Geologiya fani. Geologiya so‘zi grekcha geo — yer, logos — fan yoki yer to‘g‘risidagi fan demakdir.
Geologiya fani birinchidan, yer qatlamlari tarkibini, xossa va xususiyatlarini, ikkinchidan, yerning ichki qismida sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni, uchinchidan, yer ustki ko‘rinishini o‘zgartirish jarayonlari, qonuniyatlarini hamda yer qobig‘ini tashkil qiluvchi tog‘ jins qatlamlarini, ularning yotish holatlarini, yotqizilish sharoiti, qalinliklarini, shu qatlamlarda uchraydigan hayvon, o‘simlik qoldiqlarini tahlil qilib o‘rganish, xulosalar chiqarish natijasida ana shu tog‘ jins qatlamlari yoshini aniqlash, shu bilan birga Yer kurrasining u yoki bu qismida dengiz va quruqlikning o‘rin almashish vaqtlarini, sabablarini, to‘rtinchidan, yer qobig‘i qatlamlarini va ana shu qatlamlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer osti boyliklarini kishilik jamiyati man- faatlari uchun foydalanish yo‘llarini o‘rganadi.
Geologiya fanining uzoq o‘tmishi, rivojlanishi, taraqqiy etishi,
kishilarning bu fanga bo‘lgan munosabatlarining doimo o‘zgarib, o‘sib borishi geologiya fanini bir qancha mustaqil fanlarga ajralishiga olib keldi. Bu fanlarning eng asosiylari quyidagilar:
Umumiy geologiya fani. Yerning ichki va tashqi qismida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan geologik jarayonlarning rivojlanish va so‘nish qonuniyat- larini, kelib chiqadigan oqibatlarini o‘rganadi.
Tarixiy geologiya fani. Planetamizning uzoq tarixiy o‘tmishini, unda bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlarni va bu o‘zgarishlarni keltirib chiqargan sabab- larni, yer qobig‘ini tashkil qilib turgan tog‘ jins qatlamlarini, yuqoridan pastga qarab tarqalishini, yotish holatlarini tahlil qiladi va o‘rganadi. Bu fan o‘ziga stratigrafiya, paleogeografiya ilmlarini birlashtiradi.
Mineralogiya fani. Biz yashab ijod qilayotgan Yer sharining qaysi bir qismini olmaylik, hamma joyda shag‘al toshlarni, qum, tuproqlar- ni, granitni uchratamiz, ular biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, tog‘ jinslari deb ataladi. Ana shu tog‘ jinslarini, masalan, granitlarni, chaqiq shag‘al toshlarni sinchiklab qarasak, oq, ko‘k, jigarrang, qora va shunga o‘xshash rangdagi donalarni — minerallarni1 ko‘ramiz. Faqat biz har kuni ko‘zi- miz bilan ko‘rib turgan tuproq qatlamlarining o‘zi 50 dan ortiq har xil minerallardan tuzilgan. Mineralogiya fani ana shu tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan minerallar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, minerallarning kimyoviy tarkibini, fizik xossa va xususiyatlarini, paydo bo‘lish sharoiti qonuniyat- larini hamda ularning ichki tuzilishini o‘rganadi.
Hozir tabiatda 4 000 dan ortiq mineral borligi ma’lum bo‘lib, u yoki
bu tog‘ jinslari bir-birlaridan o‘z tarkibidagi minerallarning soniga, miqdoriga ularning joylashish tartibiga, donalarining katta-kichikligiga qarab turli nom bilan atalishi yoki ana shu minerallarning xossa va xususiyatlariga qarab tog‘ jinslarining xossa va xususiyatlari o‘zgarishi mumkin. Tabiatda tog‘ jinslari o‘zlaridagi minerallarning soniga qarab polimineralli va monomineralli bo‘ladi. Polimineralli tog‘ jinslari bir qancha minerallardan tashkil topgan bo‘lib, bularga sog‘ tuproq (lyoss), gil tuproq, granit, porfir va shularga o‘xshash tog‘ jinslari kiradi.
Sog‘ tuproqdagi minerallarning eng ko‘p qismini kvars (23—35%), dala shpati (12—29%), muskovit (4—8%), biotit (2—3%) tashkil qiladi. Monomineralli tog‘ jinslari asosan bir mineraldan tashkil topgan bo‘ladi. Agar tog‘ jinslari tarkibidagi minerallar miqdori 5 protsentdan ortiq bo‘lsa, tog‘ jinsi hosil qiluvchi mineral hisoblanadi, agar minerallar miqdori 5 protsentdan kam bo‘lsa, tog‘ jinslarini hosil qilishda ahamiyat- ga ega emas. Fanda bunday minerallarni oksessor (sirkon, rutil, anatoz va boshqalar) minerallar deb ataladi. Tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan minerallar kimyoviy tuzilishiga qarab murakkab yoki oddiy bo‘lishi
mumkin.
Sodda minerallarga galenit (Rb/S), kinovar (NgS), gemotit (Fe2O3), kvars (SiO2), rutil (TiO2), magnezit MgCO3) va boshq. kiradi. Murakkab minerallarga muskovit KAl2(OH)2 [AlSiO3O10], kaolinit Al4(OH)8[Si4O10], montmorillonit Al2 (OH)2[Si4O10]•nH2O ni misol qilib ko‘rsatish mum- kin. Ba’zan minerallar bir kimyoviy elementdan tuzilgan bo‘lishi ham
mumkin, bu minerallar grafit (C), sof mis (Cu), sof oltin (Au), sof oltingugurt (S) va boshqalardir. Bunday minerallar yer qobig‘ining ham- masi bo‘lib 0,1 protsentini tashkil etadi va sof elementlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |