1985 yilda yaratilgan WINDOWS 1.0 grafik qobiq-dasturi aytarlik afzalliklarga ega emas edi. Unda fayllar ekranda chiroyliroq tasvirlangan. Shunday bo'lsada, u grafik qobiq-dasturlarning keyingi naqllarini yaratilishiga turtki bo'ldi. 1987 yilda yaratilgan WINDOWS 2.0 grafik qobiqda WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lsada, foydalanuvchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi. 1990 yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq-dasturga aylandi. Keyinchalik, 1992 yilda WINDOWS 3.1 yaratilib, unda WINDOWS 3.0 da yo'l qo'yilgan xatolar bartaraf etildi. 1993 yilda bir nechta kompyuterlarni bir biri bilan bog'lab ishlatish imkoniyatini (lokal tarmoq, bu haqda keyingi paragraflarda batafsil fikr yuritiladi) beruvchi WINDOWS 3.11 dasturlar tizimi yaratildi.
Quyida WINDOWS ni boshqa qobiq-dasturlardan farqlab turadigan ba`zi xususiyatlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |