Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Itka taalumda chu bo‘ldi kamol



Download 4,31 Mb.
bet54/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Itka taalumda chu bo‘ldi kamol,
Sayd aning ag‘zidin o‘ddi xalol,
Olim ul itkim najasul ayn erur,
o‘g‘ling jaxl ulsa, ajab shayn erur. (It o‘rganish bilan komil bo‘lgach, uning og‘zi bilan tutgan ovini eyish mumkin bo‘ladi. Eng iflos maxluq hisoblangan it olim bo‘lganida (ovlashni o‘rganganida) o‘g‘ling joxil qolishi juda xunuk ishdir). Alisher Navoiy tarbiYaning asosiy belgilaridan biri, bolaga yaxshi ism qo‘yish, ilmu adab o‘rgatish, ota-onaga, umuman kattalarga xurmat xissini singdirishdan iboratligini uqtiradi. K.D.Ushinskiyning «Pedagogika adabiyotining foydasi» nomli risolasida: «Tarbiyalash ishi, Shubxasiz, insonning aqliy va ongli faoliyatlaridan biridir: tarbiya tushunchasining o‘zi tarixan vujudga kelgan va u tabiatda yo‘q, narsadir. Tarbiyalash faoliyati fikr yuritishni, xaqiqatni anglashni xam o‘rgatadi»- deyilgan.
Ibtidoiy jamiyat taraqqiyotining birinchi bosqichida, urug‘chilik jamiyatidan oldingi jamiyatda, odamlar tabiatning tayyor maxsulotlarini iste’mol qilganlar, ovchilik bilan Shug‘ullanganlar. YAshash vositalarini topib qo‘lga kiritish jarayoni unchalik murakkab bo‘lmagan va ayni vaqtda ko‘p mehnat talab qilgan. Jamoa bo‘lib yashash, mehnat qilish va iste’mol qilish sharoitidagina yirik xayvonlarni ovlash, tabiat bilan kurashish mumkin bo‘lar edi. Hamma narsa mushtarak edi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy tafovutlar yo‘q edi. Ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qon-qarindoshlik munosabatlariga asoslanar edi. Undagi mehnat va ijtimoiy (sotsial) vazifalarning taqsimlanishi tabiiy biologik negizga asoslanadi, buning natijasida erkaklar bilan ayollar o‘rtasida mehnat taqsimoti mavjud edi, Shuningdek, ijtimoiy jamoalar yosh jihatdan bo‘linar zdi.
Yangi tug‘ilgan bola dastlab o‘sib etishayotgan kishilar guruxiga berilardi: uni Shu jamoadagi keksayib qolgan kishilar boqardilar va o‘stirardilar. Bola tegishli biologik yoshga to‘lib, ba’zan bir ijtimoiy tajriba, mehnat qilishni o‘rganib, hayotiy bilim va malakalarni egallaganidan keyin odam qatoriga kiritilib to‘la qimmatli mehnatchilar guruxiga o‘tar edi. Bir qancha zamonlardan so‘ng bu guruxga o‘tkazish chog‘ida «bag‘ishlab» udumi bajariladigan bo‘lib qoldi. Bu udumni bajarish chog‘ida yoshlarning turmushga qanchalik tayyorlanganliklari: azob- uqubatlarga bardosh bera olishlari, botirlik va chidamlilik ko‘rsata bilishlari sinab ko‘rilar edi.
Yosh jihatdan bo‘lingan bir gurux a’zolari bilan boshqa gurux a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar xech qaerda yozilmagan, lekin qat’iy bajariladigan odat xamda an’analar bilan tartibga solinib turar zdi, bular tarkib topayotgan ijtimoiy normalarni mustahkamlar edi.
Urug‘chilik jamiyatidan oldingi jamiyatda tabiiy tanlanish va muhitga moslanishning biologik mexanizmlar xam odam taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Biroq jamiyat rivojlanib borgan sari unda tarkib topayotgan ijtimoiy qonuniyatlar kattaroq rol o‘ynay boshlaydi, asta-sekin ustunlik darajasiga ko‘tariladi. Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zining hayot faoliyati jarayonida, kattalarning ishlarida qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo‘lib tarbiyalanar va ta’lim olar edi. Bola, keyinroq odat bo‘lib qolganidek, hayotga xozirlanibgina qolmasdan, Shu bilan birga, o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib xam ketaveradi, kattalar bilan birga va ularning raxbarligida jamoa bo‘lib mehnat kilishga va hayot kechirishga o‘rganar edi. Mashaqqatli turmush kechirish va tabiat bilan kurash olib borish sharoitida odam fakat jamoa bo‘lib yashashi va mehnat qilishi mumkin edi. Bunday jamiyatda xamma narsa jamoaniki bo‘lardi. Bolalar xam butun urug‘ qo‘lida, dastlab onalari qo‘lida bo‘lar, so‘ngra otalar qo‘liga o‘tib kolardilar. Bolalar va o‘smirlar mehnatda va kattalar bilan kundalik muloqatda turmush uchun zarur ko‘nikmalar va mehnat malakalarini o‘rganib olaveradilar, urf-odatlar bilan tanishaveradilar, ibtidoiy odamlar hayotida xar doim bo‘lib turadigan rasm-rusumlarni bajarishni o‘rganadilar.
O‘g‘il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan birga ov kilish va baliq tutishda, qurol yasashda qatnashar, qizlar esa xotinlar raxbarligida ekin ekib, xosilni yig‘ishtirib olish ishlarida qatnashar, ovqat pishirar, idish yasab, kiyim tikar edilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirgi bosqichlarida yosh avlodning yashashi va tarbiyalanishi uchun o‘g‘il bolalar uchun aloxida, qiz bolalar uchun aloxida - birinchi muassasalar paydo bo‘ddi. Mana Shunday joylarda - yoshlar uylarida yoshlar urug‘ oqsoqollarning raxbarligida yashashga, mehnatga, o‘tkaziladigan «sinovlarga» tayyorlanar edilar. Asta- sekin chorvachilik, dehqonchilik, hunar-kasblar paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanib, odamlarning mehnat tajribasi kengayib borganligi sababli tarbiya ham murakkablashdi, ko‘p tomonlama va rejali bo‘lib qoldi. Bolalarga hayvonlarni boqish, dehqonchilik qilish, hunar-kasb o‘rgatiladigan bo‘ldi. Birmuncha tashkiliy ravishda tarbiya qilish zarurati tug‘ilishi bilan urug‘chilik jamoasi yosh avlodni tarbiyalashni tajribalirok kishilarga topshirib qo‘yadigan bo‘ldi. Ular bolalarga mehnat ko‘nikmalari va malakalarini o‘rgatish bilan bir katorda paydo bo‘lib qolayotgan diniy urf-odatlarning qoidalari, naqllar bilan ularni tanishtirar, yozishga o‘rgatilar edi. Ertaklar, o‘yinlar va raqslar, musiqa va aShula, xalqning butun og‘zaki ijodi xarakterning muayYan belgilarini tarbiyalashda katta rol o‘ynadi. Urug‘chilik jamoasining Yanada rivojlanib borishi natijasida xarbiy tarbiYaning boshlang‘ich turlari paydo bo‘ldi: o‘g‘il bolalar o‘q-yoy otishni, nayzadan foydalanishni, otda yurishni va Shu kasblarni o‘rganadigan bo‘lib qoldilar. Odamlar yoshlariga qarab guruhlarga ajratiladigan bo‘ldi, bunday guruhlarda o‘zining aniq ichki tashkiloti, boshliqlar paydo bo‘ldi, maxsus tayinlab ko‘yilgan urug‘ oqsoqollari rahbarligida yigit va qizlarni urug‘ning to‘la huquqli a’zolari qatoriga qo‘shish uchun tantanali sinovlar o‘tkazish murakkablashdi. Boshlang‘ich bilimlarni o‘qib olishga, xat paydo bo‘lgandan keyin esa yozuvga ham katta e’tibor beriladigan bo‘lib qoldi. YOsh avlodni tarbiyalash urug‘ tomonidan ajratilgan alohida kishilarga topshirilganligi, tarbiya mazmunini hamda sinovlar dasturi kengayganligi va murakkablashganligi, mana Shularning hammasi urug‘chilik tuzumi sharoitida tarbiya ishi ijtimoiy faroliyatning alohida shakli aylana boshlaganligidan dalolat beradi. Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, Markaziy Osiyoda ham mehnat taqsimoti oilaviy tarbiya orqali nasldan - naslga o‘tib mustahkamlanib bordi. Jismoniy mehnat bilan Shug‘ullanuvchi oddiy xalqdan ustun darajada turuvchi jangchilar va koxinlar guruhlari paydo bo‘la boshladi. Koxinlar o‘zlari o‘rganib olgan boshlang‘ich ilmiy bilimlarni oddiy kishilardan yashirib, bolalariga o‘rgata bordilar va Shu tariqa bunday bilimlar avloddan-avlodga o‘tadigan bo‘lib qoldi.
Markaziy Osiyoning ko‘pgina joylarida qoyalarga o‘yib yozilgan kadimiy suratlar saqlanib kelmokda. Ibtidoiy jamiyatning surat solishga moxir bo‘lgan kishilari bu suratlarda odamlarni va xayvonlarni, ov manzaralari va boshka Shu kabi manzaralarni tasvirlaganlar. Bunday suratkashlik rivojlana borib, bir kancha mamlakatlarda piktografik xatning paydo bo‘lishiga imkon berdi, keyinroq ierogliflar bilan yoziladigan xat va xarflar bilan yoziladigan xat mazkur piktografik xatlardan vujudga keldi.
Markaziy Osiyo xalklarining, Shu jumladan, o‘zbek xalkining madaniyati, ma’rifati, milliy kadriyati ibtidoiy jamoa davridagi ma’rifiy tafakkurning dastlabki kurtaklari folklorda o‘z aksini topgan.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida, ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar insonning kamoloti to‘g‘risidagi g‘oyalarini juda ko‘p rivoyatlardan foydalanib baxshilik yo‘li orkali avloddan-avlodlarga etkazganlar, mazkur rivoyatlarda, kishilarni tarbiyalash, axlokiy barkamollik shaxsning ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy o‘rin olgan.
Shuningdek ibtidoiy davrda insonlar tarbiYaning ta’sir kuchi orkali to‘g‘ri hayot kechirganligi, madaniyat va san’at soxasida xam misli ko‘rilmagan kashfiyotlar yuzaga kelgani ma’lum. YUnon tarixchisi Gerodot (er. av. V asr) «Tarix» kitobida yozishicha... Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida xalklar asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan Shug‘ullangan. Ularda nikoh munosabatlarining umumiy (tartibsiz) shakli xukmron bo‘lgan. Oilaning guruxli shakllarida bolaning otasi noma’lum bo‘lsa xam, lekin onasining kim ekanligi ma’lum bo‘lgan va Shu sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga yuklatilgan. Asta-sekin odamlarning ijtimoiy ong faoliyatining takomillaShuvi, xususiy mulkning dastlabki kurtaklarining paydo bo‘lishi yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan.
Yakka oila paydo bo‘lgandan so‘ng mehnat tarbiYaning eng asosiy kuroliga aylangan. Qadimgi Eron qabilalarida mis va temirdan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasala boshlangandi. Ana Shu mehnat jarayonida bolalar xam ishtirok etardi. Ibtidoiy davrdagi tarbiya asosan oilada, jamoa va mehnat maskanlarida kishilar orttirgan tajribalarni bolalarga o‘rgatishdan iborat bo‘lardi. Bolalarga o‘rgatiladigan kundalik mehnat malakalari ularni yashash uchun kurashishga tayyorlar, akl-idrokli, odobli bo‘lib o‘sishlariga xizmat kilardi. Ming yillar mobaynida moddiy ne’matlar yaratish uchun hamkorlikda qilingan mehnat kishilar o‘rtasidagi axloq-odobmunosabatlarining me’yorini keltirib chikardi.
Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.
Eramizdan oldingi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qaxramonlik mazmunidagi juda ko‘p afsonalar rivoyatlar aytilgan bo‘lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ga kiritilgan.
«Avesto»da insonning barkamol bo‘lib etishishida uning so‘zi, fikri, ishi, birligiga katta e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar maxsuli sanaladi. Hamda davrlar o‘tishi bilan u qayta-qayta ishlanadi. Barcha manbalarda to‘liq kitob xolida shakllanishini eramizdan avvalgi birinchi asrga to‘g‘ri keladi, deyiladi.
«Avesto» ning vatani Xorazm ekanligini olimlar ishonch bilan ta’kidlaydilar: Zardusht eramizdan oldin VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi spitama urug‘idan bo‘lgan. Otasi Paurushaspa, onasi Dugdova deb nomlanganlar, ular ot va tuya bokish bilan Shug‘ullanganlar. Zardusht ko‘p xudolikka sig‘inish, qurbonlik natijasida mollar qirilib ketayotganini xamda qabilalar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib, uni oldini olishni o‘ylaydi va o‘z ta’limotini targ‘ib eta boshlaydi. Lekin kabila boshliqlariga uning ta’limoti yoqmaydi. Zardusht xudodan kelgan vaxiy orqali ko‘pxudolikka qarshi yakka xudolikni targ‘ib etib chiqadi, kuchli xokimiyat o‘rnatib, er yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi Axura Mazdani ximoya etadi.
Zardushtning Yangi ta’limotini istamagan qabila boshliklari uni taqib etadilar. U Rayga (Eronga) qochadi va o‘z dinini o‘sha erda tarkib toptiradi. «Avesto»ni shox Vishtaspga (Gushtasp) taqdim etadi. SHox Vishtasp uning xomiysiga aylanadi. Vishtaspning farmoniga binoan otashxona — ibodatxonalar qurdiriladi va zardushtiylik dini keng tarqaladi.
AdabiyotShunos X.Xamidov Zardushtning shox Gushtasp vazirining qizi Xavoviga uylangan, undan uch o‘g‘il- Istavatra, Urvatatnara, Xvarachira va uch qiz — Freni, Triti, Pourichista nomli qizlari bo‘lganligini keltiradilar (93, 87-88b.). Vishtaspning farmoniga ko‘ra 1200 bobdan iborat «Avesto»ni oltin taxtaga yozdirilib, shox otashkadasiga topshiriladi.
Manbalarda «Avesto»ning kitob xolidagi matni eramizdan oldingi 12 ming oshlangan mol terisiga oltin xarflar bilan bitilgani keltiriladi. Bu nusxasi Iskandar istilosigacha Istaxr shaxrida saqlangan. Iskandar Istaxrni bosib olgach, «Avesto»dagi tibbiyot, nujum, ilmu xikmat soxalariga oid matnlarni yunon tiliga tarjima qilib, boshqasini yoqib yuborishga buyurgan. Ba’zi tadqiqotchilar eng qadimgi nusxasi 1324 yilda ko‘chirilganbo‘lib, Kopingagen kutubxonasida saklanishini aytishsa (N.Mallaev), boshkalar esa (V.A.Livits) 1288 yilda eng kadimgi qo‘lyozma nusxasi yaratilganini aytadilar. Zardushtiylik ta’limotini jamg‘arilgan Zardushtning kitobi bizgacha 2 nusxada etib kelgan.
Tarbiyaviy manba sifatida «Avesto» katta ahamiyatga ega. YUkorida aytganimizdek, Zardusht qadimgi kabilalardagi diniy e’tixodlarni isloh qilgan. Zardusht ta’limotining Yangiligi Shundaki, Axura Mazda (Qodir iloh_adolat va yaxshilikningijodkori sanaladi: Anxra Mani esa (yovuz ruh) barcha yomonliklar sababchisi.
«Avesto»da insonning barkamol bo‘lib etishishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor beriladi. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayYan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida faqat SHarq xalqlarining emas, g‘arbning xam muqaddas merosi bo‘lib qoldi. Zardushtiylik axloqining asosiy uchligini jadvalda quyidagicha ifodalash mumkin.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish