Faqat silar uchun sirtqilar integratsiya fanidan mavzular to’plami 2021-yil 1-Mavzu: бошланғич таълим тизимида интеграция


Mavzu: (O’) tovushi va O’ o’ harfi. O’rmon



Download 0,99 Mb.
bet40/41
Sana24.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#190359
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Integratsiya-2019

Mavzu: (O’) tovushi va O’ o’ harfi. O’rmon.


Maqsad: O’quvchilarni O’ o’ tovush, harfni unli to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish. Bo’g’inlardan so’zlar tuzish ya’ni terminallarni tushuntirish harflardan iboralarni qo’llashni o’rgatish, malakalarini oshirish.
O’quvchilarga maqollar yodlashga o’rgatish, vatanni sevishga, tabiatni ardoqlashga, hayvonlarga, qushlarga, o’simliklarga g’amxo’rlik ruhida tarbiyalash. O’quvchilarni so’z boyligini oshirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: suxbat, ko’rgazmalilik, tanishtiruv, mustaqil ish.
Dars jihozi: Rasmli alifbe, O’ o’ harfi (yozma va bosmacha shakllari), bo’g’inlar, so’z plakatlari, rangli rasmlar, o’rmon tasviri, hayvonlar rasmlari.

Darsning borishi:


I. Tashkiliy qism. a) Salomlashish b) Davomatni aniqlash. V) O’quvchilarni darsga hozirlash, g) Ob-havo, fasl haqida suhbat.
Kuz fasliga oid rasmlarni ko’rsatib, bu faslga oid tabiatdagi o’zgarishlar, hayvon va o’simliklardagi o’zgarishlar haqida suhbat o’tkaziladi.
II. Yangi mavzu bayoni.

O’rmon rasmini ko’rsatib, bu tasvirdan o’rmon, o’rmondagi hayvonlar haqida suhbat o’tkazaman.
Bolalar o’rmonda yashaydigan hayvonlarni sanashadi. Shu o’rinda o’quvchilardan o’txo’r va yirtqich hayvonlar haqidagi tushunchalarni so’rayman javoblariga qarab, o’t bilan ovqatlanadiganlar o’txo’r, go’sht bilan yoki o’txo’r hayvonlar bilan ovqatlanadiganlar yirtqich hayvonlar deyilishini rasmdagi misollar bilan tushuntiraman. Bizga tanish bo’lgan qaysi raqamlarda (O’ ) tovushi borligini so’rayman. 10 soni, o’rik, qo’l to’pi, bo’ri rasmlarini ko’rsataman, shu so’zlarni bo’g’inlarga bo’lamiz. Birinchi bo’g’indagi (O’) tovushini talaffuz qilamiz. Talaffuzda to’siqqa uchramayotgani, demak (O’) unli tovush ekanligini o’quvchilarga savollar berib, birgalikda shu xulosalarni chiqaramiz. Yozuvda bu tovush O’ o’ harfi bilan belgilanishi, yozma shakllarini havoda yozib ko’ramiz «Kim ko’p so’z topish» o’yini o’tkaziladi.
Bolalar harf kassalarida O’ harfini topib, o’n, o’rin, o’tin, ko’l, ko’k so’zlarini yasaymiz. Birinchilar qatorida shu so’zlarni yasagani o’quvchilarni baholayman. Darslikdagi rasmlarni kuzatamiz. Bolalardan to’ti qayerda yashashini so’rayman. Javoblarini eshitib qo’shimcha qilaman. To’tilar issiq o’lkalarda Hindiston, Afrika, Amerika davlatlaridagi changalzorlarda yashashini, bu davlatlar tomonidan muhofaza qilinishi, bu qushning sifatlarini aytib beraman. Kitobdagi o’rgimchakni nomi tarantumli-u cho’l zonasida, adirlarda uchrashi, zaharliligini, ot esa o’lishi, qo’y esa semirishini bolalarga tushuntiraman. Shu o’rinda «Atrofimizdagi olam» fanidagi «Tabiat va inson» mavzusidagi tabiatni inson avaylashi, qushlarni ragatkada yoki boshqa usullar bilan qiynamaslik, o’simlik va daraxtlarni sindirmaslik,avaylab asrash haqida rasmlar bilan suhbat o’tkazaman. Rasmlar orqali songa 3 ni qo’shish va ayirishga oid masalalar.
Jismoniy daqiqa:

G’ozlar uchib keldilar
Hoy olma, olma, olma
Ko’lmakchaga qo’ndilar
Meni ovora qilma

Don cho’qib, suv ichib


Bir oz egil, bo’y cho’zay
Yana uchib ketdilar
Olmalaringdan uzay
III. Mustahkamlash.
«Adashganlar» o’yini o’tkazaman.
Bunda qatorlar orasiga 2-3 ta undosh harf aralashtirib qo’yiladi. Unli harfni olgan o’quvchi harfni aytib darvozadan o’tadi. Undosh harf qoladi. Sinorni guruxlarga bo’lib, bo’g’inlar tarqataman. Shu bo’g’inlardan ko’p so’z tuzgan gurux g’olib hisoblanadi. Har bir guruxni hosil qilgan so’zlarini o’quvchilar bilan solishtiramiz kimniki ko’p, nechtaga ko’p savollarini berib, matematikadagi bilimlarini mustaxkamlayman.
-o’r. –mon, -ri, -ti, -to’, -to, -mir, -lo, -la, -ko’l, -mak.
«Sehrli olma» o’yinini o’tkazaman. Savatdagi olmalar orqasiga uy va yovvoyi hayvonlar rasmi yopishtirilgan. Bolalar hayvon turlarini, nomini aytishadi. So’zni bo’g’inga ajratib berishadi. Javoblariga qarab o’quvchilarni baxolayman.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish