2-topshiriq
Kuyida Venn diagramasi asosida ta’lim-tarbnya tushunchalari mazmunini kiyosiy tahlil kiling?
Namuna:
3-topshiriq
«SWOT-tahlil»
Topshiriq: Tarbiyada jazo metodidan foydalanishning kuchli va kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari hamda bu jarayonga to‘sqinlik qiluvchi tashqi xavflarni ushbu jadvalga tushiring.
-
S
|
Tarbiyada jazo metodidan foydalanishning kuchli tomonlari
|
|
W
|
Tarbiyada jazo metodidan foydalanishning kuchsiz tomonlari
|
|
o
|
Tarbiyada jazo metodidan foydalanishning imkoniyatlari (ichki)
|
|
t
|
To‘siqlar (tashqi)
|
|
4-topshiriq.
Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Tarbiyalovchi vaziyatlar nima?
|
|
Tanbeh berish qanday chora?
|
|
Ogohlantirish nima maqsadda qanday qo‘llaniladi?
|
|
Uyaltirish qanday usul?
|
|
Keng ommalashgan tarbiya usullari qaysilar?
|
|
Topshiriq berish qanday usul?
|
|
Tarbiya vositalari nima?
|
|
13-seminar mashg‘uloti.
Mavzu: Iqtisodiy va ekologik tarbiya.
REJA:
1. SHarq mutafakkiri (Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Bahovuddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqalar)ning asarlarida shaxs dunyoqarashini shakllantirish masalalarining yoritilishi.
2. Iqtisodiy tarbiya – bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat hayotida iqtisodiy munosabatlarning o‘rni haqida.
4. Dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayoni va oilada iqtisodiy tarbiYani tashkil etish.
5. Ekologik tarbiya – globallaShuv sharoitida o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida.
Maqsad: Talabalarning tarbiya turlari haqidagi bilimlarini kengaytirish.
SHarq mutafakkirlari o‘z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o‘rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forbiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug‘ilganda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.
Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o‘zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.
Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari so‘radi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini aniqlaydi»2. Mutafakkir, Shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirilib borishi Yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarning ilmlarga rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi»1.
Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur o‘zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu Shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi»2.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta’bir joiz bo‘lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo‘lish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov bo‘lib, uning yordamida hatto osmon sari yo‘l ochiladi:
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi.
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to‘qqiz-o‘n asr vaqt o‘tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo‘ldi.
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-ma’rifatni rivojlantirishga yo‘naltirish etakchi o‘rin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat zulm va bid’atdan forig‘ bo‘lish yo‘lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat dar anjuman», «Safar dar vatan» g‘oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida o‘zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil bo‘lgan ilm puxta va mustahkam bo‘ladi.
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o‘zlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm o‘rganish mashaqqatli yumush bo‘lib, uni o‘rganishda ayrim qiyinchiliklarni engib o‘tishga to‘g‘ri kelishi, bu yo‘lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo‘lish orqaligina mukammal bilimga ega bo‘lish mumkinligini ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to‘xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»1. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg‘u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, bo‘zuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur»2.
O‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va vositalari bo‘lib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o‘quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, Shuningdek, ishchanlik o‘yinlari Yanada samarali sanaladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlik, Shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga taYangan holda ish ko‘rish ko‘zlangan maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma’lum ijtimoiy voqea-hodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko‘ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini Kuzatish, ularning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tuShuna olish imkonini beradi.
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, oila xo‘jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ijtimoiy tarbiYaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiYani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka taYanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi.
Iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali tashkil etish uning ilmiy asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti I.A.Karimov asarlarida respublika iqtisodiy taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, omillari hamda tamoyillari batafsil ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif bozor munosabatlarini shakllantirishning quyidagi tamoyillariga alohida urg‘u beradi:
1. Iqtisodiyotning har qanday siyofiy mafkuralardan ozod qilish asosida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash1.
2. Iqtisodiyotni, moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish –iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning muhim sharti2.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda xalqning tub manfaatlarini ko‘zlash, davlatning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish tashkilotchisi va etakchisi bo‘lishi3.
Pul siyosatini olib borishda mustaqil bo‘lish, valyuta zahiralarini boyitish4.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda qonun ustuvorligiga erishish, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi5.
Bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash6.
Iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich, evolyusion tarzda amalga oshirilishi7.
Iqtisodiy tarbiYani uzluksiz amalga oshirishda ta’lim muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, Shuningdek, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchraShuvlar, ekskursiyalar, to‘garaklar ko‘rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu hunar yo‘nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam beradi.
Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi. «Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiYaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni «O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da o‘z ifodasini topgan.
Mavzu bo‘yicha nazorat topshiriqlari.
Quyidagi testlarni eching.
Do'stlaringiz bilan baham: |