plam Misr va boshqa bip qancha mamlakatlarda juda ko‘p marta chop etilgan, unga yirik ulamolar tomonidan sharx bitilgan. Bu kitob yozilganiga xijriy bo‘yicha 1200 yilcha bo‘ldi. O‘sha davrdan boshlab barcha ulomalar bu asarga qur’ondan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan manba deb baho berib keladilar.
Manbalarda ko‘rsatilishicha, Imom al-Buxoriy Imom at-Termiziyning xadislarini sinchiklab o‘rganishdagi nodir qobiliyati, taqvodagi ustunligini tan olgan va bunga shoxidlik bergan.
Taniqli muxaddislarning ko‘plari Imom at-Termiziyning xadis ilmini takomillashtirish va uni kelgusi avdodlarga sof xolda etkazishdagi xizmatlarini yuqori baholaganlar. At-Termiziyning fikx boblariga moslab tasnif qilgan «Sunan» nomli kitobi tegishli mavzularni o‘z ichiga atroflicha qamrab olganligi sababli «Al-Jome as-saxix» deb nom olgan.
Bobokolonimiz at-Termiziyning buyukligi Shundaki, u o‘z kitoblarida asosan Shu g‘oYani tarannum etgan: «Inson insonning do‘sti, birodaridir. Inson insonga zulm ham qilmasligi, muhtoj damlarda inson insonni tashlab qo‘ymasligi kerak».
Xadislar mazmunan ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy, iqtisodiy, ekologik, badiiy, estetik masalalarni qamrab olgan.
Xadislarda jamiyat taraqqiyoti, insoniyat kamoloti haqidagi falsafiy nuqtai nazar, Yani taraqqiyotning ziddiyatlarsiz bo‘lishi mumkin emasligi didaktik xarakterda, diniy-badiiy yo‘l bilan musulmonlar ongiga singdirildi. Abu Sayd ad-Xudriy aytadilar: «Kishi qoqilmay, toymay turib aqlli, xulqli bo‘la olmaydi va xar bir yaxshi-yomonni boshidan kechirmay turib xakim bo‘la olmaydi» (565-xadis).
Xadiclap orqali bayon etilgan barcha pand-nasihatlar, xikmatlar, ibratlar va nasihatlar inson shaxsiga qaratilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifalaridan biri insoniyatni ogox etish, yaxshlik otiga xizmat qilishga chaqirishdan iboratdir.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayx Salomlarning nasihatlariga ko‘ra xar bir inson o‘z millati, zoti, irqi, mol-dunyosiga qaramasdan sahovatli, mexr-muruvvatli bo‘lmog‘i lozim. Ushbu fazilatlar insoniyatni boshqa mavjudodlardan ajratib turadi. Xadislar sotsial adolatsizlik xukm surgan davrda barcha toifa ahllarini Ollohning yaratilgan bandalari, ularga jabr-zulm qilmaslik, noxaq jazolamaslik, inson sifatida xurmat qilish munosobatlarini ilgari surgan. Shu bilan birga sotsial hayotga ko‘nikish, azob-oqibatning oxiri rohat, sabr-bardoshlik, huzur-halovatga, 0lloh muruvvatiga sazovorlikka olib kelish g‘oyalari asosiy o‘rinni egallaydi.
Xadislarda, qur’oni Karim suralari va oyatlarida mujassam etil­gan bunday fikrlar insonni umidsizlikka tushirmaydi, uni ezgu ishlarga namunali xulqqa, ma’naviy kurashga ilxomlantiradi.
Xadislarda inson xatti- harakati, munosabati, muloqati savob va gunox mezonlari bilan o‘lchanadi. Xatti-harakatlarning ahamiyatiga qarab savob yoki gunox darajalari belgilanadi. Ijobiy axloq fazilatlarining yuqori mezonlari Imon, E’tiqod, Vijdon, Ilm orqali belgilangan. Axloqiy fazilatlariing majmuasi insonning ma’naviy olamini tashkil etadi. Xadislar belgilangan maqsadlariga ko‘ra diniy, axloq-odob xarakteriga ega. Diniy xarakterdagi xadislar diniy talab, e’tiqod qonun qoidalarini oydinlashtirsa, axloq-odob xarakteridagi xadislar inson xulqi, ma’naviy olamining bir necha yo‘nalishlarini qamrab olgan. Ularni biz shartli ravishda g‘oyaviy, estetik, jismoniy, iqtisodiy, aqliy, axloqiy, baynalminal, vatanparvalik tarbiya tasnifini tuzishimiz mumkii. Xadislarda insonparvarlik, demokratiklik munosobatlar ulug‘lanadi va xar bir insonni unga chaqiradi.
Xadislarda ilm poklik, xalollik, kishilarni yaxshilik sari boshlovchi, korong‘ilikda yo‘l ko‘rsatuvchi mash’al tariqasida talqin qilinadi. Ilmli kishi aql-idrok chirog‘i orqali Ollohning kuch - qudratini zakovatini anglashga erishadi degan g‘oYani ilgari so‘radi.
SHarq tarbiyasining mohiyatida ota-onaga mehr-muhabbat, xurmat, izzat, e’zoz yotadi. Ularni ranjitmaslik, ularga nisbatan xushmuomala bo‘lish, istak va hohishini vojib etish, xafa qilmaslik sodiq, sadoqatli bo‘lish farzandning ota-ona oldidagi farzihisoblanadi. Ota-onaga shak keltirish, karg‘ishini olish, ularni ziyorat qilmaslik, xo‘rlash, so‘kish, qo‘pol muomalada bo‘lish, ularning ismlarini aytib chaqirish, ulardan ilgari yurish, davralarda ulardan yuqorida o‘tirish qoralanadi.

Nazorat topshiriqlari.


1-topshiriq.Quyida keltirilgan xadislarning mazmun mohiyatini tuShuntirib bering.


YAxshi muomala qilmog‘iga kim xakliroq?


Abu Xurayra rivoyat qiladilar:« Bir odam Rasulullox Sallalloxu alayxi va sallamning xuzurlariga kelib: « YO Rasulullox, mening yaxshi muomala kilmog‘imga kim xaqlirokdir?» - deb so‘radi. Janob Rasulullox «Onang!» - deb aytdilar. U: «Yana kim?» - deb so‘radi. Janob Rasululox: «Onang!» - dedilar. U: «Yana kim?» - dedi. Janob Rasulullox: «Onang!»-dedilar. U: «Yana kim?» - deb so‘radi. Janob Rasulullox (bu safar) : «Otang!» - deb javob qildilar».

Abdullox ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam: «Odam qiladirgan gunoxi azimlardan biri ota-onasini xaqorat qilmoqdir!»- dedilar. Shunda: «YO Rasulullox, odam o‘z ota-onasini qanday qilib xaqorat qilmog‘i mumkin?!» - deyishdi. Janob Rasulullox: «Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini xaqorat qilgan bo‘lur»,-deb javob qildilar.


23-mavzu: Abu Nasr Farobiy ta’lim-tarbiya to‘g‘risida.
REJA.

  1. Forobiyning ilmiy-falsafiy ta’limoti.

  2. Forobiy axloqiy, ijtimoiy, nafosat tarbiyasi haqida.

  3. Forobiyning fozil insonni shakllantirishga oid qarashlarining hozirgi davrdagi ahamiyati.

SHarq uyg‘onish davrida ilm-fan rivojlanishi uch yo‘nalishda bo‘ladi.
Birinchi yo‘nalish, matematika, tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, Bularga matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, minerologiya, tibbiyot, farmokologiya va boshqa fanlar kiritilib,Axmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Ibn Sino tibbiyot va falsafa, Abu Rayxon Beruniy tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.
Ikkinchi yo‘nalish ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa, tarix, mantiq, fiqx, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo‘lib, bu sohada Farobiy, Ibn Sino, Muhammad Narshaxiy va boshqalar faoliyat ko‘rsatganlar.
Uchinchi yo‘nalish-ta’limiy-axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu sohada qomusiy olimlar o‘z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlari tarkibida yoki axloqiy asarlarida bayon etganlar.
SHarq uyg‘onish davrida inson muammosi ma’naviyat sohasidagi asosiy masala bo‘lgan. SHuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan, yaratilgan asarlarda SHarqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolotini ulug‘lash etakchi o‘rin tutgan. Insonparvarlik g‘oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Axloq masalasi faylasuflarning, buyuk mutafakkirlarning, ham tarixchi, shoir va adiblarning ham birdek diqqat markazida bo‘ladi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. «Fozil odamlar shaxri», «Baxt saodatga erishuv haqida», «Axloq haqida risola», «Ishq risolasi», «Qo‘tadg‘u bilig», «Hibbatul xaqqoyiq», «Qobusnoma», «Guliston», «Bo‘ston», «Maxbub ul-qulub» kabi Farobiy, Ibn Sino, YUsuf xos Xojib, Axmad YUgnakiy, Tusiy, Davoniy, Koshifiy, Kaykovus, Jomiy, Alisher Navoiylarning ta’lim-axloqiy asarlari inson shaxsini ma’naviy-axloqiy muammosini hal etishda sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega.
SHarq uyg‘onish davri ta’limiy-didatik asarlarida inson shaxsining kamol topishi yo‘llari, usullari bayon etildi. Bu davr pedagogikasida kasb hunar o‘rganish ilm o‘rganish bilan bab-barobar talab etildi. Insonni kamolotga etkazishda yozuvchi axloqiy xislatlar sifatida do‘stlik, sadoqat va vafo, sevgi va muhabbat, vatanparvarlik, samiymiylik, saxovat, muruvvat, erkinlik, irodalilik, jasurlik kabilar ilgari suriladi. Salbiy xislatlar sifatida rashk, riyokorlik, xudbinlik, ochko‘zlik, xirs, sotqinlik kabilar qoralanadi.
O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’limot ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin SHarqda o‘z bilimi, fikr doirasini kengligi bilan nom chiqargan Farobiyning yirik mutafakkir-«Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berishrish zarurligi ta’lim-tarbiya usullari va uslublari xaqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shaxri», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida", "Ixso-al-ulum", "Ilmlarning kelib chiqishi", Aql ma’nolari to‘g‘risida" kabi asarlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Forbiy "Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida" asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu-olam asoslari haqida ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat-o‘simlik va xayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. Uboshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.obiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim-degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariybilim berish; Tarbiya-nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Forobiy yana aytadi: «Ta’lim-degan so‘z halqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir». Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu halq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishdir", -deydi. Forobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga etkazish maqsadini ko‘zlaydi.Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan insonni, shakllantirish insonning o‘z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. Insonning kamolga etishida ham aqliy, axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta’lim va tarbiya usullari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1-topshiriq.
TEST.
Abu Nasr Forobiyning fikriga ko‘ra insonda go‘zal fazilat qanday hosil qilishini aniqlang.
a) Forobiy insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi har ikkalasi birlashsa, etuklik nomoyon bo‘ladi deb hisoblaydi.
b) Forobiy insonda go‘zal fazilatlar faqat ta’lim yo‘li bilan hosil qilinadi deb hisoblaydi.
v) Forobiyning fikricha insonda go‘zal fazilatlar faqat tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish