Ta’limni insonparvarlashtirish – bu insonga ta’lim berishda ularga nafaqat bilim berish, kasb – hunarni egallashni o‘rgatish, balki yaxshilikni sevishni, insoniylik amaliyotini ham o‘rgatish, ya’ni insoniylik sifatlarini namoyon etish qobiliyatlarini hosil qilishga ko‘maklashish jarayonidir.
Demak, inson mohiyatidagi ezgulikni to‘la namoyon eta olish uchun jamiyatda shart – sharoit va imkoniyat yaratishi muhimdir. Shu ma’noda ta’limning maqsadi ta’lim oluvchilarni insoniyatning eng ezgu sifatlari, madaniy – ma’rifiy meroslari bilan tanishtirishdir. Bunda ular faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat to‘zilmalari va qadriyatlari o‘ta muhimdir. Binobarin insonda insoniylik sifatlarini shakllantirmoqchi bo‘lgan jamiyat o‘z – o‘zini sog‘lomlashtirish va umuminsoniy qadriyatlarga taYanib ish ko‘rish kerak.
Ta’lim mazmunini tabaqalashtirish. Ta’lim mazmunida milliy va jahon tajribalarini muvofiqlashtirish.
Ta’lim mazmunini tabakalashtirish o‘ziga xosi ijodiy jarayon bulib u ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari va intellektual salohiyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi hamda Shular asosida ta’lim oluvchilar guruhlarga ajratiladi. Bunda o‘rganilayotgan manbaning (mavzuning bobning, fanning, kursning, sohaning va Shu kabilarning) mazmuni, hajmi, murakkabligi bilan bir – biridan farqlanadigan turli darajadagi o‘quv dasturlari va rejalari, didaktik va innovatsion kommunikativ didaktik materiallar tayyorlanadi hamda ularni bajarish va ulardan foydalanish metodologiyasi tayyorlanadi.
Ta’lim mazmunining hajmi kishilik jamiyat tajribalari, madaniyati, ma’rifati qo‘lamiga, harakteri esa uning darajasi, yo‘nalishi va eng avvalo ehtiyojlari, orzu – umidlariga binon ta’lim mazmuni, uning tarkibi va yo‘nalishi kelib chiqadi.Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar ta’lim (o‘quv materiali) mazmunini o‘zlashtiradilar. Bu mazmun qancha kam va tuShunarli bo‘lsa, ta’lim jarayoni ham unga mos holda qisqa bo‘ladi. Ammo, bu jarayon samaradorligi aniq boshlang‘ich va so‘nggi holatiga ko‘ra baholanadi.
Umuman olganda pedagogikada ta’lim mazmuni deganda jamiyat taraqqiyoti davomida ularga mos, o‘z tasdig‘ini topgan va to‘plangan tajribalar tuguniladi va ular bir paytning o‘zida ta’lim maqsadlari, o‘zlashtirish ob’ekti, ta’lim natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik manbalarda ta’lim mazmuni haqidagi masala munozarali harakterga ega. Bu tushunchani izohlashga ko‘plab yondaShuvlar mavjud bo‘lib, uning mohiyati va ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi.
“Jahon ilm – ma’rifatining buyuk nomoyondalaridan biri Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy inson xulq – atvori, xatti – harakati mantiqiy fikrlashga asoslanganligini u mukammal shakllanishi mumkin, degan edi.
Abu Nasr Farobiy esa, ta’lim faqatgina so‘z va o‘rganish bilangina bo‘ladi, tarbiya amaliy yoki tajriba bilan, ya’ni Shu xalq, Shu millatning amaliy malakalariga iborat bo‘lgan ish – harakat, kasb – hunar berilgan bo‘lishi, o‘rganishdandir, deydi.
Alisher Navoiyning asarlarida maktab va madrasalardagi ta’lim tarbiya usullari, ta’lim olish tamoyillari, talabalarga bilim beradigan mudarris va ustoz – murabbiylarning o‘zlari dono va tarbiyasi yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarurligi uqtirilgan” .
Do'stlaringiz bilan baham: |