MELIORATIV GIDROGEOLOGIYA — gidrologiya fanining bir tarmogʻi; q. x. ekinlarining hosildorligiga va yerning meliorativ holatiga yer osti suvlarining taʼsirini oʻrganadi. Meliorativ gidrogeologiya gidrologiya fani metodlariga asoslanadi. Yerning shoʻrlanishi va zaxlashi oqibatlarini tadqiq qiladi, yer osti sizot suvlarining sathini pasaytirish va maʼlum bir holatda saqlab turish haqida tavsiyalar beradi (q. Melioratsiya).
Tog‘ jinslari barcha imorat va inshootlarning zamini, odamzod uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining birdan-bir manbayidir. Tog‘ jinslari mustahkam bo‘lsa, imorat va inshootlar ham mustahkam, umri boqiy bo‘ladi. Shuning uchun yer osti suvlari va tog‘ jinslarining paydo bo‘lish qonuniyatlarini bilish, ularning tarkibini, xossa va xususiyatlarini o‘rganish, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish «Geologiya qidiruv ishlari» yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar uchun eng zarur vazifa hisoblanadi.
Yuqoridagilarni hamda talabalarning gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi sohalarga endigina qadam qo‘yayotganliklarini hisobga olib, muallif ushbu darslikni yozishda ularni, eng avvalo, geologiya yo‘nalishidagi fanlar bilan, «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi»
fanlarning mazmuni va vazifalari, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, vujudga kelish va rivojlanish tarixi, hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bilan tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Darslikda, shuningdek, Yer planetasi, atmosfera, gidrosfera, biosfera, tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi minerallar to‘g‘risida, suv, uni tabiatdagi doimiy harakati to‘g‘risida, yerning ichki va ustki qismida sodir bo‘ladigan kuchlar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va hodisalar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Darslikni «Tog‘ jinslari», «Tog‘ jinslarining tarkibi, fizik-mexanik, suvli xususiyatlari», «Yer osti suvlari», «Gidrogeologiya va injener-geologik tekshirish ishlarining mazmuni va vazifalari», «Xalq xo‘jaligi imorat, inshootlarni loyihalash va qurish jarayonida bajaraladi- gan injener-geologik va gidrogeologik ishlar», qismlarini yozishda iloji boricha yangi ma’lumotlarga va yangi uslub va usullarga murojaat qilindi. Talabalarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida deyarli hamma boblarning oxirida takrorlash uchun savollar berilib boriladi.
Bo‘lajak yosh mutaxassislarni geologiyaga oid eng asosiy atamalar, so‘zlarning ma’nosi bilan tanishtirish maqsadida, darslikda qo‘llanil- gan ba’zi so‘z va atamalar, ularning lug‘aviy matni iloji boricha darslik- ning shu betida berib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |